Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Plyonka hosil qiluvchi smolalar uchun erituvchilar tanlash va ularga


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Plyonka hosil qiluvchi smolalar uchun erituvchilar tanlash va ularga 
qo‟yiladigan talablar. Plyonka hosil qiladigan polimerlarning erituvchilar bilan 
eritmasini tayyorlashning eng muqobil holati 30-50% gacha bo‘lganligi 
aniqlangan. Plyonka hosil qiladigan polimerlarga eruvchi tanlanganda ularning 
uchuvchanlik xossasi asosiy o‘rinda turadi. Eruvchilarni plyonka hosil qilish 
vaqtida ikkita xususiyati e‘tiborga olinadi: birinchidan erituvchining uchish 


76 
tezligi bo‘lsa, ikkinchidan plyonka ostida erituvchi hosil qiladigan bosim 
e‘tiborga olinadi. Bu xususiyatlar ikkita kattalikka bog‘liq bo‘ladi. Birinchidan 
erituvchi, plyonka hosil qiladigan massa bilan yaxshi aralashishi va ikkinchidan 
plyonka yupqa yoki qalin plyonka hosil qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Erituvchilarga qo‟yiladigan talablar quyidagilardan iborat; 
- erituvchi plyonka hosil qiladigan moddalar bilan yaxshi aralashadigan, tez 
uchuvchan, qovushqoqlik xususiyatini kamaytirmaydigan va yupqa plyonka 
hosil bo‘lishini ta‘minlaydigan bo‘lishi kerak. 
- erituvchi zaharliligi kam bo‘lishi, kimyoviy inert va bo‘g‘lanmaydigan bo‘lishi 
lozim. 
- erituvchilarni plyonka hosil qiladigan smolalar uchun tanlashda, bitta erituvchi 
emas, balki bir necha erituvchilar aralashmasidan ham foydalanish mumkin. 
Adabiyotlar tahlilidan shuni ko‘rish mumkinki, plyonka hosil qiladigan 
smolalar ustida olib borilgan ilmiy ishlar va ularni fizik-kimyoviy hamda kolloid 
xossalarini o‘rganish to‘g‘risidagi ishlar kam o‘rganilganligini ko‘rish mumkin. 
Plyonka hosil qiladigan smolalar chin eritma hosil qiladi, qachonki polimer 
bo‘g‘inlari va erituvchi molekulalari o‘rtasida qutblanish bo‘lsa, energiyasi 
vodorod bog‘lanishga mos kelsa, dispers ta‘sirlanish bo‘lsa, erituvchi smola 
hosil qiluvchi moddaning molekulalari orasiga kirib ularni parchalaydi. Odatda 
bunday erituvchilar plyonka hosil qiluvchi moddalar eritmasini tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Amino-aldegid polimerlar eruvchanligi jihatidan organik 
erituvchilarda eriydigan, ba‘zilari esa, suvda eriydigan polimerlarga bo‘linadi. 
Hozirgi kunda plyonka hosil qiladigan oligomerlarning fizik, kolloid-
kimyoviy xususiyatlari haqida adabiyotlar juda kam. Amino-furfurol 
oligomerlari haqida esa, ma‘lumotlar deyarli yo‘q. Shu tipdagi oligomerlarning 
gidrofobligi va elektrostatik ta‘sirlari yaxshi o‘rganilmagan. 
Ishning dolzarbligi shundaki, u oligomerlarning makromolekulasini organik 
erituvchilarda qutblanishini nazariy izohlashga, plyonka hosil qiluvchi 


77 
moddalarni mebel va avtomobil sanoatida ishlatilishini ilmiy asoslashga 
qaratilgandir [28]. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling