Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik uglevodorodlarni dealkillash


Download 1.34 Mb.
bet11/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

2.4.Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik uglevodorodlarni dealkillash
Ushbu jarayon Germaniyada Ikkinchi Jahon urushi yillari keng joriy etilgan bo'Iib, yuqori oktanli benzinlar hamda aromatik uglevodorodlar olish uchun ishlatilgan. Jarayon benzol va naftalin olish maqsadlari uchun AQSH da keng ko'lamda olib boriladi. Xorijda ushbu jarayonning tez rivojlanishi benzol va naftalinlarni yetishmay qolganligi boisdir. Dealkillash jarayonini 2 turi mavjuddir: termik va katalitik. Reaksiya sxemasi:

Toluol Benzol Metan

Termik dealkillash 750°C da 40at bosimda boradi. Jarayon tem-peraturasini pasaytirish hamda benzolni salmog'ini oshirish maqsad-larida adabiyotlarda molibden, kobalt, nikel oksidlari /aluminiy oksidida yoyuvchi katalizatorlarni qo'llash va katalitik deallash jarayonini 620°C da amalga oshirish to'g'risida ko'rsatmalar mavjud. Bunda xrom va aluminiy oksidlari asosidagi katalizatorlarga afzallik berilgan.


To'g'ridan-to'g'ri haydalgan va ikkilamchi distillatlarni pirolizi
Piroliz smolalaridan aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. Smolaning salmog'i xomashyo turiga bog'liqligini aytib o'tish joizdir
(1-jadval).

Piroliz xomashyosi

Smolaning salmog'i (og'irlik % da)

Yengil benzin (40-140"C)

20-25

Og'ir benzin (100-180UC)

25-30

Kerosin-gazoyl fr. (145-345UC)

30-35

Piroliz rejimiga o'ta talabchan bo'lish, ya'ni temperaturani 720°C dan 800°C ga ko'tarish aromatik uglevodorodlarni salmog'ini 14,4% dan 81% gacha oshishiga olib keladi.


Piroliz smolasini 2 yo'nalish bo'yicha qayta ishlaydilar:
1) Faqat yoqilg'i mahsulotlari olish uchun.
2) Asosan aromatik uglevodorodlar olish uchun.
Parafinlarni halqalash
Aromatik uglevodorodlar manbai sifatida Rossiya tadqiqotchilari B.A.Kazanskiy va boshqalar tomonidan parafinlarni halqalanishi jarayoni 2-jahon urushigacha ochilgan bo'lsada, oxirgi vaqtgacha sanoatga tatbiq qilinmagan, chunki u texnologik nuqtayi nazardan murakkab, katalizator tezda aktivligini yo'qotadi (xrom oksidlari aluminiy oksidida), jarayon kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Keyingi yillarda jarayonni oddiyroq amalga oshirish maqsadida qaynar qatlamli jarayon haqida urunib ko'rildi, biroq adabiyotlarda ushbu jarayonni muvaffaqiyatli chiqqanligi haqida ma'lumotlar yo'qdir.

n-Geksan Benzol



n-Geptan Toluol


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling