Neft. Tabiiy gaz. Ko’mir. Slans yoqilg’isi. Ularni qayta ishlash reja
Download 0.64 Mb.
|
УКТ НЕФТ
SLANESLI NEFTSLANESLI NEFTAvvalo slanes haqida. Slanes - qatlam-qatlam ko‘rinishdagi tog‘ jinsi bo‘lib, bu qatlamlar osonlik bilan o‘zaro ajraladi. Slanesli neft (inglizchasi - "shale oil") - yonuvchan slaneslarga qo‘shimcha kimyoviy va mexanik ishlov berish natijasida olinadigan noaa'anaviy neft bo‘lib, u kerogen moddasiga boy bo‘lgan slaneslardan olinadi. Kerogen - butum holiga kelib qolgan organik moddadir. Slanesli neft olishda odatda salnes konlaridan olingan jinslarni piroliz qilinadi yoki gidrogenlanadi, yoxud, termik eritish bilan qayta ishlanadi. Bunda slaneslardagi organik moddalar qoldiqlari sintetik uglevodorodlarga, ya'ni, sintetik gaz va neftga aylanadi. Bunday usul bilan olingan neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i sifatida ishlatilishi, yoki, NQZ larda qo‘shimcha qayta ishlanishi (oltingugurt va azot qoldiqlaridan tozalanishi) mumkin. Slanesli neft mahsulotlari ham an'anaviy neft mahsulotlari singari, ular bilan bir xil maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo‘llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo‘llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o‘zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo‘llashni tavsiya qiladi.Slanesli neft ("shale oil") atamasi shuningdek, an'anavaiy yengil neftni ifodalash uchun ham keng qo‘llanliadi (ayniqsa AQSHda). Bunday neft ham slanesli qatlamlar jinslari va ularga yaqin zich kollektorlardan qazib olinadi. Lekin bunda piroliz va boshqa kimyoviy ta'sir usullari qo‘llanilmaydi. Bunday yengil neft bilan slanesli neftni, o‘zaro farqlab belgilash uchun, Xalqaro Energetika Agentligi, "light tight oil" (qisqacha LTO) atamasini qo‘llashni tavsiya qiladi.XXI-asrning 10-yillari boshiga kelib, AQSHda aynan shunday yengil formatsiyadagi neft qazib olish ishlari jadallashdi va keng miqyosga ega bo‘la boshladi. OAVlarda slanesli neft deb uqtirilayotgan mazkur unsur aslida o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan tuproq kollektorlaridan qazib, ajratib olinadigan yengil neftdir.Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling