Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Vodorod ionlarining ko‘rsatkichi pH
Download 1.7 Mb.
|
Xaliqulov tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir kecha-kunduzdagi cho‘kmalar
- Gipsli eritmalar
Vodorod ionlarining ko‘rsatkichi pH
Vodorod ionlarining to‘planishi (kontsentratsiyasi) gilli eritmalarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarning xarakterini va jadalligini ifodalaovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. pH ko‘rsatkichi toza suv uchun 7 ga teng. Agar pH>7 bo‘lsa muhit ishqorli, pH<7 bo‘lganda esa kislotali xarakterga ega bo‘ladi. Shuningdek vodorod ko‘rsatkichlari orqali burg‘ilash qudug‘idagi gilli eritmalarning holati aniqlanadi. Bu esa ularni kimyoviy jihatdan samarali qayta ishlashga imkon beradi. Yuvish eritmalardagi pH ning o‘zgarishiga qarab minerallashgan suvlarning quduqga oqib kirganligini, ximogen tog‘ jinslarining ochilganligini hamda har xil asoratlarning hosil bo‘lganligini tahmin qilish mumkin. Gilli eritmalarni talab qilingan sifatda olish va burg‘ilash jarayonida eritmalarning dastlabki xossalarini bir me’yorda saqlab turish uchun eritmalarga kimyoviy reagentlar qo‘shib qayta ishlanadi. Bir kecha-kunduzdagi cho‘kmalar Bir kecha-kunduzdagi cho‘kmalar burg‘ilash eritmasining kolloidlilik xosasini xarakterlaydi. Uni aniqlash uchun aralashtirilgan eritmani sig‘imi 100 m3 bo‘lgan darajalangan silindrik idishga qo‘yib bir-kecha kunduz tinchlikda saqlanadi. Yuqori sifatli eritmalar uchun bir kecha kunduzdagi cho‘kishning miqdori nolga teng bo‘ladi.
Gipsli eritmalar Ingibator moddasi qo‘shilgan eritmalardan biri (gipsli, ya’ni CaSO4 tuzi qo‘shilgan eritma). Gipsli burg‘ilash eritmalari o‘zining haroratga chidamliligi, ya’ni termik barqarorligi va haroratga nisbatan chidamliligi bilan boshqa ingibatorli eritmalardan farq qiladi. Gipsli eritmalar harorat darajasi 160-180 0C bo‘lgan sharoitlarda chidamli bo‘ladi. Gipsli eritmalarni qizdirganda ularning sizilish (filtrlanish) xossalari kam o‘zgaradi, biroz qovushqoqligi ortib, quyuqlanishi mumkin. Bunday hollar yuz berganda, eritmaga xromatli tuzlar qo‘shib, uning qovushqoqligini talab darajasigacha oshiriladi. Gipsli burg‘ilash eritmalarining ingibirlanishini oshirish uchun eritmadagi kaltsiy miqdoriga qo‘shimcha miqdorda gips Yoki alebastr qo‘shib, kaltsiy miqdori 300 mg/ ga yetkaziladi. Eritmaning qovushqoqligini, suv ajratish xossalarini nazorat qilib borish uchun, unga xrom ligno-sulfanat tuzi va karboksimetiltsellyuloza kabi kimyoviy reagentlar qo‘shiladi. 7> Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling