Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Neft mahsulotlarini tozalash va krekinglash


Download 1.34 Mb.
bet3/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

Neft mahsulotlarini tozalash va krekinglash.

Neftni tozalash. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidro-tozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7—40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, aso-san, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilgi distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilgi va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuq/gasha-digan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50%idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turg-unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.
Neft mahsulotlarini tozalashda sanoatda asosan quyidagi tozalash usullari qо‘llaniladi:
1. Yaxshilab maydalangan adsorbent yordamida kontakt usulida tozalash.
2. Perkolyatsiya yoki adsorbent donalari ustidan о‘tkazib filtrlash.
Karbamid bilan deparafinlash jarayonida massa almashuvchi va qovushqoqlikni yaxshilash uchun erituvchilar qо‘llaniladi. Buning natijasida kompleksni tо‘liq ajratib olishga erishiladi. Erituvchilar sifatida izooktan, petrol efir, benzin - ligroin, benzin va x.k. ishlatiladi
Karbamid bilan deparafinlash jarayoni aktivlashtiruvchilar ishtirokida boradi. Ularga metanol, etanol, izopropanol, atseton, metiletilketon, suv va boshqalar kiradi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling