Xozirgi vaqtda Vatanimizning kuch qudrati, uning tez suratlar bilan rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetishishi neft sanoatining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Odam organizmida kon kanday zarur bo’lsa - mamlakat iqtisodiyoti uchun neft va uning maxsulotlari xam shunday zarurdir. Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i-yoqilg’i yo’nalishi Bunda neft va gaz kondensati atmosfera bosimining 360°C gacha qizdirib, ular dan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraktsiyalarini ajratib olinadi. qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib qo’shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg’i olinadi. - Bunda neft va gaz kondensati atmosfera bosimining 360°C gacha qizdirib, ular dan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraktsiyalarini ajratib olinadi. qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib qo’shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg’i olinadi.
- Ikkinchi yo’nalish-yoqilg’i-moylar olish yo’nalishidir. Bu yo’nalishda neft va gazokondensatidan yengil fraktsiyalar olingandan sung, qoldiq qismi mazutni vacuum ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraktsiyalarga ajratiladi. Bo’lardan xar-xil neft moylari olinadi.
- Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi 1906-yillarda ilk bor ishga tushdi. Bunda neft maxsus kublarda xaydalar edi. 1917-yilda kublar texnologik qurilmalarga almashtirildi. Keyinchalik texnologik qurilmalar takomillashtirildi. 1950-1960 yillarda eski qurilmalar zamonaviy texnologik qurilmalar bilan almashtirildi. Xozir zavodda 7-ta texnologik qurilma mavjud bo’lib, zavod yoqilg’i-yoqilg’i yo’nalishi bilan ishlaydi. Bu yerda ogir qoldiq - mazut termik kreking qurilmasiga berilib yengil fraktsiyalar va termik qoldiq olinadi.
Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda bo’lib o’ziga xos xidi bor. U suvdan biroz yengil va suvda erimaydi, Neft asosan uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lib buni tajribada aniqlash mumkin. U muayyan bir temperaturada xaydalmasdan balki temperaturalar oralig’ida xaydaladi, demak neftni bir xil moddadan iborat deb bo’lmaydi. Neftning asosiy sifatini belgilaydigan narsa bu uning fraktsion sostavidir (tarkibidir). Buni laboratoriyada neftni xar-xil temperaturada xaydash yo’li bilan aniqlanadi. Avval qaynash darajasi past, molyar masasi kichik moddalar xaydaladi, so’ngra yuqori temperaturada molekulyar massasi yuqori bo’lgan moddalar xaydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |