Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan


Hujjatlar ijrosini nazorat qilish


Download 224.01 Kb.
bet21/28
Sana03.02.2023
Hajmi224.01 Kb.
#1148711
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
DTIY majmua

4 Hujjatlar ijrosini nazorat qilish
O‘zbekistonda ijtimoiy­iqtisodiy rivojlantirish­
ning muhim vazifalarini hal etish muayyan darajada qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qaror­
larining barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvchi organlari
tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishini tashkil
etishning aniq yo‘lga qo‘yilgan tizimi bilan belgilanadi.
Ushbu talabni hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Va­
zirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash
chora­tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12­son
qarori qabul qilingan. O‘tgan davr mobaynida masalaning
dolzarbligini va qabul qilingan hujjatlar ijrosini
tashkil etishning shakl va metodlari doimiy ravishda ta­
komillashtirib borildi va uning monitoringi ko‘chayti­
rildi. Bu borada Hukumatning metodik tavsiyalari ishlab
chiqildi. Vazirlar Mahkamasining ish yuritish bo‘yicha na­
munaviy yo‘riqnomasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha
hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni
nazorat qilishga quyidagilar kiradi:
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
434
1. Hujjatni nazoratga olish.
2. Hujjatning ijrochigacha o‘z vaqtida yetib borishini
tekshirish.
3. Ijroning borishini tekshirish va yo‘naltirib turish.
4. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashti­
rish va hisobga olish.
Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maq­
sad hujjat ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash­
dir. Nazoratni rahbarlar, devonxona xodimlari, mas’ul
ijrochilar olib boradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonla­
ri, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek, O‘zbekis­
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari bajarilishini nazorat qilish Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12­sonli qarori
bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalarga muvofiq amalga
oshiriladi. Unda bunday hujjatlarni nazorat qilishning
maxsus tizimi ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, agar boshqa muddat
belgilanmagan bo‘lsa, hujjat jo‘natilgan kundan boshlab
10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak. Shu tarzda
hujjatlar ijrosining muayyan huquqiy muddati davlat
hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari, shuningdek,
boshqaruvning markaziy va tarmoq organlari hujjatlari
bilan belgilanadi. Ijroning yakka tartibdagi muddatini
esa tashkilot rahbari qo‘yadi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlan­
gan) sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi.
Ijro etishning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar
rezol yusiyasida ko‘rsatiladi.
Hujjatlarning ijro etilishini to‘xtatib qo‘yish, shu­
ningdek, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish huquqiga
faqat hujjatni tuzgan yuqori tashkilot va davlat nazorat
organlari egadirlar. Ijrochining uzrli sababi bilan huj­
jatning bajarish muddatini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelsa,
undan bu haqda bildirishnoma olingach, rahbar tomonidan
amalga oshiriladi. Ijro muddatini boshqa kunga ko‘chirish
rahbarning yangi rezolyusiyasida ifodalanadi va undan na­
zorat qog‘ozchasiga o‘tkaziladi


Download 224.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling