Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Neft maxsulotlarini (moylarni) ishqor bilan tozalash


Download 1.34 Mb.
bet7/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

Neft maxsulotlarini (moylarni) ishqor bilan tozalash
Moyda sulfat kislotalar, sulfat kislotani qoldiqlari, neft kislotalari bо‘ladi.Bu mahsulotlar moy distillyatlaridan 3-10% NaOH eritmasi bilan neytrallanib chiqarib tashlanadi. Jarayonning harorati 45-50oS. Moydagi nordon (javhar) mahsulotlar tuzlar hosil qilib ishqor eritmasiga о‘tadi. Ishqoriy chiqindilardan tozalangandan sо‘ng moyni neft kislotalarni qoldiqlaridan tozalash uchun issiq par kondensati bilan yuviladi va havo bilan quritiladi. Ishqorni sarfi tozalanadigan moyni 0,2-1,5% (mass) ni tashkil qiladi. Bunda 2-5% mass moy yо‘qotiladi.
Yuqori yopishqoq distillyat va qoldiq moylar uchun ishqor bilan tozalash usulini qо‘llash mumkin emas, chunki barqaror emulyasiya hosil bо‘ladi. Nordon yopishqoq moylar oqartiruvchi tuproqlar bilan tozalanadi. Ishqor bilan tozalash jarayoni uzluksiz va uzlukli bо‘lishi mumkin.
Uzlukli jarayon ishqoriy aralashtirgichda olib boriladi. Kislotali aralashtirgichdan farqli ishqoriy aralashtirgichni ichki qismi korroziyaga qarshi himoyalangan bо‘lib, viniplast yoki diabaz plitalari bilan qoplangan, chunki moydagi kislotali muhit korroziyaga olib keladi.
Uzluksiz jarayon 0,6-1,0 MPabosimida olib boriladi. Uzluksiz jarayonni uzlukli jarayondan afzalligi 1) moy yaxshi tindiriladi, 2) moyni isrof bо‘lishi kamayadi.
Kislota ishqor usuli bilan moylarni tozalash jarayonini selektiv tozalash jarayoniga nisbatan о‘ziga xos kamchiliklari bor. H2 SO4 bilan tozalangan moyni (10-12 birlik) yopishqoqlik indeksi past, kislota effektivligi 40-50%. Nordon gudron kо‘pincha foydalanilmaydi.
Neft, asosan, ikki xil usul, ya’ni termik va katalitik usulda krekinglanadi.
Тermik kreking 450—550 °C temperaturada va 84—293 kPa bosim ostidaolibboriladi. Natijada yuqori molekular uglevodorodlar parchalanib, quyi molekular to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarni hosil qiladi. Bular esa, o‘z navbatida, benzin (C5 —C9) fraksiyasini beradi. Kreking jarayonida benzin fraksiyasidan tashqari, to‘yinmagan uglevodorodlardan tashkil topgan kreking gazi ham ajraladi. Kreking gazi (masalan, izopropilen) kimyo sanoati uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu gazdan sintez yo‘li bilan yuqori sifatli motor yonilg‘isi olinadi.
Odatda, neftning ham og‘ir, ham yengil fraksiyalari termik krekingga uchratiladi. Kreking jarayonida neftdan chiqadigan benzinning miqdori neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydab olinadigan benzinnikiga nisbatan qariyb ikki baravar ortiq bo‘ladi. Neft past bosimda (3— 5atm) va 550—600 °C da bug‘ fazasida ham krekinglanadi. Bunday usul „bug‘ fazali“ kreking deyiladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling