Neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi va vazifalari


FANNING MA’LUMOT OLISH VOSITALARI


Download 72 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1486224
1   2   3   4   5
Bog'liq
lazizbek

2.3. FANNING MA’LUMOT OLISH VOSITALARI
Neft va gaz konlari geologiyasi amaliyotidagi vositalarga burg’ qudug’i, turli uskunalar, asboblar va laboratoriya jihozlari kiradi. Ma’lumot olish vositalariga kern olishda ishatiladigan kolonkali dolotalar, quduq devoridan parmalab va teshib namuna oladigan namunaolgichlar, qatlam namunaolgichlari, qatlam sinash uskunalari, turli geofizik zondlar, inklinometrlar, chuqurlik manometrlari, debitomerlar va rasxodomerlar (sarfo’lchagichlar), tog’ jinslarining geologik-fizik va flyuidlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan laboratoriya jihozlari mansub.
Qiyosiy ma’lumotlar olish vositasi sifatida laboratoriya sharoitida qatlamlarning va unda kechadigan jarayonlarning moddiy modeli yaratiladi. Masalan, qatlam ichida neftni yoqish metodini o’rganish va amaliyotda qo’llash maqsadida qum bilan to’ldirilgan, neft bilan to’yintirilgan metall quvur ko’rinishidagi qatlam modelidan foydalaniladi. Uning yordamida qatlam ichida sodir bo’layotgan jarayonlarning parametrlarini o’lchash va boshqarish, uning turg’unlik sharoitini aniqlash, yakuniy natijalarni belgilash va provardida laboratoriya eksperimentini kon sharoitiga ko’chirish mumkin bo’ladi.
Moddiy modelning ikkinchi turi natural (haqiqiy) model hisoblanadi. Bunday model kam o’rganilgan ob’ektlarni tadqiq qilishda ishlatilib, unda asosan o’xshashlik metodidan foydalaniladi, ya’ni yaxshi o’rganilgan tabiiy ob’ektlar, jarayonlar yoki hodisalardan olingan birlamchi ma’lumotlar kam o’rganilgan geologik jihatdan o’xshash ob’ektlarga qo’llaniladi.
Natural modellashtirish amaliyotda keng qo’llaniladi, masalan, qatlamning neft beraolishligini oshiruvchi yangi metodlarni qo’llashda va b. U yoki bu metodni sanoat miqyosida qo’llashdan avval uni kichik tajriba uchastkasida sinab ko’rilib, samaradorligi tekshiriladi va uni qo’llash texnologiyasi ishlab chiqiladi. Tajriba uchastkasini tanlashda undagi qatlamning kon-geologik tavsifi kondagi qatlamnikiga o’xshash yoki mos kelishi lozim. Bunday hollarda uchastkadagi neft-gazli qatlamning bir qismi kon-geologik nuqtai nazardan o’xshash bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish eksperimenti  neft va gaz uyumini ishlatish jarayonida o’tkaziladigan eksperiment bo’lib, neft yoki gazni chiqarib olishning aniq masalalari va o’xshashlik nazariyasi talablariga javob beradigan tajribadir. Ishlab chiqarish eksperimentini bajarish jarayonida foydalanilayotgan ob’ekt zaruriy ma’lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Kon va uyumlarni ishlatish davrida quduqlarda olib boriladigan kuzatuvlar uyum strukturasi va unda sodir bo’ladigan jarayonlar to’g’risida ko’pdan-ko’p ma’lumotlar olish imkonini beradi. Aynan, konni ishlatish jarayonida geologik-texnik majmuaning geologik komponentlari yaqqol namoyonlanadi, natijada konni ishlatish sistemasining samaradorligini hamda geologik va kichik sistemalar strukturalarining moslik darajasini baholash imkonini beradigan ma’lumotlar to’planadi.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling