Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Tog’ jinslari haqida asosiy tushunchalar


Download 1.7 Mb.
bet8/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Tog’ jinslari haqida asosiy tushunchalar
1. Tog’ jinslarining zichligi.
2. Tog’ jinslarining solishtirma og’irligi.
3. Tog’ jinslarining g’ovakliligi.

Burg‘ilash quduq tubidagi yemirilgan tog‘ jinslar hajmli, xorigan va yuzali bo‘lishi mumkin.


a) Hajmli yemirilish – jins yemiruvchi asbob tagida tog‘ jinsi qattiqligidan yuqoriroq kuchlanish sodir bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Bunda jins yemiruvchi asbobning keskichi tog‘ jinsining ma’lum chuqurligigacha samarali botadi va katta hajmdagi zarrachalarni ajratib, uni yemiradi. Tog‘ jinslarining bunday yemirilishi quduq burg‘ilashda eng qulay usul hisoblanadi.
b) Yuzali yemirilish – jins yemiruvchi asbob keskichi tagida harakatdagi kuchlanish tog‘ jinsining qattiqligiga teng Yoki undan kamroq bo‘lganda sodir bo‘ladi. Bu holda jins yemiruvchi asbob keskichi quduq tubi bo‘yicha ko‘chib yurib tog‘ jinslarini yemiradi va o‘zi esa shiddat bilan yeyiladi. Bu jarayon kam samaradorligi va katta energosig‘imligi bilan harakterlanadi.
d) Xorigan yemirilish – yuqorida qayd etilgan sharoitlarda sodir bo‘ladi. Bir nuqtaga kuchning ko‘p marotaba ta’siri natijasida tog‘ jinslarida sistema darzliklar hosil bo‘ladi, qattiqliklari kamayadi va hajmli yemirilishga qulay sharoit tug‘iladi. Bu jarayonning samaradorligi yuzali yemirilishga nisbatan kamroq bo‘ladi. U quduq burg‘ilashning zarbali-aylanma usuliga xosdir. Burg‘ilash boshida jins yemiruvchi asbobga optimal o‘q yuki berilganda oldin hajmli yemirilish, keyin asbob keskichlarining o‘tmaslanishi natijasida yuzali va xorigan yemirilishlar sodir bo‘ladi.


Tog‘ jinslarining bog‘lanuvchanlik xossalariga qarab guruhlarga ajratilishi

Hamma tog‘ jinslari bog‘lanuvchanlik darajasiga qarab qoyali va yarim qoyali, bog‘langan, sochiluvchan (bo‘shoq) va oquvchan guruhlarga bo‘linadi.


a) Qoyali va yarim qoyali tog‘ jinslar – zarrachalarining bir-biri bilan mustahkam bog‘langanligi bilan farqlanadi. Ularga kristallik jinslar - granit, kvartsit, djespilit, marmarlar, sementlangan chaqiq jinslar, konglomeratlar va qumtoshlar kiradi. Qoyali tog‘ jinslar mo‘rt, mo‘rt egiluvchan va egiluvchan turlarga bo‘linadi. Odatda, mo‘rt tog‘ jinslarni yemirishga, egiluvchan tog‘ jinslarni yemirishga nisbatan ko‘proq ish sariflanadi. Qoyali tog‘ jinslari monolit va darzli bo‘lishi mumkin. Qoyali tog‘ jinslari bo‘yicha burg‘ilanadigan quduq devorlari barqaror bo‘ladi. Qoyali tog‘ jinslari kvartsli va kvartssiz guruhlarga bo‘linadi. Kvarsli tog‘ jinslari qiyin burg‘ilanadi, jins yemiruvchi asboblar esa tez yeyiladi.
b) Bog‘langan tog‘ jinslar – tog‘ jisnlarining namlanganligi (gilli jinslar, bo‘rlar) sababli zarrachalarning bir-biri bilan bog‘lanishi o‘zgarib turadi. Bog‘langan tog‘ jinslar qoyali tog‘ jinslaridan o‘zlarining yuqori egiluvchanligi, kam abrazivligi va kichik mustahkamligi bilan farqlanadi. Bu tog‘ jinslar yengil burg‘ilanadi. Bog‘langan tog‘ jinslar bo‘yicha burg‘ilanadigan quduqlar devorlari barqaror bo‘lib, musthakamlashga muhtoj emas. Lekin ayrim suv bilan shimilgan gillar hajmining ortishi quduq stvolining torayishiga olib keladi. Shuning uchun bunday tog‘ jinslarini burg‘ilashda kam suv beruvchi gilli eritmalar qo‘llaniladi.
d) Sochiluvchan (bo‘shoq) tog‘ jinslar – bunday jinslarda (qum, shag‘al) zarrachalarning bir-biri bilan bog‘liqligi umuman Yo‘qolgan bo‘ladi. Ular har xil jins yemiruvchi asboblar bilan yengil burg‘ilanadi. Sochiluvchan tog‘ jinslarini burg‘ilashda quduq devorlari albatta mustahkamlanadi.
e) Suzuvchan (oquvchan) tog‘ jinslar – bu jinslarning zarrachalari nihoyatda mayda bo‘lib, suvga to‘yingan bo‘ladi. Shuning uchun quduq devorlari mustahkamlanadi. Burg‘ilash quduqlarida suzuvchan tog‘ jinslar yuqori bosim ta’sirida bo‘lishi mumkin. Bu holda ular quduq stvoli orqali yuqoriga ko‘tariladi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling