Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy
Download 212.38 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA №6
Profilaktik tadbirlar. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi, ikki ta’mirlash
orasidagi vaqtda uskunalarning jadal sur’atlar bilan yemirilishini oldini olish va ularni tо‘g‘ri ishlashni ta’minlashdan iboratdir. Tadbirlar ta’mirlashlararo xizmat kо‘rsatish, bu xizmatlarning takomillashgan usullari va shakllarini ishlab chiqish, ta’mirlash vaqtida yuzaga keladigan konstruksiyalarni va texnologik jarayonlarni modernizasiyalash, zarur bо‘lgan texnik hujjatlarni olib borish (ba’zida ishlab chiqish) va h. Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalaridagi uskunalarga texnik (ta’mirlashlararo) xizmat kо‘rsatish (profilaktik kо‘rik, texnik ekspluatasiya qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish, ta’mirlash) barcha uskunalarni majburiy pasportlashtirilishini nazarda tutadi. Bir xil turdagi uskunalarning guruhlari uchun bitta pasport formulyar bо‘lishi mumkin, lekin, u holda ularning har bittasi uchun alohida varaq bо‘lishi shart. Uskunalarning pasportlari GOST talablari asosida tuzilgan bо‘lishi kerak. Qoida bо‘yicha ular uskunalarni yetkazib beruvchi zavodlarda tuziladi. Takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan barcha konstruktiv о‘zgarishlar uning pasportiga yozib qо‘yiladi. Har bir ishlab chiqarish uchastkasida qabul qilingan, texnologik rejimga qat’iy tо‘g‘ri keladigan pasport (formulyar)ga asosan uskunalarga texnik xizmat kо‘rsatish bо‘yicha va ekspluatasiya bо‘yicha yо‘riqnomalar tuziladi. Uning mazmuni GOST 2601-68 bо‘yicha aniqlanadi. Texnik xizmat kо‘rsatish bо‘yicha yо‘riqnomalar (ishlab chiqarish yо‘riqnomalari) uskunalarning qarovi va ularga xizmat kо‘rsatish, shuningdek, ta’mirlashga tayyorlash bо‘yicha, ta’mirlashdan keyingi qabul qilish va ishga tushirish bо‘yicha о‘tkaziladigan barcha tadbirlar mazmuni va tartibi yozilgan tо‘liq yozma izohini о‘z ichiga oladi. Ekspluatasiya bо‘yicha yо‘riqnomalar (texnologk xaritalar) uskunalar ekspluatasiyasi texnologik parametrlarining ruxsat etilgan chegaralari (bosim, temperatura, suyuqlik sathi, ishlab chiqarish, yuklama va h.)ni belgilaydi. Texnik xizmat kо‘rsatish ekspluatasion (operator, apparatchi, mashinist) va xizmat kо‘rsatuvchi (master yordamchisi, navbatchi slesar) xodimlar orqali amalga oshiriladi. Ular maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan, yо‘riqnoma olgan va uskunalarni ishlatishda barcha ekspluatasiya shartlariga rioya qilishlari va javobgarlikni zimmalariga olishlari kerak. Xizmat kо‘rsatish xodimlari vaqti-vaqti bilan attestasiya qilinadi, sо‘ngra hujjat asosida rasmiylashtiriladi. Texnik xizmat kо‘rsatish о‘z ichiga: texnologik xaritalarni va ishlab chiqarish y yо‘riqnomalarini kо‘z bilan va nazorat-о‘lchov asboblari kо‘rsatkichlari bо‘yicha barcha shartlarga amal qilish; moylash va sovitish tizimlarini (ba’zi hollarda isitish tizimlarini ham) puxta holatda saqlash; mayda ta’mirlashlar (salniklarni tortish, kichik о‘lchamdagi armaturalarni almashtirish, mas’uliyati kichik joylardagi nozichliklarni bartaraf qilish va h.). Agar aniqlangan ishdan chiqqan joylarni ishga tushirish qiyinchilik tug‘dirsa va buning natijasida avariya holati yuzaga kelsa, xizmat kо‘rsatish bо‘yicha boshliq uchastka ekspluatasiya xizmati rahbarini bu haqida xabardor qiladi va ishdan chiqqan uskunani avval zahirada bо‘lgan shunday uskunani ishga tushirgandan sо‘ng (agar shunday uskuna bor bо‘lsa) tо‘xtatadi, bunda tizimda halokat bо‘lmasligini ta’minlovchi barcha shartlarga amal qilinadi. Kuzatish natijalari va о‘tkazilgan ta’mirlash ishlari tarkibini xizmatchi xodimlar ish smenasi jurnaliga yozib qо‘yadi, qaysiki bu jurnalga uskunaning hozirgi amaldagi holati va ish smenasi topshirilayotgandagi omillar ham rasmiylashtiriladi. Ushbu jurnaldagi yozuvlarga va joydagi tekshiruvlar, hamda kuzatuvlar natijalariga binoan ta’mirlash xizmati normal ekspluatasiya sharoitini ta’minlovchi kerakli chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur. Download 212.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling