Neft. Tabiiy gaz. Ko’mir. Slans yoqilg’isi. Ularni qayta ishlash reja


Download 0.64 Mb.
bet8/9
Sana01.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1241267
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
УКТ НЕФТ

Xalqaro ekspert guruhlarning began baholariga ko‘ra, slanesli uglevodorodlarning (slanesli neft va gazlarning) asosiy konlari Shimoliy va Janubiy Amerika va shuningdek, Yevropa qit'asida joylashgan ekan. Shuningdek, bunday yoqilg‘i konlari, Yevroosiyoning asosan Xitoy XR va Rossiya Federatsiyasi joylashgan hududlarida bisyor. Yevropadagi salnes konlari esa asosan Polsha va Ukraina hamda, Rossiyaning g‘arbiy hududlariga to‘g‘ri keladi.

Slanes uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va uning resurslaridan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishini, ayrim mutaxassislar energetika sohasidagi so‘nggi 50 yilda amalga oshirilgan eng katta hodisa deya baholamoqdalar.

  • Slanes uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va uning resurslaridan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishini, ayrim mutaxassislar energetika sohasidagi so‘nggi 50 yilda amalga oshirilgan eng katta hodisa deya baholamoqdalar.
  • Bunday turdagi neftning keng ko‘lamli qazib olinishi va qayta ishlanishi, 2000-yillar boshida AQSHning Devon Energy kompaniyasi tomonidan boshlangan. Bunda hozirdagi slanesli neft qazib olishning eng samarador usul hisoblanayotgan - tuproq qatlamlarini ko‘p qatlamli gidroparchalash yo‘lin qiyalatib, ba'zi o‘rinlarda gorizontal yo‘nalishlari bilan kavlab-burg‘ulab boriladigan usul ilk bora qo‘llanila boshlagan. 2000 yilda 2010 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, bunday usulda neft qazib olish asosan Shimoliy Amerikada, aniqrog‘i, Kanada va AQSHda yo‘lga qo‘yildi. 2007-yilgacha AQSHda umumiy hisobda bir kecha-kunduzda 1 million barrel miqdordagi shunday slanesli neft qazib olingan bo‘lsa, keyingi yillarda bu boradagi sanoat ko‘lamining nihoyatda kengayishi natijasida, slanesli neft qazib olish miqdori hem keskin ortdi. Xususan, 2013 yilda kundalik slanesli neft qazib olish ko‘rsatkichi AQSHda 2.3 million barrelga yetgan bo‘lsa, 2014-yilda esa, 3.5 million barreldan ortib ketdi. Bu esa, butun dunyoda qazib olinadigan jami neft (barcha turlari) miqdorining taxminan 4.3 % ulushi demakdir

Slanesli uglevodorodlar, xususan slanesli neftning, aa'anaviy neftga nisbatan birmuncha yaqqol kamchiliklari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi, slanesli uglevodorodlar qazib olishning tannarxining nisbatan qimmatligi hisoblanadi. Undan tashqari, slanesli konlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji juda yuqori ekanligi (har bir konga 15-20 ming tonnagcha suv sarfi taqozo etiladi); konlarning juda tez bo‘shab qolishi (bitta kon uzog‘i bilan 1 yil xizmat qiladi); aniqlangan zaxiralarning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirishga kifoya qilmasligi; hamda, albatta kuchli ekologik xatar omillari shular jumlasidandir. Ustiga-ustak, slanesli neft konlarida qazib olish samaradorligi koefitsienti, aa'anaviy neft konlariga qaraganda ancha past.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling