Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari Ishning maqsadi
Download 109.37 Kb.
|
Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Past temperaturada muzlovchi sovitish suyuqliklari (antnfrizlar)ning qotish haroratini aniqlash
- Neft mahsulotlarining sifatini tiklash
To‘yinmagan uglevodorodlar. YOnilg‘ining barqarorligi undagi uglevodorodlar miqdoriga bog‘liq. To‘yinmagan uglevodorodlar qancha ko‘p bulsa, neft mahsulotlari shuncha tez oksidlanadi, smolalar, organik kislotalar miqdori ortadi. Beqaror birikmalar borligini aniqlash uchun probirkaga taxmikan teng miqdorda yonilg‘i va pushtirang kaliy permagantning suvdagi eritmasini solish mumkin. Ularni almashtirib, suv qatlami ajralib chiqquncha tindirish lozim. Kaliy permanganatning sariq rangta kirishi yonilg‘ida to‘yinmagan uglevodorodlar borligini ko‘rsatadi. To‘yinmagan birikmali benzin va dizel yonilg‘isini uzoq saqlab bo‘lmaydi, ularni tezda ishlatib yuborish darkor.
Past temperaturada muzlovchi sovitish suyuqliklari (antnfrizlar)ning qotish haroratini aniqlash. Qotish harorati tashqi ko‘rinishi va ish prinsipiga ko‘ra areometrni eslatuvchi gidrometr yordamida aniqlanadi. Gidrometrning tor qismida ikkita shkala bor. Birinchi shkala antifrizdagi etilenglikolning foizda o‘lchanadigan miqdorini (20 dan 100% gacha), ikkinchisi suyuqlikning qotish haroratini (-8 dan - 67 °S gacha) ko‘rsatadi. Past haroratda muzlaydigan suyuqlik shisha silindrga quyiladi, unga gidrometr tushiriladi va hisoblanadi. Gidrometrlar 20 °S ga mo‘ljallab darajalangan. Agar sinov boshqa haroratda o‘tkazilsa, tuzatish kiritish lozim. Tuzatish qiymati instruksiyadagi jadvaldan olinadi. Neft mahsulotlarining sifatini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud. Bu ko‘rsatmalarga muvofiq yonilg‘ining zichligini u omborga qabul qilinishdan oldin va ombordan berilayotganda tekshirish lozim, bu ishning massasini aniqlash uchun kerak bo‘ladi. YOnilg‘i solingan idishlar tubidagi suv miqdori kamida oyiga bir marta, yonilg‘i va moyni saqlash davrida undagi mexanik aralashmalar miqdori kamida xar 3 oyda bir marta aniqlanadi. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklarning kotish harorati ularni texnikaga quyish uchun berishdan oldin aniqlanadi. Neft mahsulotlarining sifatini tiklash Neft bazalari, shuningdek shirkat xo‘jaliklarining neft omborlari sharoitida neft mahsulotlarining sifati ko‘pincha ularda suv hamda mexanik aralashmalar to‘planishi natijasida yomonlashadi. Bu aralashmalarni xo‘jalikning o‘zida uncha murakkab bo‘lmagan usullar bilan chiqarib yuborib maxsulotni yana ishlatishga yaraydigan qilish mumkin. Odatda, bu maqsadda tindirish va filtrlashdan foydalaniladi. YOnilg‘i tindirilganda suv va mexanik aralashmalar rezervuar tubiga cho‘kadi. O‘lchami 50 mkm dan katta bo‘lgan yirik abraziv aralashmalar tezroq cho‘kadi, maydalari esa yonilg‘i qatlamida uzoqroq qoladi. Benzindan qovushoqroq bulgan dizel yonilg‘isida aralashmalar tezroq cho‘kadi (ayniqsa sovuq xavoda). Xona haroratida dizel yoqilg‘isidan mexanik aralashmalar va suvning asosiy qismini chiqarib yuborish uchun 4-5 sutka kerak bo‘ladi. YOnilg‘ini tindirish bilan birga (yoki tindirish o‘rniga) uni filtrlash ham zarur. Filtr diagonal, kapron gazlama, xlorin kabi eng ko‘p tarqalgan filtrlovchi materiallar yonilg‘ini 30-40 mkm dan katta mexanik aralashmalardan tozalaydi. Tozalash darajasini yaxshilash uchun bu materiallarning bir necha qatlamidan foydalanish mumkin. Noto‘qima materiallar, trikotaj faneli, namat, lavsan va nitronning filtrlash samaradorligi ancha yuqori (10-20 mkm o‘lchamli zarralarni ushlab qoladi). Qog‘oz filtrlar yonilg‘ini bundan maydaroq aralashmalardan tozalaydi. Motor moyi va transmission moyning qovushoqligi yuqori bo‘lganidan amalda ularni filtrlab bo‘lmaydi, shuning uchun ularning ifloslanishiga yo‘l quymaslik kerak. Mayda ko‘zli to‘rdan suzib olibgina ularni tasodifdan tushgan iflosliklardan tozalash mumkin. Xo‘jalik sharotida moylarni abraziv aralashmalardan tozalash uchun ular 70-80 °S gacha isitib (bundan yuqori haroratda suv bug‘lana boshlaydi, moy xiralashadi va aralashmalar yaxshi cho‘kmaydi) tindiriladi. Tozalash sifati ko‘pgina sabablarga, chunonchi tozalanadigan moyning qovushoqligiga, ifloslanish darajasiga, zarralarniig o‘lchamlariga bog‘liq. 'Gindirish vzqgi 2 dan 4-5 sutkagacha bo‘lishi mumkin. Qovushoqligi past moylarni (industrial, transformator moylari) suvsizlantirish uchun ular 80-85°S haroratda bir necha soat isitilib, so‘ngra tindiriladi. Ko‘p suv aralashgan motor moylari suv va cho‘kindilardan tozalangandan keyin ham dvigatelda ishlatishga yaramaydi, chunki suv ulardagi prisadkalarning ko‘p qismini eritib yuboradi. Ulardan osma jihozlarning gidrosistemasi, transmissiya, havo tozalagich va boshqa agregatlardan foydalanish mumkin. Suv va mexanik aralashmalardan tozalangan yoqilg‘i va moylar quruq toza idishga (rezervuarga) quyiladi. Tozalangan neft mahsulotlari sifatini tekshirish uchun idishning pastki qatlamlaridan namuna olinadi. YAxshi sifatli mahsulotlarning xo‘jalik sharoitida tiklasa bo‘ladigan boshqa ko‘rsatkichlariga benzinning oktan sonini, dizel yonilg‘isining detan soni va kokslanuvchanligini, barcha yonilg‘ilarning zichligini, ulardagi smola hamda kislota miqdorini, motor moylarining kul xosil qilish darajasini va ishqor sonini kiritish mumkin. Tiklangan mahsulot uchun barcha bu ko‘rsatkichlarning qiymati xar qaysi tashkil etuvchisining o‘rtacha arifmetik qiymatiga ega. Tegishli ko‘rsatkichi standartda ko‘rsatilganidek yuqoriroq bo‘lgan mahsulotlar yordamida tiklash ayniqsa samaralidir. O‘t olish harorati va qotish harorati kabi ko‘rsatkichlarini tiklab bo‘lmaydi, chunki ular tiklangandan keyin ham yomon mahsulotdagidek bo‘ladi. Belgilangan talablarga to‘liq javob bermaydigan mahsulotni tiklash uchun zarur sifat zahirasiga ega bo‘lgan mahsulot miqdori quyidagi formula bo‘yicha topiladi: Н2- Н M2 = M1 N-N1 (11.1) bu erda: M2 - sifat zahirasiga ega bo‘lgan mahsulot massasi, kg; M1 -tiklanadigan mahsulot massasi, kg; N - standartta mos keladigan ko‘rsatkich normasi; N1 - tiklanadigan maxsulot ko‘rsatkichining qiymati; N2 - sifat zapasiga ega bo‘lgan mahsulot ko‘rsatkichining qiymati. Faraz qilaylik, xo‘jalikning neft omborida A-80 markali 2 t benzin uzoq muddat saqlangan. Saqlash davomida uning rangi o‘zgaradi, ya’ni sezilarli darajada sarg‘ayadi. Analiz undagi smola miqdori 20 mg/100 ml gacha ko‘payganini ko‘rsatadi. Bunday benzinni dvigatelda ishlatish mumkin emas. Bu benzindagi smola miqdorini standart darajasiga, ya’ni 10 mg/100 ml gacha kamaytirish uchun tarkibida smola miqdori 5 mg/100 ml bo‘lgan benzinning yangi partiyasidan qancha qo‘shish kerak? Formuladan foydalanib quyidagini topamiz: 5- 10 M2 = 2 10-20 =4t (11.2) SHunday qilib tarkibida 20 mg/100 ml smola bo‘lgan A-80 markali 2 t beizinni standart darajasigacha tiklash uchun sifat zapasiga ega bo‘lgal A-80 bezinidan (smola miqori 5 mg/100 ml) 4 t kerak bo‘lar ekan. Idish to‘ldirilgandan so‘ng aralashma yaxshi aralashishi uchui kamida 3 marta bir idishdan ikkinchisiga quyiladi. SHundan keyin mahsulot tindiriladi va analiz qilish uchun o‘rtacha namuna olinadi. Tiklangan neft mahsulotlarini birinchi iavbatda ishlatib yuborish kerak. Download 109.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling