Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish


Download 1.34 Mb.
bet10/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

2.3. Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish
Ushbu aromatik uglevodorodlar olish manbaini neft fraksiyalarida anchagina miqdorda aromatik uglevodorodlar bor bo'lgandagina ish-latish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori aromatlashgan neftlar sirasiga Pensilvaniya (AQSH) aro-matikaning miqdori 1 l%gacha va Grozniy (RF 5%gacha).
Shuning uchun yuqorida keltirilgan usul bu yaqin o'rtada bizning Respublika uchun amaliy ahamiyat kasb etmaydi.
Katalitik riforming
Neft asosidagi xomashyodan yuqori konsentratsiyali aromatik uglevodorodlarni olishning asosiy manbai katalitik riformingdir.
Xomashyo sifatida to'g'ridan-to'g'ri haydalgan benzinni quyidagi temperaturalardagi tor fraksiyalari ishlatiladi:
Benzol uchun -60-85°C
Toluol uchun- 85-110°C
Ksilol uchun-120-135°C
Yoki 60-140°C fraksiya riforminga uchratiladi.
Qo'llanilayotgan riforming katalizatorlariga bog'liq ho Ida:
1) Gidroforming va 2) Platforming kabi jarayonlar o'zaro farqlanadi.
A) Gidroforming jarayoni 480-540°C temperaturada va 15-20at bosimda aluminiy oksididagi molibden oksidi katalizatorida olib boriladi. Aromatik uglevodorodlar eng muhimi olti a'zoli naften uglevodorodlarni degidrogenlash hisobiga va besh a'zoli naftenlarni olti halqaliga izomerlab benzol hamda uning gomologlariga aylanishi hisobiga hosil bo'ladi:

Siklogeksan Benzol

Metilsiklopentan Siklogeksan Benzol
Katalitik riforming jarayonida vodorod hosil bo'lsa hamki, jarayon vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bunda koks hosil bo'Iishi vodorodsiz muhitdagidan ancha kamdir.
Hozirgi sanoatda gidroforming psevdosuyultirilgan qatlam usulida amalga oshiriladi. Katalizator regenerateiyasi uzluksiz amalga oshadi.
B) platforming jarayoni katalitik riforming sohasining katta yutug'idir. Ushbu jarayonda platinali katalizator(0,5% platina-aluminiy oksidi) qo'llaniladi. Jarayon 450-540°C temperaturada, 14-70 at vodorod bosimida olib boriladi. Ushbu jarayon asosida gidro¬forming reaksiyalari yotadi.
Alumoplatinali katalizatorda xomashyo sifatida 60-120°C benzin fraksiyasi ishlatilsa xomashyoga nisbatan aromatik uglevodorodlarni salmog'i 36,2%ni, shu jumladan benzol-4,2%, toluol-14,5%, ksilollar-15,8% ni tashkil qiladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling