Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari Ishning maqsadi


Moylarda abraziv mexanik aralashmalar borligini


Download 109.37 Kb.
bet3/5
Sana27.10.2023
Hajmi109.37 Kb.
#1726642
1   2   3   4   5
Bog'liq
Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari

Moylarda abraziv mexanik aralashmalar borligini ishqalash usuli bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun ikkita toza, kuruq yassi oyna olinadi. Ulardan biriga sinaladigan moydan olingan o‘rtacha namunadan 1-2 tomchi tomiziladi. Keyin bu oynaga ikkinchi oyna ishqalanadi. Agar moyda abraziv bo‘lsa, shishalar o‘ziga xos keskin g‘ijirlaydi. Xar safar yangi namuna olgan xolda tajribani uch-to‘rt marta takrorlash zarur. Moyda abraziv aralashmalar bo‘lsa, uni dvigatellarda ishlatish mumkin emas.
Oltingugurtli aktiv birnkmalar borligini tekshirish. Tekshirish yonilg‘ini mis plastinkada sinash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Buning uchun sof elektrolitik misdan tayyorlangan, jilolangan plastinka sinalayotgan yonilg‘iga tushiriladi va 50 °S haroratgacha isitib, shu haroratda uch soat tutib turiladi. Agar isitishning imkoni bo‘lmasa, xona haroratida bir sutka tutib turish mumkin. Sinov oxirida plastinka qora dog‘lar bilan qoplansa yoki to‘q kulrangga kirsa, yonilg‘ida oltingugurtli birikmalar bor bo‘ladi. Bunday yonilg‘i ishlatishga yaramaydi.
Suvda eriydigan (mineral) knslota va ishqorlar. Bunday kislota va ishqorlar metallarni kuchli korroziyalaydi, shuning uchun ularning xar qanday yonilg‘ida bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Kislota va ishqorlar borligini aniqlash uchun bo‘lish voronkasiga (voronka silindrik idish bo‘lib, yuqori qismi probka bilan zich berkitilgan, pastki qismi esa to‘kish jo‘mragi bo‘lgan truba bilan tugallanadi, teng miqdorda sinalayotgan yonilg‘i va issiq suv quyiladi. Vaqt-vaqtida probkani ochib, voronka ichidagi yonilg‘i va suv 3-4 min yaxshilab aralashtiriladi va tindiriladi. Issiq suv neft mahsulotlariga ta’sir qilmaydi, lekin mineral kislota va ishqorlarni tez eritadi. Suvdagi eritma voronkaning pastki qismida to‘planadi, neft mahsuloti esa yuqorida qoladi. Pastdagi suv qatlami jo‘mrak orqali ikkiga toza probirkaga quyib olinadi. Ulardan biriga 1-2 tomchi fenolftalein indikatori qo‘shiladi.
Agar suv pushti yoki to‘q qizil rangga kirsa, neft mahsulotlarida ishqor bo‘ladi (agar ishqor bo‘lmasa, suvning rangi o‘zgarmaydi). Boshqa probirkaga 1-2 tomchi metiloranj qo‘shiladi. Suvning pushti yoki qizil rangga kirishi unda kislota borligidan dalolat beradi (neytral va ishqorli muhitda rangi sarg‘ish yoki to‘q sariq bo‘ladi). Mahsulotda mineral (suvda eriydigan) kislotalar, ishqorlar bo‘lmasa, u ishlatishga yaroqli xisoblanadi.
Smolalar miqdorini aniqlash. Smolalarni aniqlash uchun o‘lchash yoki ko‘z tomizgichi yordamida 1 ml benzin sferik shishaga quyiladi va kuydiriladi. Dizel yoqilg‘isini tekshirishda bu miqdorga yana taxminan shuncha miqdorda smolasiz, rangsiz benzin qo‘shiladi. Ular yongandan so‘ng sariq yoki jigarrang xalqalar qoladi. YOnilg‘ida smolalar kancha ko‘p bo‘lsa, qoldiq shuncha to‘q rangli va dog‘ diametri shuncha katta bo‘ladi. Dog‘ kattaligiga qarab smolali birikmalarning taxminiy miqdorini aniqlash mumkin:
Dog‘ diametri, mm 6 8 10 12 14 16 18 20 22 24
Smolalar miqdori,
mg/100ml 4 11 20 32 43 56 70 85 102 120
YOnilg‘ida smolalar bo‘lmasa, shishada uncha katta bo‘lmagan bilinar-bilinmas oq dog‘ qoladi. Agar yonilg‘i moylar bilan ifloslangan bo‘lsa, shisha chetida jigar rang tomchilar qoladi.
Qovushoqlikni aniqlash. Bu maksadda dala viskozimetridan (19-rasm) foydalaniladi. Tekshirilayotgan moyning qovushoqligi po‘lat sharikning tushgan tezligi bo‘yicha etalon moyning qovushoqligiga solishtirib aniqlanadi. Viskozimetrda 100 °S haroratdagi qovushoqligi 4, 6, 10, 16 va 22 sSt ga teng bo‘lgan moylar solingan beshta probirka bor. Oxirgi probirkaga tekshiriladigan namuna solinadi. Barcha probirkalar metall gardish ichitsa joylashgan bo‘lib, xar birinng ichida po‘lat sharik bor. Probirkalar yuqoridan probka bilan berkitilgan.
Harorati etalon moynikiga tenglashishi uchun sinaladigan moy laboratoriya xonasida ma’lum vaqt tutib turilishi lozim. Oxirgi probirka tekshiriladigan moy bilan to‘ldirilib, probka berkitiladi. Tekshiriladigan moy solingan probirkadagi havo pufakchasi etalon namuna solingan probirkadagi kabi bo‘lishi lozim. Barcha shariklar pastga tushgach, viskozimetr 180° burib qo‘yiladi va shariklarning tushishini kuzatgan xolda sinalayotgan namunaning qovushoqligi qaysi moynikiga yaqinroqliga aniqlanadi.

19- rasm. Dala viskozimetri.
Tajriba ikki-uch marta qaytariladi. SHariklar xolatini aniqroq belgilash uchun tajriba vaqtida priborni gorizontal xolatga burish mumkin. Agar tekshirilayotgan moydagi sharik uchinchi probirkadagi sharik tezligi bilan tushsa, bu xol moyning 100 °S dagi qovushoqliga taxminan 10sSt, u yozgi motor moyi ekanligini bildiradi. Moylarning qovushoqligi hamma vaqt ham etalon moylarnikiga to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan, agar sinalayotgan moydagi sharik ikkinchi (6 sSt) probirkadagidan sekinroq, lekin uchinchisidagidan 100°S da 10sSt) tezroq tushsa, namunaning 100 °S dagi qovushoqligi taxminan 8 sSt ga teng bo‘ladi.

Download 109.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling