Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari
Alkilaromatik uglevodorodlarni olish
Download 1.34 Mb.
|
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI
Alkilaromatik uglevodorodlarni olish
Neftkimyoda alkilaromatik uglevodorodlardan eng ko'p qo'lla-niladiganlari —etil- va izopropil benzollardir. Ular sintetik kauchuk monomerlari bo'lmish stirol va a-metilstirollarni olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Undan tashqari oksidlash yo'li bilan izopro-pilbenzoldan fenol (sintetik smola va plastmassalar xomashyosi) va atseton olinadi. Alkilaromatik uglevodorodlar benzolni etilen va propilenlar bilan alkillash reaksiyasi yordamida olinadi: Alkillash jarayoni uchun katalizatorlar sifatida sulfat (H2S04), fosfat (H3PO4), vodorod ftorid (HF) kislotalari hamda aluminiy xlorid (AICI3) va rux xlorid (ZnCl2) lar xizmat qilishi mumkin. Alkillash jarayoni Rossiyada quyidagi sharoitlarda A1C13 katali-zatorligida olib borilgan: benzol: olefin nisbati yonaki mahsulotlar hosil bo'lmasligini nazarda tutib 2:1 molyar nisbatda; reaktor sifatida kolonna olinib, uning balandligi 12 m, diametri 1,4 bo'lgan. Kolon-naning ichki qismi emallangan va asbest zichlagichli flyanetslar bilan biriktirilgan 4ta zvenodan tashkil topgan. Boshqa hollarda korro-ziyadan himoyalanish uchun grafit plitalar bilan futerovka qilinadi. Kolonnaning uch seksiyasi isitish va sovutish maqsadlari uchun «ko'ylak» ka ega, ammo issiqliknig asosiy qismi benzolning bir qismining bug'Ianishi hisobiga olib chiqib ketiladi. Xulosa O‘zbekistonning zamonaviy neft-gaz sanoati-iqtisodiyotning yirik sohalaridan biridir, mamlakatni eng zarur energetik bazasidir.Sohada talaygina ilmiy-texnik potensial vujudga keltirilgan, uni rivojlanishida yгtuqlarga erishilgan. Kimyo sanoatining rivojlanish kulamlarini va jarayonlari mazmun-mohiyatini neftkimyo rivoji tubdan o‘zgartirib yubordi. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish arzon va keng xomashyo manbalari va kimyoviy sanoatning an’anaviy manbalari bo‘lmish kokskimyo va o‘rmonkimyo sanoatlarining smolalari, mineral xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini siqib chiqarayotgan neft va gaz uglevodorodlarga bog‘lanib qolmoqda. Bu esa kimyoviy ishlab chiqarishni tez rivojlanishiga va klassik sintez usullariga taqqoslaganda o‘lchab bo‘lmaydigan darajada ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni olishni boshqa usullarini qullashni talab qiladi. Xulosa qiladigan bulsak, neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlar keng qo'llaniladi. Shu jumladan xorij ma'lumotlariga ko'ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20%i fenol olishga, 10%i sintetik tola ishlab chiqarishga hamda qolgan 30%i -yuvish vositalari ishlab chiqarishga, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo'ladi. Neftkimyoda (50-55%) toluol plastmassalar, portlovchi moddalar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti holida ishlatiladi. Ksilollarning asosiy massasi(35%i) erituvchi sifatida, yana shunchasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi. Orto-ksilol ftal angidridi ishlab chiqarishda qo'llaniladigan naftalin o'rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo'lmish tereftal kislotasi olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab izoftal kislotasi olinib, u esa plastifikatorlar ishlab chiqarish uchun kerak; izomerlab paraksilol oladilar; yuqori oktan sonli benzinlar uchun ham komponent hisoblanadi. Uzoq vaqt aromatik uglevodorodlarni olishning asosiy manbasi koksokimyo sanoati bo'lgan, bunda 1 t toshko'mirdan 10kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning gomologlarini toshko'mir smolasidagi miqdori foizning o'ndan bir bo'laklaricha bo'lsa-da, aromatik uglevo-dorod resurslaridan bo'lgan ushbu manbani mensimaslik mumkin emas, chunki ko'mirni kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling