Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Download 1.7 Mb.
bet1/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Reja;

1. Neft va gaz.


2. Neft konlari.
3. Gaz konlari
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga 21 yil to‘ldi. Bu vaqt ichida mamlakatimizda barcha sohalar bo‘yicha ish yuritish hamda oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarda o‘qitish jarayonlari davlat tilida olib borilmoqda. Bu jarayonlar neft va gaz sohalariga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Natijada, so‘nggi yillarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilash sohasi bo‘yicha bir qancha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, izohli lug‘atlar va ma’ruza matnlari yaratildi.
Lekin zamon talabiga javob beradigan davlat tilida (lotin alifbosida) yozilgan «Neft va gaz quduqlarini qurish asoslari» fani bo‘yicha darslik va ma’ruza matni hali tayyorlanmagan. Bu jarayon esa talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumki, neft va gaz konlarini qidirib topish, o‘zlashtirish, tarqalish qonuniyatlarini, zahiralarini, kelajak istiqbollarini aniqlash quduq burg‘ilash ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Bunday neft va gaz quduqlarini burg‘ilash bilan bog‘liq muammolarni hal qilish olimlar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan yosh mutaxassislar zimmasiga ham yuklatiladi.
Shuning uchun, burg‘ilash sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan yetuk, malakali yosh mutaxassis tayyorlashda ularga yordam beradigan zamonaviy darslik va qo‘llanmalar tayyorlash hozirgi kun talabi bo‘lib qolmoqda.
Ushbu ma’ruzalar matni talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlarini mukammalashtirish maqsadida burg‘ilash ish-lariga bog‘liq bo‘lgan rasmlar, chizmalar, diagrammalar va jadvallar bilan boyitilgan.
Ma’ruzalar matnida burg‘ilash ishlarining rivojlanish tarixiga, burg‘ilash quduqlari turlariga, tasniflariga, burgilash jarayonlariga ta’sir qiluvchi tog‘ jinslarining mexanikasiga, tog‘ jinslarining yemirilish turlariga, burg‘ilanuvchanligiga, burg‘ilash usullariga, rejimlariga, quduq konstruksiyasiga, quduq qurish sikllariga, burg‘ilash jihozlari (mi­nora va ularning turlari, uskunalar, tushirish - ko‘tarish asboblari), rotorli va quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilash usullariga va ularning agregatlari (rotor, turbobur, elektrobur)ga, vertlyug va burg‘ilash shlanglariga, burg‘ilash nasoslariga, kompensatorlarga, haydovchi quvurlar yuritmalariga, burg‘ilash mexa-nizmlarining tok uzatmalariga, jins yemiruvchi asboblar (burg‘i, koronka, kallak) va ularning turlariga, burg‘ilash quvurlari, birikmalari, yetakchi quvurlariga, o‘tkazgich va ularning turlariga, quvurlar-ning mufta va qulflariga, yengil qotishmali va og‘irlashtirilgan quvurlariga, burg‘ilash quvurlarini texnik jihozlash, jamlash, ta’mirlashga, qiya quduq burg‘ilash turlari, usullari, profillariga, mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishga, geofizik ishlarga, qu-duqlarni mustahkamlash, yuvish, sementlash usullariga, yuvish va tozalash tizimlariga, burg‘ilash eritmasi yordamida quduqni yuvishda gidravlik hisoblash usullariga, burg‘ilash jarayonida uchraydigan asorat-halokatlar turlariga, ularni bartaraf qilish chora-tadbirlariga, asboblariga, quduq qurishning hujjatlari, texnik loyihasi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlar bayon etilgan.
Bu ma’ruzalar matni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan neft va gaz yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun tasdiqlangan dasturga asosan yozilgan.
Ushbu ma’ruzalar matnidan «Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» yo‘nalishi talabalari ham foydalanishlari mumkin.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling