Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish
Gazning zichligi va tarkibi
Download 15.82 Kb.
|
1-Amaliy Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Δ0 = ρ0/1.293
Gazning zichligi va tarkibi
Jismning zichligi deganda, shu jism tinch holatidagi og`irligining hajmiga nisbati tushuniladi.Normal fizik sharoit (0.1013 MPa va 273K) da gazning zichligini r0 quyidagi formula orqali aniqlanadi: Bu yerda: M – molekulyar og`irligi.Agar gazning zichligi 0.1013 MPa bosimda berilgan bo`lsa, boshqa bosimdagi zichligini (xuddi shu haroratda) ideal gaz uchun uyidagicha hisoblanadi: Ko`p hollarda gazga to`liq xarakteristika berish uchun uning havoga nisbatan zichligi aniqlanadi. Gazning nisbiy zichligi normal sharoitda havoga nisbatan zichligi quyidagicha topiladi: Δ0 = ρ0/1.293 Gaz aralashmasi, shu aralashma komponentlarining og`irlik va molyar kontsentratsiyasi bilan harakterlanadi. Gaz aralashmasi hajmiy tarkibi, molyar tarkibi bilan taxminan teng, shunday ekan 1 kmol gaz hajmi Avagodro qonuni bo`yicha bir xil fizik sharoitda bir xil songa teng, ya‘ni 0.1013 MPa va 273K da 22.41m3 ga teng. Gaz aralashmasiga harakteristika berishimiz uchun uning o`rtacha molekulyar og`irligini, o`rtacha zichligini (kg/m3 da) va havoga nisbatan zichligini bilishimiz kerak. Agar aralashmaning molyar tarkibi foizda berilgan bo`lsa, unda o`rtacha molekulyar og`irligi quyidanicha aniqlanadi: Bu yerda: u1, u2 . . . . . un – komponentlarining molyar (hajmiy) ulushi. M1, M2 . . . . . . . Mn – komponentlarning molekulyar og`irligi. Agar aralashma og`irlik tarkibi berilgan bo`lsa, unda o`rtacha molekulyar og`irligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Bu yerda: g1, g2 . . . . . . gn - komponentlarning og`irlik ulushi, % da. Aralashma zichligi Rаr hisoblab topilgan Mаr orqali topib olinadi: Aralashmaning nisbiy zichligi quyidagicha topiladi: Bu yerda: ρаr, ρsh – normal sharoitdagi gaz aralashmasi va havoning zichligi. Tabiiy gazga to`liq harakteristika berishimiz uchun, uning tarkibidagi og`ir uglevodorodlarni bilishimiz kerak. Gazning og`irlik tarkibi va molyar tarkibi berilgan bo`lsa, og`ir uglevodorodlar miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi: А = 10g ρаr = 10 u*ρ Bu yerda g – gaz tarkibidagi og`ir uglevodorodlarning og`irlik ulushi, % da; ρаr – gaz aralashmasi o`rtacha zichligi kg/m3; u – gaz tarkibidagi og`ir uglevodorodlarning molyar ulushi, %da; ρ – berilgan og`ir uglevodorodlar zichligi kg/m3. Har bir gaz o`zining kritik bosimi (Rkr) va kritik haroratiga ega (Tkr). Kritik harorat shunday haroratki, gaz kritik haroratdan yuqoridagi gaz suyuq holatga o`tilmaydi. Kritik bosim, bu minimal bosim bo`lib, kritik haroratda turgan gaz suyuqlanmaydi. Ayrim gazlarning ma‘lum bir xossalarini keltirib o`tishimiz mumkin.
Gazning namligi ikki ko`rinishda ifodalanadi: nisbiy va absolyut namlik. Normal sharoitda bir metr kub quruq gaz tarkibidagi suv bug`ining miqdori uning qiymatini belgilaydi va quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda: ms – suv bug`ining og`irligi, kg; Vg – quruq gaz hajmi, m3. Berilgan aniq haroratdagi gazning haqiqiy absolyut namlik miqdorini, uning yuqori namlik miqdoriga bo`lgan nisbatiga gazning nisbiy namligi deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: F = (А/Аgаz) 100. Download 15.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling