Neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi va vazifalari
Download 72 Kb.
|
lazizbek
Grafik modellashtirish neft va gaz konlarini fikran modellashtirishning boshqa turi. Neft va gaz konlari geologiyasida grafik modellar tuzish usuliga mufassal korrelyatsion sxema, mufassal geologik kesim (kesma), izochiziqlar va shartli belgilar bilan ifodalangan turli xaritalar, blok-diagrammalar, grafiklar va boshqa grafik hujjatlar taalluqli.
Korrelyatsion sxema quduqlar kesimini solishtirish, ularni mufassal izohlash, tog’ jinslarining yotish ketma-ketligini belgilash va har xil quduqlarda ma’lum bir qatlamni ajratish natijasi-(vositasi)dir. Korrelyatsion sxemalardan foydalanib mahsuldor qatlamning mufassal kesimi va kesmasini, aniq struktura xaritasini tuzish, qatlam qalinligini, litologik tarkibini, suv-neft, gaz-neft, gaz-suv tutash yuzalarining maydon bo’ylab o’zgarishini hamda konning ishlatish rejimini tahlil qilish bilan bog’liq boshqa masalalarni hal qilish mumkin. Geologik kesmalar mahsuldor yotqiziqlarning vertikal kesimi bo’lib, ulardan uyumlar strukturasining geologik tuzilishini, neft va gazning joylashish sharoitlarini ifodalashda foydalaniladi. Izochiziqlarda ifodalangan xaritalar neft-gazli jinslarning makonda joylashishini va shaklini tasvirlash imkonini beradi. Ularga struktura xaritalari, izopaxit xaritalari va b. kiradi. Izochiziqlar metodi matematik modellashtirishning xillaridan biridir. Xaritalar va ular uchun tuzilgan shartli belgilar uyum strukturasining ichki tuzilishini, turli litologik tarkibi va har xil kollektorlik xususiyatlari hamda mahsuldorligi bilan ajralib turadigan qatlamlarni, ya’ni turli darajadagi elementlarning nisbatini, o’lchamini, o’zaro joylashishini aniq ifodalash imkonini beradi. Bunday xaritalar yordamida konni ishlatish jarayonini kuzatish, quduqlarni suvlanish jarayonini turli vaqtlar uchun belgilash va xaritada tasvirlash mumkin. Ko’p hollarda neft va gaz uyumlarining geologik tuzilishini blok-diagramma deb nomlanuvchi hajmiy grafiklar yordamida ifodalash maqsadga muvofiqdir. Jarayonlarni modellashtirishning grafik metodlariga turli grafiklarni misol qilish mumkin. Masalan, haydash va chiqarish quduqlarining sonini, ularning texnologik tavsifini, neft, gaz va suvlarning joriy chiqarish va jamg’arishdan to’plangan miqdorini, qatlam bosimining vaqt o’tishi bilan o’zgarishini ko’rsatuvchi grafiklar va sh.k. Bunday grafiklar majmui konni ishlatishning asosiy hujjati hisoblanadi. Neft va gaz konlarining geologik tuzilishini, uyumni ishlatish sistemasini, qatlam ichida sodir bo’ladigan jarayonlarni va boshqalarni modellashtirish metodlari ularni nafaqat tavsiflash, balki bashoratlash imkonini ham beradi. Masalan, konni ishlatish jarayonini matematik tavsiflashda yer osti gidrogazomexanikasi fani tenglamalari yordamida quduqlar suvlanishining boshlanish muddatini; qatlam bosimining o’zgarish yo’sinini; gaz va neftni chiqarib olish yakuniy koeffisientlari qiymatini kollektorlar xususiyatlari va konni ishlatish sistemasining parametrlari bilan bog’liqligini hamda ishlanayotgan konlarga geologik tuzilishiga ko’ra o’xshash bo’lgan uyumlarning neft beraolishligini yakuniy koeffisienti miqdorini oldindan aniqlash va bashoratlash mumkin bo’ladi. Qayd qilingan va boshqa grafik hujjatlarning tuzish metodikasi ushbu qo’llanmaning tegishli boblarida keltiriladi. Neft va gaz uyumlarining matematik modellashtirish masalalari maxsus o’quv qo’llanmalarida keng yoritilgan. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling