Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy
Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi
Download 212.38 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA №6
6.2. Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi.
Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi deb, uskunalarni ekspluatasiyaga doimiy tayyor holda ushlashga va halokatlardan ogohlantiruvchi holatlarga qaratilgan uskunalarni ta’mirlash, nazorat qilish va ularni kuzatish bо‘yicha vaqti-vaqti bilan qat’iy loyihalashtirilgan tadbirlar majmuasiga aytiladi. Bu tizim tegishli ishlab chiqarish normativ hujjatlarida kо‘rsatilgan uskunalar ekspluatasiyasining sifat kо‘rsatkichlarini ta’minlashi kerak. Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi faqatgina texnologik emas, balki yordamchi uskuna, bino va inshootlar, quvur va boshqa kommunikasiyalar, shuningdek, korxona transport vositalariga ham tarqaladi. Boshqacha qilib aytganda, LOT tizimi ishlab chiqarish korxonalarini barcha asosiy fondlarini (vositalarini) qamrab oladi. Barcha kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida ta’mirlash xizmatlari uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi va moliyaviy- ogohlantiruvchi ta’mirlash haqidagi tegishli vazirliklarda tasdiqlangan yо‘riqnomalar orqali boshqariladi. Bu hujjatlar bilan bir qatorda korxonalarda boshqa, tegishli muassasalarda tasdiqlangan LOT haqidagi yо‘riqnomalardan ham foydalaniladi, masalan, yordamchi uskunalarning ventilyasion jihozlari (metall qirquvchi dastgohlar, presslar va h.), ishlab chiqarish, uy-joy va umumiy binolar va inshootlar, kо‘tarma-transport uskunalari, suv quvurlari, kanalizasiya qurilmalari va boshqalar. LOT tadbirlari profilaktik xarakterga ega bо‘lib, avvaldan tasdiqlangan normativlar asosida yoki ekspluatasiyaning texnik shartlariga asoslangan loyiha bо‘yicha bajariladi. Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tizimlari va uskunalarni ta’mirlash quyidagilarni nazarda tutadi: uskunalarning tо‘liq xizmat qilish muddati davomida о‘tkazilishi kerak bо‘lgan profilaktik tadbirlarning tarkibi va yо‘nalishi; ta’mirlash ishlarining mazmuni, yо‘nalishi va davriyligi; о‘tkazilayotgan ta’mirlash ishlarini meyoriyligi. Download 212.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling