Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Download 1.34 Mb.
bet8/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

Katalitik kreking 450°C da va atmosfera bosimi ostida katalizator ishtirokida olib boriladi. Katalizator sifatida aluminiy xlorid, turli xil aktivlangan alumosilikatlar ishlatiladi. Katalitik kreking termik krekingga nisbatan yaxshi usul hisoblanadi, chunki bu usul bilan olinadigan benzinda yuqori oktan soniga ega bo‘lgan benzin miqdori ko‘p bo‘ladi.

II. Asosiy qism
2.1. Aromatik uglevodorodlar.
Neftkimyo ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosidan aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, etilbenzol, izopropilbenzol, stirol, metilstirol, naftalinlar olish katta ahamiyat kasb etadi.
XX asrning boshlaridagina har xil fizik usullardan foydalanish natijasida benzol molekulasining tuzilishini tushuntirishga mavaffaq boʻlindi. Barcha uglerod atomlari oʻxshash, elekrton zichligi bir xil ajratilgan, uglerod atomlarining masofasi oʻzaro teng (0,140 nm). Benzol molekulasi teng tomonli olti burchakli shaklda boʻladi. Benzoldagi har bir uglerod atomida bitta s- va ikkita p-elektron bulutlari sp2-gibridlangan holatda boʻladi, ammo bitta p-elektron buluti gibridlanmagan. Uchala gibridlangan orbitallar bitta tekislikda joylashib, iiki tomondagi uglerod atomlari va bir vodorod atomi orbitallari bilan qoplanadi. Natijada uchta σ-bogʻ hosil boʻladi. Har bir uglerodning gibridlanmagan p-orbitali shu tekislikka perpendikulyar joylashib, bu bulutlar ham bir-biri bilan qoplanadi. Bu qoplanishlar gibridlangan orbitallar yotgan tekislikning ikki tomonida (osti va ustida) amalga oshadi. Natijada benzolning oltita uglerod atomining 2p-orbitallari qoplanishidan π-bogʻ hosil bo'ladihamda umumiy π-elektron yopiq tizim vujudga keladi.
Benzolning gomologlarini nomlash uchun shakllangan trivial nomlashlar ham ishlatiladi: metilbenzol — toluol, dimetilbenzol — ksilol, izopropilbenzol — kumol, vinilbenzol — stirol deb ataladi. Molekulasida bir necha radikallar boʻlgan birikmalarni nomlash uchun benzol halqasidagi uglerod atomlari raqamlanib, birikma nomlanganda oʻrinbosar (radikal)ning oʻrni sonlar orqali koʻrsatiladi. Agar benzol molekulasining ikkita vodorod atom radikallarga almashingan boʻlsa, u holda benzolning orto-, meta-, para- hosilalari paydo boʻladi. Ular qisqacha birinchi harfi bilan belgilanadi: orto — o, meta — m, para — p. Shuningdek, harflar oʻrniga sonlar orqali belgilash ham qabul qilingan.
Neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlar keng qo'llaniladi.
Xorij ma'lumotlariga ko'ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20%i fenol olishga, 10%i sintetik tola ishlab chiqarishga hamda qolgan 30%i -yuvish vositalari ishlab chiqarishga, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo'ladi.
Neftkimyoda (50-55%) toluol plastmassalar, portlovchi moddalar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti holida ishlatiladi.

BenzolToluol Orto-ksilol Meta-ksilol Para-ksilol
Ksilollarning asosiy massasi(35%i) erituvchi sifatida, yana shunchasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Orto-ksilol ftal angidridi ishlab chiqarishda qo'llaniladigan naftalin o'rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo'lmish tereftal kislotasi olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab izoftal kislotasi olinib, u esa plastifikatorlar ishlab chiqarish uchun kerak; izomerlab paraksilol oladilar; yuqori oktan sonli benzinlar uchun ham komponent hisoblanadi.
Uzoq vaqt aromatik uglevodorodlarni olishning asosiy manbasi koksokimyo sanoati bo'lgan, bunda It toshko'mirdan 10kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning gomologlarini toshko'mir smolasidagi miqdori foizning o'ndan bir bo'laklaricha bo'lsa-da, aromatik uglevo-dorod resurslaridan bo'lgan ushbu manbani mensimaslik mumkin emas, chunki ko'mirni kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling