Kuyishdan keyingi shokda ham organizmga salbiy ta’sir qiluvchi bir qancha patologik omillar bo’lib, bularning ichida ahamiyatlisi kuygan sohadan plazmaning yo’qotilishi va natijada oqsil va kaliy tanqisligi; travmatik shokdan farqli o’laroq, bu shokda erektil faza uzoq bo’ladi, bemorda kuchli qo’zg’olish kuzatiladi, gemokonsentratsiya, toksemiya, buyrak faoliyatining buzilishi bilan kechadi.
Elektrdan shikastlanishdan keyingi shok reflekslarning umumiy chuqur pasayishi, hushdan ketish va gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlidir. Bu shokning yana bir xususiyati elektr toki ta’sirida yurak qorinchalari fibrilyatsiyasining paydo boiishidir. Bunda asosan markaziy nerv sistemasi, tomirlar sistemasi zarar ko’radi.
Sovuq urishdan keyingi shok.
Bu shokda faqatgina torpid faza bo‘ladi. Sovuq urish shoki haroratning 30-25 °C gacha pasayib ketishi bilan xarakterlanib, gipotoniya, yurak faoliyatining buzilishi. gemokonsentratsiya, plazma, yo‘qotilishi va KAX kamayishi bilan namoyon bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O.SH.Eshonov - Anestezologiya va Intensiv terapiya
J.Sobirov – Shoshilinch holatlar
V.A.Mixelson – Bolalarda Anestezologiya va reanimatologiya
www.wikipediya.com
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |