Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Sharoshkali burg‘ilarning shartli belgilari (shifrlari) va ularning izohi
Download 1.7 Mb.
|
Xaliqulov tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burg’ilash quvurlarini vazifalari,turlari konstruksiyasi
Sharoshkali burg‘ilarning shartli belgilari (shifrlari) va ularning izohi
Sharoshkali burg‘ilar ko‘p mamlakatlarda va shu jumladan, Rossiyada ham ishlab chiqariladi. Sharoshkali burg‘ilar ishlab chiqa-rayotgan Rossiya zavodlari – OAO «Volgaburmash», OAO «Uralburmash», OAO «Sarapulskiy mashinostroitelnыy zavod», OAO «Drogobыchiskiy dolotnыy zavod», VNIIBTning eksperimental zavodi. Qabul qilingan shifrlar quyidagicha izohlanadi: I, II, III – Sharoshka soni. Ba’zi zavodlar (OAO «Volgaburmash») bu raqamni ko‘rsatmaydi. So‘ngra arab raqamida burg‘i diametri ko‘rsatiladi (misol, 215,9). Bundan keyin harflar bilan burg‘i qanday qattiqlikga ega tog‘-jinslariga mos ekanligi ko‘rsatiladi: M, MZ, MS, MSZ, S, SZ, ST, TZ, TK, TKZ, K, OK. Harflar tog‘ jinslarning qattiq yoki yumshoqlik xossalarini ko‘rsatadi: M – yumshoq, S - o‘rtacha yumshoq, T – qattiq, K – mustahkam, OK - juda mustahkam, Z - harfi esa tog‘-jinsini abrazivligini, ya’ni yemiruvchanligini ko‘rsatadi. Burg‘idagi yuvish tartibi ham harflar bilan ifodalanadi: S – suyuqlik burg‘i markazidagi bir teshikdan yuboriladi; G – suyuqlik sharoshkalar orasiga yo‘naltirilgan uch teshikdan gidromonitor usulida yuboriladi; P – quduq tubini tozalash uchun suyuqlik o‘rniga havo ishlatilsa; V – sharoshka podshipnigi g‘altakli yoki sharikli bo‘lib, berkitilmagan; N – sharoshka podshipniklaridan biri sirg‘anuvchi turi bo‘lib, berkitilmagan; A – sharoshka podshipniklarining hammasi sirg‘anuvchi turi bo‘lib, berkitilmagan; U – sharoshka podshipniklari salniklar bilan berkitilgan. Sharoshkali burg‘ining yuvish tartibi 4.3-rasmda tasvirlangan. 4.3-rasm. Sharoshkali burg‘ining yuvish tartibi. Burg’ilash quvurlarini vazifalari,turlari konstruksiyasi 1. Burg’ilash quvurlari. 2. Yetakchi quvurlar. 3. Bog’lovchi quvurlar. Burg‘ilash quvurlari birikmasi burg‘ini (quduq tubi dvigateli va burg‘i) yer usti asbobi (vertlyug) bilan birlashtirishga mo‘ljallangan. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: rotordan burg‘iga aylanma harakat uzatish (rotorli burg‘ilashda); quduq tubi dvigatelidan reaktiv momentni qabul qilish; Burg‘ilash eritmalarini turboburga (turbinali burg‘ilashda), burg‘i va quduq tubiga uzatish (hamma burg‘ilash usullarida); burg‘i va gidravlik dvigatelga quvvat uzatish; tok simlarini ayrim qismlarini yig‘ish (elektrburli burg‘ilashda); burg‘iga o‘q yukini tashkil qilish; burg‘i, turbobur va elektrburlarni tushirish va ko‘tarish; qo‘shimcha ishlarni bajarish (quduq tanasini kengaytirish, quduqlarni yuvish, tutish ishlari, quduq chuqurligini tekshirish). Ular bir-biri bilan burab ulangan yetakchi quvur 4, burg‘ilash quvuri 8, og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri 12 va 13, burg‘ilash o‘tkazgichi, qiyshaytirgich, markazlashtirgich va protektorlardan tarkib topgan. Burg‘ilash quvurlar birikmasining yuqori qismini tashkil qilgan yetakchi quvuri yetakchi quvurning yuqorgi o‘tkazgichi 3 va vertlyug o‘tkazgichi 2 yordamida vertlyugga 1 ulanadi. Yetakchi quvuri – yetakchi quvurning pastki o‘tkazgichi 5, saqlagich o‘tkazgichi 6 va burg‘ilash qulf muftasi 7 yordamida birinchi burg‘ilash quvuriga 8 burab mustahkamlanadi. Burg‘ilash quvurlar 8 bir-biri bilan qulflar yordamida mustahkamlanadi. Ular burg‘ilash muftasidan 7, uning nippelidan 9 yoki ulovchi muftadan 10 tashkil topgan. Og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri 12 va 13 bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri burab ulanadi. Yuqorigi og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri burg‘ilash quvuriga o‘tkazgich 11 yordamida, pastkisi esa o‘tkazgich 14 orqali burg‘iga (rotorli burg‘ilashda) yoki burg‘ili quduq tubi dvigateliga burab ulangan. Burg‘ilash quvurlar birikmasi asosan ikki turli bo‘ladi. a) burg‘ilash quvurlarining ikki boshiga yirik rezbali bog‘lovchilarni bog‘lash uchun mayda 8 tolali rezba chiqarilgan; b) burg‘ilash quvurlarning ikki boshiga yirik rezbali 4 tolali bog‘lovchilar payvandlangan. 5.1-jadvalda shunday quvurlarning texnik xarakteristikasi keltirilgan. Rotorli va quduq tubi dvigatelli bilan burg‘ilashda burg‘ilash quvurlar birikmasining ishlash sharoitlari har xil. Rotorli burg‘ilashda rotordan burg‘iga aylanma harakat uzatishda va burg‘iga yuk berishda burg‘ilsh quvurlar birikmasi ayrim kuchlar ta’siriga duch keladi. Agar burg‘ilash quvurlar birikmasi quduq tubiga yetmasa va aylanmasa, unda u faqat cho‘zilish kuchlanishiga duch keladi. Bu cho‘zilish kuchlanishi vertlyugda maksimal darajaga yetadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlar birikmasining yuqori qismi cho‘zilgan, quduq tubiga tiralgan pastki qismi esa siqilgan bo‘ladi. Shunday qilib, burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlar birikmasi cho‘ziluvchi va siqiluvchi kuchlarga ega bo‘ladi. 5.1 - rasm. Burg‘ilash quvurlari birikmasi: 1 - vertlyug stvoli; 2 - chap rezba; 3 - vertlyug o‘tkazgichi; 4 - qulfning chap rezbasi; 5 - shtanganing yuqori o‘tkazgichi; 6 - etakchi quvur; 7 - o‘ng rezba; 8 - shtanganing quyi o‘tkazgichi;9 - qulfning o‘ng rezbasi; 10 - saqlovchi o‘tkazgich; 11 - qulf rezbasi; 12 - qulfli mufta; 13 - sakkiz chiziqli rezba; 14 - burg‘ilash quvuri; 15 - biriktiruvchi mufta; 6 - burg‘ilash qulfi nippeli; 17 - saqlovchi xalqa; 18 - og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri (OBQ); 19 - ikki muftali o‘tkazgich; 20 - markazlashtirgich; 21 - o‘tkazgich; 22 - burg‘ining ustidagi og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri; 23 - burg‘i. 5.1- jadval Payvandlab bog‘langan quvurlar o‘lchami (mm)
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling