Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Burg’ilash qorishmasini ko’rsatkichlarini aniqlovchi asboblar


Download 1.7 Mb.
bet14/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Burg’ilash qorishmasini ko’rsatkichlarini aniqlovchi asboblar

1. Burg’ilash qorishmasi to’g’risida umumiy tushuncha.


2. Burg’ilash qorishmasining asosiy vazifasi.
3. Burg’ilash qorishmasi turlari.

e) Gilli eritmalarning suv beruvchanligi


Gilli eritmalarning suv beruvchanligi – bu gilli eritmalarning g‘ovak tog‘ jinslariga ozod suvlarni berish qobiliyati. Buning natijasida quduq devorlari gillanadi. Gilli eritmalarning yuqori darajada suv beruvchanligi gillanish sifatini pasaytiradi va quduq devorlarining mustahkamligini kamaytiradi. Shuning uchun, kam suv beruvchan gilli eritmalarni olishda yuqori sifatli gillar va yumshoq suvlar qo‘llaniladi.





7.4 - rasm. Burg‘ilash eritmasining suv ajratishini aniqlash uchun VM-6 asbobi:


1 - filtr uchun idish; 2 - kronshteyn (tayanch);
3 - murvat; 4 - klapan; 5 – taglik; 6 - panjara;
7 – sizish stakani; 8 – igna (nina); 9 - silindr;
10 – yukli shkala; 11 – plunjer.

Burg‘ilash jarayonida yer osti suvlarining qo‘shilishi, hamda tog‘ jinslardan o‘tadigan tuzlarning ta’siri hisobiga eritmalarning suv beruvchanligi oshishi mumkin. Burg‘ilash jarayonida eritma suv beruvchanligining pasayishi kam sodir bo‘ladi. Suv beruvchanlikning ko‘rsatkichlari 30 daqiqa vaqt ichida sizilgan (filtrlangan) suvning miqdori bilan o‘lchanadi. Sizgich (filtr) qog‘ozning ko‘ndalang kesimi 75 mm va bosimi 0,1 MPa teng bo‘lib, “V” harfi bilan belgilanadi. Uning birligi sm3/30 min. Gilli eritmaning suv beruvchanlik miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan asbob-VM-6 asosan to‘rtta qismdan tashkil topgan: sizgich (filtrlash) stakani, bosim silindri, yukli plunjer va taglik. Sizgich (filtrlash) stakani bilan uning poddoni oralig‘i kertik bilan ulanadi va teshikli disk bilan qisiladi. Shunday qilib ishga taYorlangan sizgich stakani taglikga o‘rnatiladi va unga 120 m3 gilli eritma quyiladi. Stakanga bosim silindri burab kirgiziladi va eritma yuzasi mashina moyi bilan to‘ldiriladi. Keyin moy orqali gilli eritmada sodir bo‘lgan bosim (1kgk/sm2) ta’sirida silindrga plunjer kirgiziladi. Undan keyin maxsus igna yordamida silindrning pastki qismidan teshikchalar ochiladi va ular orqali moyning bir qismi halqasimon sig‘imga tushiriladi. Keyin vint bilan to‘sqich (klapan) ochiladi va uning ochilgan vaqti qayd qilinadi. Plunjer yordamida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida gilli eritmalardan ajragan ozod suvlar sizgichlar (filtrlash) qog‘ozi orqali poddonga o‘tadi. Bunda gilli eritmaning suv beruvchanlik miqdori 30 min dan keyin silindr shkala belgisi orqali hisobga olinadi.


Agar, burg‘ilash jarayoni normal sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 daqiqada 20-25 sm2 dan oshmasligi kerak.
Agar, burg‘ilash jarayoni murakkablashgan sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 daqiqada 5-6 sm3 ga pasayishi mumkin.
Gilli eritmalarning suv beruvchanlik darajasini aniqlab bo‘lgandan keyin, VM-6 asbobi saralanadi, stakandan sizgich filtralash qog‘ozi chiqariladi va darajalangan o‘lchagich yordamida ularda hosil bo‘lgan gil eritmasi pardasi (korka)ning qalinligi aniqlanadi.





7.5 - rasm. Burg‘ilash eritmasi pardasi (korka)ning qalinligini aniqlash uchun Vika asbobi:
1 - sterjen;
2 - murvat;
3 – ko‘rsatkich;
4 - shkala;
5 - vtulka;
6 - ilgak;
7 - uchlik;
8 - plita;
9 – stamina.



Pardaning (korka) miqdori gilli eritmaning suv beruvchanligiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi. Odatda, pardaning normal qalinligi 2-3 mm ni tashkil qiladi.


Yuqorida qayd etilgan gilli eritmalarning xossalarini aniqlash eritmalarni tayyorlash va burg‘ilash jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu usul yordamida hamma yuvish suyuqliklarining xossalarini aniqlash mumkin. Burg‘ilash jarayonida o‘zgargan gilli eritmalarning sifat parametrlarini tiklash uchun maxsus tadbirlar ko‘riladi.
Agar burg‘ilash ishlari normal sharoitlarda bajarilsa, gilli eritmalarning sifat parametrlari (zichlik, qovushqoqlik, qum miqdori) bir smenada ikki marta, ularning barqarorligi va suv beruvchanligi bir kecha-kunduzda bir marta aniqlanadi. Murakkab sharoitlarda esa o‘lchash chastotasi ancha ko‘paytiriladi.
f) Gilli pardaning qalinligi, zichligi va yopishqoqligi
Odatda, sizgichda qolgan parda (korka)larninng qalinligi har xil va bu qalinliklar suv beruvchanlikga proportsional bo‘ladi. Qanchalik suv beruvchanlik yuqori bo‘lsa, Shunchaklik pardalar qalinlashadi. Gilli eritma pardasi 800 da 400 ga nisbatan tog‘ jinslari bilan yomon bog‘lanadi. Odatda yuqori haroratda pardaning qalinligi ko‘payadi.
Parda qalinligi quyidagilarga bog‘liq:
1) gillarning dastlabki sifatiga;
2) gilli eritmalarning holatiga va ulardagi qattiq moddalarning miqdoriga;
3) kimyoviy reagentlar va og‘irlashtirgichlarning tarkibiga va to‘planishiga (kontsentratsiyasiga);
4) parda tarkibidagi suvlarning miqdoriga;
5) bosimning pasayish miqdoriga.
Burg‘ilash jarayonida, ayniqsa burg‘ini ko‘tarishda pardaning qalinligi katta ahamiyatga ega.
Yuqori darajada disperslangan gilli eritmalarda zich va yupqa pardalar hosil bo‘ladi. Lekin og‘ir faza to‘planishning (kontsentratsiyasi) oshishi bilan pardaning qalinligi va zichligi ko‘payadi.
Burg‘ilash jarayonida gilli eritmalar pardasi qalinligi va zichligi bilan bir qatorda, pardaning yopishqoqligi ham katta o‘rin tutadi. Chunki gilli eritma parda (korka) larning yopishqoqligi burg‘ilash quvurlar birikmasining tutilib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Gilli pardalarni ikki toifaga bo‘lish mumkin:
a) qisilmaydigan;
b) qisiladigan.
Qisilmaydigan pardalarni hosil qiluvchi eritmalarda suv beruvchanlik bosimga bog‘liq bo‘lmaydi. bunday eritmalarning suv beruvchanlik miqdori faqat bosimning pasayishga bog‘liq.
Qisiladigan parda hosil qiluvchi eritmalarda suv beruvchanlik miqdori bosimga bog‘liq bo‘ladi. Lekin pardalarning suv beruvchanlik miqdori bosim oshishi bilan kamayadi.
e) Gilli eritmalar siljishining statik kuchlanishi
Gilli eritma siljishining statik kuchlanishi – bu gilli eritmalarning zich holatini o‘zgartirishga ta’sir qiladigan kuch.
Bu parametrga gilli eritmada hosil bo‘ladigan va vaqt o‘tishi bilan oshib boradigan strukturalarning mustahkamligi kiradi. Odatda ular ikki marta o‘lchanadi:

  1. 1 daqiqa aralashtirgandan keyin;

  2. 10 daqiqa aralashtirilgandan keyin;

Siljishning statik kuchlanishi SNS-2 asbobi yordamida o‘lchanadi. Normal sharoitlarda burg‘ilash ishlarini amalga oshirishda siljishning statik kuchlanish chegarasi 220 mg/sm2 doirasida ushlab turiladi.




7.6 - rasm. Burg‘ilash eritmasining siljishining statik kuchlanishini aniqlash uchun SNS-2 asbobi:
1 – po‘lat sim;
2 - ko‘rsatkich;
3 - silindr;
4 – tirgak (ustuncha);
5 – aylanuvchi stolcha;
6 – reduktorli elektr dvigateli;
7 - stakan;
8 - po‘lat simni himoya qilish uchun trubka;
9 – kalibrlangan disk.

Gilli eritmalarning g‘ovakli tog‘ jinslariga yutilishi havfi bo‘lgan vaqtlarda siljishining yuqori statik kuchlanishiga ega bo‘lgan (200 mg/sm2) eritmalari qo‘llaniladi.


j) Gilli eritmalarning barqarorligi
Gilli eritmalarning barqarorligi kolloid sistemasining turg‘inligi bilan xarakterlanadi. Bunda qattiq fazolarning hamma zarrachalari muallaq holatda saqlanadi. Gilli eritmalar har xil barqarorlikga ega. Plastik gillar va bentonitlar eng barqaror va yuqori tiksotropik eritmalarni beradi. Undan tashqari yopishqoq beqaror va suyuq eritmalar mavjud. Gilli eritmalarning barqarorligini tez aralashtirish Yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Chunki bunday jarayon natijasida qattiq zarrachalar maydalanadi. Odatda, qum, tuz, so‘ngan oxak, barit, gematit barqarorlikni kamaytiradi. Har xil ishqorli reagentlar qo‘shib gilli eritmalarning barqarorligini oshirish va kamaytirish mumkin. Gilli eritmalarning barqarorligi ikki usulda aniqlanadi.
a) ma’lum vaqt ichida (24 soat) sig‘imi 100 m3 bo‘lgan silindrdagi gilli eritmadan suvning ajralishi bilan;
b) sig‘imi 500 m3 bo‘lgan maxsus silindrning yuqori va pastki yarmigacha qo‘yilgan gilli eritmaning solishtirma og‘irligi farqi bilan.
Odatda, bu farq 0,02 dan oshmasa, turg‘un eritma hisoblanadi. Og‘irlashtirilgan eritmalarda esa bu farq 0,06 dan oshmaydi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling