Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Elektrobur bilan quduq burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar


Download 1.7 Mb.
bet7/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Elektrobur bilan quduq burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar

Elektrobur bilan qiya quduq burg‘ilashda yuqorida qayd etilgan qiyshaytirgichlardan tashqari elektrobur (qiyshaytirish mexanizmlari bilan) ham qo‘llaniladi.


Qiyshaytirish mexanizmlarida dvigatel vallari va shpindellar ma’lum burchakda bir-birlari bilan tishli mufta yordamida mahkamlanadi. Quduqning qiyalik burchagini to‘plash sur’ati OT-qiyshaytirgichi kabi aniqlanadi.


Rotorli usulda burg‘ilashda qo‘llaniladigan qiyshaytirgich moslamalar

Rotor usuli bilan burg‘ilashda quduq stvolining vertikalga nisbatan qiyshayishi ponasimon yoki sharnirli qiyshaytirgichlar yordamida amalga oshiriladi.


Ponasimon qiyshaytirgichlar – burg‘ilash quduq stvolini vertikalga nisbatan ponasimon qiyshaytirgichlar yordamida qiyshaytirish jarayoni. Bu holda ponasimon qiyshaytirgich shtif yordamida burg‘iga ulanadi. Bunda burg‘i ustiga bitta yoki ikkita kichik diametrli burg‘ilash quvuri o‘rnatilgan. Bu esa burg‘ilash quvur birikmasi pastki qismining elastikligini ta’minlaydi.
Burg‘ilash quvurlar birikmasi quduqga tushirilib, qiyshaytirgich bergan azimutga o‘rnatilgandan keyin o‘tkir qiyshaytirgich tog‘ jinsiga botiriladi, burg‘i esa quduq tubigacha uzatiladi. Undan keyin uncha katta bo‘lmagan aylanish chastotasi, yuk va burg‘ilash eritmasi sariflab, quduq 3-4 metr burg‘ilanadi. Keyin qiyshaytirgich burg‘ilash quvurlar birikmasi bilan birga yer yuziga ko‘tarilib, uning zenit burchagi va azimuti o‘lchanadi hamda burg‘ilash qudug‘i kengaytiriladi.
Undan keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi qiyshaytirgich bilan birga quduqga qayta tushiriladi. Quduq stvoli vertikalga nisbatan talab qilingan qiyshayishga yetkuncha qiyshaytirgich quduqga bir necha marta tushirilib-ko‘tariladi.
Sharnirli qiyshaytirgich – burg‘ilash qudug‘i stvolini sharnirli qiyshaytirgich yordamida qiyshaytirish jarayoni. SHarnirli qiyshaytirgich – bu burg‘ilash quvurlar birikmasiga ulanadigan kengaytirgich hisobalandi. U quvurlar birikmasining pastki qismini ma’lum burchakda aylanishini ta’minlaydi.
Qiyshaytirgich burg‘ilash quvurlar birikmasi bilan quduqga tushirilib oriyentirlanadi.
Keyin nasos ishga tushirilib quduq tubiga uncha katta bo‘lmagan yuk va oz miqdorda Burg‘ilash eritmasi sariflab burg‘ilash quvurlar birikmasini aylantirmasdan qiyshaytirgich ko‘tarilib burg‘i tog‘ jinslariga bir necha marta botiriladi. Bunday operatsiyalar quduq stvoli yangi yo‘nalish olguncha davom etiriladi. Keyin burg‘ilash quvurlar birikmasining sekin aylanish chastotasida (20-40 ay/min) quduq 4-6 metr chuqurlashtiriladi. Undan keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi ko‘tarilib, ularning zenit burchagi va azimuti o‘lchanadi. Bundan keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi quduqga oddiy burg‘i bilan tushirilib quduqni kengaytirmasdan yoki kengaytirib bir necha metr chuqurlashtiriladi.
Keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi ko‘tarilib zenit burchagi va azimuti o‘lchanadi. Shundan keyin qiyshaytirgich quduqga qayta tushirilib oriyentirlanadi. Ponasimon va sharnirli qiyshaytirigichlar yordamida pog‘onali yangi stvol burg‘ilash uchun vertikalga nisbatan talab qilingan qiyshayishga yetguncha davom etiriladi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling