Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish


Neftning tarkibi va fizik – texnik xossalari


Download 15.82 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi15.82 Kb.
#1817608
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy Neft maxsulotlarini fizik kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish

4. Neftning tarkibi va fizik – texnik xossalari.
Neft – qo`ng`ir rangli, yonuvchan, moysimon suyuqlik bo`lib, kimyoviy tarkibiga asosan ikki elementdan tuzilgan murakkab birikmadir, bular uglerod va vodoroddir. Bu birikmani biz oddiygina uglerodlar deb ataymiz. Uning tarkibida S5 – S36 gacha bo`lgan turli uglevodorodlar hamda kislorod oltingugurt birikmalari, azot va boshqa aralashmalardan tashqil topgan bo`ladi.
Neft tarkibida uglerod 82 – 87% gacha va vodorod 11 – 14% gacha uchraydi. Neft tarkibida azot ayrim hollarda 40% gacha uchraydi.
Neft og`ir uglevorodlardan tuzilgan bo`lsa, uning tarkibida benzin va moy fraktsiyalari kamroq bo`ladi.
Neft tarkibida parafin va smolalar ko`proq bo`lsa, uning tarkibida benzin va moy fraktsiyalari kamroq bo`ladi.
Neft tarkibida parafin va smolalar ko`proq bo`lsa qovushqoqligini oshiradi va harakatlanishini kamaytiradi. Bunday hollarda neftni qazib olish va jo`natish uchun maxsus usullardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Neft tarkibida oltingugurt birikmalari mavjud bo`lsa, uni qazib olish va uzatishda bir qancha muammollar tug`diradi.
Zichlik deganda hajm birligidagi moddaning (neft, neft mahsulotlari, gaz) og`irligi tushuniladi.
Ρ = m/v; kg/m3
Bu yerda: m – modda og`irligi; v – uning hajmi.
Neft va neft mahsulotlarini tashish va saqlash tizimida ularning zichligi absolyut va nisbiy birikmalar bilan ifodalanadi. Nisbiy zichlik quyidagicha ifodalanadi.
Ρ420 – bu 200S dagi neft yoki uning mahsulotlarining zichligini 40S dagi suvning zichligiga bo`lgan nisbati. Neft va uning mahsulotlarining 200S dagi nisbiy zichligi 0.7 dan 1.07 gacha o`zgarishi mumkin.
Istalgan haroratdagi (t) absolyut zichlik ρt bilan belgilanadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
Ρt = ρ20 – ξ (t – 20)
Bu yerda ρ20 – neft va uning mahsulotining 200S dagi zichligi, bu laboratoriya sharoitida aniqlanadi kg/m3.
ξ – harorat koeffitsienti, kg/(m3 0S), ξ = 1,825 – 0,001315* ρ20.
Suyuqlik yoki gazlarning bir bo`lagining ikkinchi bo`lagiga nisbatan siljishida ko`rsatadigan qarshiligi uning qovushqoqligi (ichki ishqalanishi) deyiladi.
Ichki ishqalanish koeffitsienti μ yoki dinamik qovushqoqlik koeffitsienti bilan harakterlanadi. Dinamik qovushqoqlik koeffitsienti suyuqlik yoki gazning tarkibi va haroratiga bog`liq. SI tizimida dinamik qovushqoqlik birligi Paskal – sekundda ifodalanadi. Kinematik qovushqoqlik – dinamik qovushqoqlikning shu haroratdagi suyuqlik yoki gazning zichligiga bo`lgan nisbati bilan ifodalanadi
v = μ/ρ = 1m2/s
uchuvchanligi to`yingan bug` bosimiga bog`liq bo`ladi. Bu bosim qanchalik katta bo`lsa, shunchalik bug`lanishga moyil bo`ladi.

Download 15.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling