Neft maxsulotlari krekingi


Download 42.11 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi42.11 Kb.
#1538942
1   2
Bog'liq
NEFT MAXSULOTLARI KREKINGI. (1)

Kolonka tepasidagi
Bug‘ harorati, oС

Qabul qilgichdagi
distillyat xajmi, ml



Distillyatning
umumiy xajmi



Ajratilgan fraksiyalar

Boshlang‘ich va
oxirgi temperatura,
oС

Massasi, g

69

0,0

0,0

69,0-79,5

2,9

72

1,0

1,0







77

2,0

2,0







79,5

3,0

0,0







79,8

1,0

4,0

79,8-80,1

105,5

Olingan ma’lumotlar natijasida ordinata o‘qiga harorat, oS da, absissa o‘qiga esa distillyatning xajm, ml ko‘rsatkichlari asosida egri chiziq chiziladi.
Ma’lumot uchun:
Piroliz (yun. rug — olov va ...liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar bilan) yuqori temperatura taʼsirida oddiy moddalarga parchalash. P. texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qoʻllanadi. Neftni maxsus pechlarda 600—750° gacha qizdirganda uglevodorodgacha boʻlgan mol. m.si kichik birikmalar hosil boʻladi; ayni vaqtda zichlashish reaksiyasi roʻy berib, mol. m.si yuqori boʻlgan moddalar, aromatik va toʻyinmagan uglevodorodlar vujudga keladi. Neft P. kilinganda uglerodli qoldiq, neft koksi va boshqa hosil boʻladi. temperatura, bosim va qizdirish davomiyligi P. natijasiga taʼsir kiladi. Pirolizh. da ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalar, xalq xoʻjaligining turli tarmoqdarida qoʻllanadigan uglevodorodlar (yogʻoch spirti, sirka kislota va boshqalar), qazib olinadigan koʻmirlardan koks, gaz va boshqa olishda qoʻllanadi. Sanoatda metall karbonillarini P.ga uchratib metall kukunlari hosil qilinadi. SaSO3 dan kalsiy oksidi, baʼzi anorganik tuzlarni pirogidroliz qilish yoʻli bilan oksidlar olinadi
Kreking (ing . cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918-yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936-yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi
Nazorat savollari
1.Rektifikatsiya.
2.Azeotrop va ekstroktiv rektifikatsiya.
3.Ekstraksiya, absorbsiya usullari.
4.Adsorbsiya
5.Uglerodlarni ajratishni kimyoviy usullari.
6.Kristallanish.
7.Ekstraktiv va adduktiv kristallanish usullari.
Download 42.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling