Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy
Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi
Download 212.38 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA №6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi. Ta’mirlashning 2 kо‘rinishi bor: joriy va
kapital. Ular yо‘nalishiga kо‘ra, tarkibiga va hajmiga binoan, shuningdek, takrorlash chastotasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. Joriy ta’mirlash deganda, kutilayotgan rejaviy ta’mirlashga belgilangan ishchi parametrlar chegarasida uskunalarni normal ekspluatasiya qilishni ta’minlash maqsadida ta’mirlash yoki buzilgan detalni almashtirish bо‘yicha olib boriladigan rejalashtirilgan ishlar majmuasi tushuniladi. Joriy ta’mirlash ishlarining muddati va ketma-ketligi tasdiqlangan jadvalga qarab belgilanadi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash ishlarini olib borish uchun tо‘xtatib qо‘yish kerak (odatda bu texnologik mashinani birgalikda tо‘xtatish, masalan, uskuna yoki sexni). Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uskunalarni ishlamaydigan smenada ta’mirlanadi, zahiradagi bilan almashtiriladi, yoki о‘rnini almashtirish vaqtida ta’mirlanadi. Joriy ta’mirlash kichik hajmga ega. Joriy ta’mirlash vaqtida uskunalarning faqat ba’zi bir detallarigina ajratib olinadi. Diqqat bilan kо‘rik о‘tkazilganda uskunalar holati aniqlanadi va kichik ta’mirlash ishlari о‘tkazish yо‘li bilan uning ishga yaroqliligi qayta tiklanadi, bundan tashqari yedirilish jadalligi va xarakteri baholanadi, bu esa kapital ta’mirlashni hajmi va vaqtini tо‘g‘ri belgilash uchun juda muhimdir. Kapital ta’mirlash – hajmi bо‘yicha katta rejalashtirilgan ta’mirlash bо‘lib, unda uskunalarni detallari holatini aniqlash maqsadida hajmi bо‘yicha bо‘laklarga bо‘linadi (shu bilan birgalikda butunlay qismlarga ham bо‘linadi) va ishga yaroqsiz bо‘lib qolgan barcha qismlari almashtiriladi. Kapital ta’mirlash natijasida uskunalar boshlang‘ich texnik xarakteristikalarigacha qayta tiklanishi kerak. Bu ta’mirlash boshqalaridan ta’mirlash muddatining uzunligiga va qaytarilish chastotasining kichikligi bilan farq qiladi. Uskunalarni kapital ta’mirlash vaqtida, agar ularni qayta tiklash mumkin bо‘lmay qolgan bо‘lsa, yoki katta sarf xarajatlarni qoplay olmaydigan bо‘lsa yoki uskunalar ma’naviy eskirgan va uskuna ekspluatasiyasining yangi yuqori parametrlarini ta’minlash holatida bо‘lmasa, ularni butunlay almashtirish mumkin. Kapital ta’mirlash vaqtida, odatda uskunalarni ba’zi bir qismlarini almashtirish yо‘li bilan modernizasiya qilinadi. Modernizasiya ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarining oshishiga yordam beradi, shuning uchun uni har qanday yо‘l bilan keng ommalashtirish kerak. Ba’zi bir korxonalar uchun о‘rtacha ta’mirlash toifasini kiritish maqsadga muvofiq bо‘lishi mumkin. О‘rtacha ta’mirlash о‘tkaziladigan ishlar hajmi, davomiyligi va takrorlanishi bо‘yicha joriy va kapital ta’mirlashlar orasidagi joyni egallaydi. Joriy ta’mirlash hajmini salgina oshirishda ikki kapital ta’mirlashlar orasidagi jihozlar xizmat muddatini chо‘zish mumkin, ya’ni ta’mirlashning har qanday kо‘rinishlariga sarflanadigan kuch va vositalarini iqtisod qilishning eng qulay sharoitlari ta’minlanadi. Shu maqsadda «Kimyo sanoati korxonalari uskunalarining ta’miri va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi»da ba’zi bir konstruksiyasi murakkab bо‘lgan uskunalar uchun normativda joriy ta’mirlashni katta hajmda о‘tkazish yoki bо‘lmasa, kichik hajmdagi qо‘shimcha kapital ta’mirlashni qо‘shish imkoni kо‘rib chiqiladi. Nazorat savollari: 1. Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar? 2. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi? 3. Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi usulida qо‘llanilishini izohlang? 4. Kapital ta’mirlash usulida izohlang? Download 212.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling