Slanesli uglevodorodlar, xususan slanesli neftning, aa'anaviy neftga nisbatan birmuncha yaqqol kamchiliklari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi, slanesli uglevodorodlar qazib olishning tannarxining nisbatan qimmatligi hisoblanadi. Undan tashqari, slanesli konlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji juda yuqori ekanligi (har bir konga 15-20 ming tonnagcha suv sarfi taqozo etiladi); konlarning juda tez bo‘shab qolishi (bitta kon uzog‘i bilan 1 yil xizmat qiladi); aniqlangan zaxiralarning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirishga kifoya qilmasligi; hamda, albatta kuchli ekologik xatar omillari shular jumlasidandir. Ustiga-ustak, slanesli neft konlarida qazib olish samaradorligi koefitsienti, aa'anaviy neft konlariga qaraganda ancha past. Ba'zi ekspertlarning fikricha, slanesli uglevodorodlarni qazib olish, aa'anaviy neft qazib olishdan ko‘ra aslida ancha qimmat bo‘lib, yirik xalqaro energetika konsernlari bunday neft narxini ataylab pasaytirib ko‘rsatayotganlari bo‘lishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |