Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari
Download 1.34 Mb.
|
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa……………………………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………36 Kirish. Kurs ishining dolzaribligi
- Kurs ishining maqsadi
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………3I. Asosiy qism 1.1 Neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari……………………………………5 1.2 Neft mahsulotlarini tozalash va krekinglash. ………………………………10 II. Asosiy qism 2.1 Aromatik uglevodorodlar…………………………………………………..16 2.2 Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni olish usullari…………….18 2.3 Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish……….23 2.4 Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik uglevodorodlarni dealkillash………………………………………………………………………...25 2.5 Aromatik uglevodorodlarni ajratish va ajratib olish……………………….27 Xulosa……………………………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………36 Kirish. Kurs ishining dolzaribligi: O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz sanoati ko‘p tarmoqli hisoblanadi. O‘zining tarkibida vertikal-integratsion tizimni tashkil qiladi, quduqning tubidan iste’molchigacha bo‘lgan tarmoqni nazorat qilish. Bunday katta quvvatga ega tizimning barqarorligini ta’minlash yetuk bilimdon mutaxassislarni o‘qitishni va tarbiyalashni taqazo etadi. Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar–benzin, kerosin, dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sunìy tola va yuvish vositalari, dori–darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi bularni olish biroz murakkab jarayonlarni qamrab oladi. Kurs ishining maqsadi: Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, sifatli birikmalarni ajratib olish, neft va tabiiy gaz tarkibi bilan tanishish. Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdorini aniqlash ancha murakkab bo’lgani uni soddaroq holda tushintirish maqsadida yozildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1906 y.), Farg’ona (1958 y.) va Muborak (1971 y.) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997- yil 22- avgustda ishga tushirilgan Buxoro neft va gazkondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001- yilda Sho’rtan gaz kimyo majmuasi qo’shildi. Umuman O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, XIX–asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904-1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan. Jahon yoqilg‘i energetika balansida neft va gazning salmog‘i to‘xtovsiz oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda yoqilg‘ining bu turlari jahonda energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 70-75% qondirayapti. Neft va gazni qazib chiqarishni kupaytirish evaziga energiya iste’mol qilish ortib bormoqda. Neft va gaz kimyoviy xom-ashyo bo‘lib, hozirgi zamon sanoati vaenergetikasi barcha turlarda uning mahsulotlaridan eng ko‘p miqdorda foydalaniladi. Respublikamiz mustaqilligidan so‘ng barcha sohalar qatorida neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berildi, to‘liq yoqilg‘i ta’minoti mustaqilligiga erishildi. O‘zbekiston Respublikasida tarmoqni jadal rivojlanishida “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi”, “SHo‘rtanneftgaz” MCHJ, “Muborakneftgaz” MCHJ, “O‘zgeoburg‘ineftgaz” AK va “Neftgazqazibchiqarish” AKning o‘z o‘rni bordir. O‘zbekiston Respublikasi sintetik suyuqlik ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy qadam quyilgan. Jumladan 2012 yilda Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi va Malayziyaning “Petronas” korparatsiyasi bilan hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan mablag‘ asosida tozalangan metan gazi asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bshyicha istiqbolga ega bo‘lgan yirik loyixani amalga oshirish ishlari boshlangan. Ushbu loyixa asosida barpo etiladigan zavod dunyodagi eng yirik bo‘lib, u sintetik yoqilg‘i-suyultirilgan gaz. Aviakerosinir va “premium klass” toifasidagi, ya’ni “yevro-4” standartidan kam bo‘lmagan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqaradi. Neftning tarkibida yengil uglevodorodlar mavjud bo‘lib, undan samarali foydalanishda bu fraksiyalarni yuqotilishini bartaraf qilish yullarini o‘rganishda chet el va respublikamizda olib borilayotgan ishlarni shrganish hamda tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. “Muborakneftgaz” MCHJ korxonalarining konlarida neftning tarkibidagi yo‘ldosh gazlarni ajratib olish va uni qayta ishlash ishlarini jadallashtirish bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanadi. Neftkimyo sanoatining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq holda mustahkam tejamkor xom-ashyo bazasini yaratishda neft va gazdagi yengil uglevodlarning yo‘qotilishini oldini olish va tiklash muhim masalalardan hisoblanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling