Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
§ 1 Korxonaning bosh mutaxassisi Karim Soatovich HOTAMOV
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
§ 1 Korxonaning bosh mutaxassisi Karim Soatovich HOTAMOV 2019.22.04 dan Toshkent davlat agrar universitetiga 2 oylik ma-laka oshirish kursiga xizmat safariga YUBORILSIN. Asos: Toshkent viloyati hokimligi qishloq xo‘jaligi bosh-qarmasining 2019.10.04 dagi 212-raqamli farmoyishi. § 2 K.S.HOTAMOV Toshkentda 2 oylik malaka oshirish kursi-da bo‘lishi davrida korxonaning bosh mutaxassislik vazifasi muhandis § 3 4-syex muhandisi Xayrixon QODIROVA shtat jadvalidagi maosh bilan 2-syexga boshliq qilib TAYINLANSIN. Asos: Korxona direktori o‘rinbosari K.Shermatov tavsiyasi. § 4 Huquqshunos M. Abdumalikov navbatdagi mehnat ta’tili-dan qaytib, 2019.18.04 dan o‘z vazifasini bajarishga tushdi deb hisoblansin. Direktor (imzo) S.Boybekov KO‘RSATMA Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shu-ningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar-ning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muas-sasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomil-ga kirgan iboralar qo‘llanadi va «YUKLAYMAN», «TAV-SIYA ETAMAN» so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlana-di. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi. Ko‘rsatma namunasi 2-ilova «Etalon» firmasi 2019 yildagi mehnat ta’tillari jadvali haqida KO‘RSATMA 2019.02.01. №28 Toshkent sh. 2019 yil uchun xodimlar mehnat ta’tili jadvalini tuzish haqida TAKLIF ETAMAN: 1. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari 2019 yilda xodimlar-ning ta’tilga chiqishlari ro‘yxatini muddati ko‘rsatilgan holda tuzib, kadrlar bo‘limiga topshirsinlar. Ro‘yxatni topshirish muddati: 2019.10.01. 2. Kadrlar bo‘limi firma xodimlarining 2019 yil ta’til-lari qo‘shma jadvalini tuzib, firma direktori tasdig‘iga taqdim etsin. Mas’ul: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i S. Ibrohimova. Jadvalni taqdim etish muddati: 2019.15.01. Firma direktori o‘rinbosari Imzo N. A. Umarov Rozilik belgisi FARMOYISH Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘lim-larning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasi-dan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taal-luqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi za-ruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘rniga «TAVSIYA QILA-MAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi. Farmoyish namunalari 2-ilova Yangiyo‘l «Lazzat» birlashmasi 2016.25.11. Yangiyo‘l sh. №406 «LAZZAT» BIRLASHMASIDA NOVVOT SYeXI ISHINI QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA FARMOYISH 2015 yil yakuniga ko‘ra novvotga ehtiyoj nihoyatda o‘sgan. Bu mahsulotni yanada ko‘proq ishlab chiqarish uchun muayyan ishlarni amalga oshirish, Xitoydan yangi jihozlar olib kelish zarur. Shu munosabat bilan quyidagilarni TAVSIYA ETAMAN: Birlashmaga foyda bermaydigan yordamchi syexlarni tugatish maqsadida birlashmada doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissi-yaga bu boradagi aniq takliflarni shu yil 22 dekabrgacha ishlab chiqish topshirilsin; mas’ul – komissiya raisi K.Zokirov. Direktor B.I.Olimov Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling