Neft sanoati


Download 19.58 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi19.58 Kb.
#248300
1   2
Bog'liq
Neft sanoati

Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200—7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.

G. s. dastlab 18-asrning oxiri — 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-asrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-asrning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.

Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) G. s.ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.

Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois G. s.ning dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.

Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932 y.dan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-y.lar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-y.larga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962 y.ga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Ol-maota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968 y.ga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga yetdi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi.

Hoz. vaktda Ustyurt, Buxoro — Xiva, jan.-gʻarbiy Hisor, Fargʻona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000 y.da 1990 y.dagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Shoʻrtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha oʻn t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmogʻidagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta taʼmirlash ishlari jadal olib borilmokda. Maye, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangiyer — Toshkent gaz yoʻllari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpogʻiston va Xorazmni respublikaning oʻz gazi bilan taʼminlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999 y.da respublika G.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi.

Dunyo va O'zbekistonda neft va gaz dinamikasini tahlili

Краткое описание:


O‘zbekiston neftgaz sanoati 120 yildan ortiq tarixga ega. Manbalarning darak berishicha, O‘zbekiston hududida neft va gaz uzoq o‘tmishdan ma‘lum. Milloddan avvalgi 4 asrda Iskandar Zulqarnayin va uning lashkarlari markaziy osiyo hududida qora moy uchratganlari haqida ma’lumotlar olgan. 1917 yilga qadar O‘zbekiston hududida neft va gaz konlarini qidirish va ishlatish bilan sanoqli shaxsiy korxona va artellar shug‘ullangan.1980-1983 yillarda Farg‘ona vodisidagi qamishboshi nomli maydonda chuqurligi 20-30 metr 4 quduq qazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan.1898 yilda muhandis S.A Kovalevskiy boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar mashhur geolog –paleontolog G.D. Romonovskiy tavsiyalariga ko‘ra Chimyon, Yerutan (Farg‘ona vodiysi) ishlolari atrofida neft konini qidirishga kirishishdi.1901 yilda moylisoy maydonida 168 metr chuqurlikdan kuniga 25 tonna neft otilib chiqgan.1904 yilda qazilayotgan quduq 278 metr chuqurliga yetganda neft qatlami ochilib kuniga qarib 130 tonna neft otilib chiqa boshlagan. Mazkur kon asosida 1904 yild “ chilishyo neft jamiyati ’’ tuzilgan. Nefdan olingan kerosin va qolgan qora moy O‘rta osiyo Afg‘oniston, Xitoy, bozorida sotilgan

eft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 25-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. 

Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirishning 2021-yilgacha bo‘lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi. 

Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko‘p. Ularni o‘zlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Xo‘sh, yurtimiz boyliklari xalqimizga qanday manfaat keltirmoqda, dedi davlatimiz rahbari. 

2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan. 

Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lar edi. 

Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos. 

Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi yo‘qotilmoqda. 

Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi. 

Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018-yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi. 

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi. 

Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi neft-gaz sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi, sarflangan har bir dollar iqtisodiy foyda keltirishi zarurligi ta’kidlandi. 

Davlat manfaatlari nuqtai nazaridan, mahsulot taqsimlash kelishuvlari va qo‘shma korxonalar shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Sohaning logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo‘lishini kafolatlaydigan transport yo‘laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Gaz taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi. 

Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. 

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar qabul qilish va belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 
Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling