Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi va ularning tasniflari
Download 1.7 Mb.
|
Xaliqulov tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ jinslarini parchalovchi dolotalar
Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi va ularning tasniflari
Burg‘ilanuvchanlik va burg‘ilash qudug‘ining bir soatda kovlangan chuqurligining metr hisobidagi o‘lchami – ya’ni kovlashning mexanik tezligi. Tog‘ jisnlarining burg‘ilanuvchanligi m/s, sm/min, mm/min o‘lchamlari bilan ifodalanadi. Vaqt o‘tishi va burg‘ining yilishi natijasida bu tezlik kamayadi. Tog’ jinslarini parchalovchi dolotalar 1. Sharoshkali dolotalarto’g’risida umumiy tushuncha. 2. Kurakli dolotalar tuzilishi. 3. Olmosli dolotalarni asosiy vazifasi. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, tog‘-jinsini yanchib burg‘ilovchi instrumentlar – burg‘i, koronka va burg‘ilash kallaklari vositasida bajariladi. Burg‘i – quduq tubini (quduq tubini) to‘la-to‘kis yemiradi. Burg‘ilar tuzilishi bo‘yicha: sharoshkali, kurakli, frezersimon bo‘ladi. O‘rnatilgan tishlari yoki tig‘lari bo‘yicha – qattiq metall qorishmasidan tayyorlangan tishli yoki tig‘li va olmosli bo‘ladi. Sharoshkali va olmosli burg‘ining sxematik ko‘rinishi 4.1-rasm va 4.2-rasmda tasvirlangan. 4.1-rasm. Sharoshkali burg‘ining sxematik ko‘rinishi. 1 – rezba boshchali korpus; 2 – tayanchli kurak; 3 – sharoshka 4.2-rasm. Olmosli burg‘ining sxematik ko‘rinishi. 1 - korpus; 2 - matrisa; 3 - olmosli tishchalar Tog‘ jinslarini yanchish tamoyillariga qarab burg‘ilar maydalovchi, maydalovchi-qo‘poruvchi, yemiruvchi-randalovchi va randalovchi-qo‘poruvchi turlariga bo‘linadi. Sharoshkali burg‘ilar bir, ikki, uch va ko‘p sharoshkali qilib yasaladi. Sharoshkaning tishlari frezer bilan kesib tayyorlangan yoki suqib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu burg‘ilar o‘z-o‘zini yog‘lab turguvchi va yog‘lanmaydigan turlarga bo‘linadi. Sharoshkali burg‘ilar yumshoq (M), o‘rta qattiq (S), qattiq (T), mustahkam (M) va yemiruvchi (abrazivli) (Z) tog‘ jinslarini yanchish va burg‘ilashga mo‘ljallangan. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatiladigan burg‘ilarning 85% ni sharoshkali burg‘ilar tashkil etadi. Sharoshkali burg‘ilar «Quduqlarni burg‘ilovchi pudratchilarning halqaro assosiasiya»si qabul qilgan IADC (International Association of Drilling Contractors) kodiga asosan tasniflashtirilgan (klassifikasiyalashtirilgan). Bu kod uch raqam va ba’zan bir harfdan iborat bo‘lib, u burg‘ini tuzilishini, qanday tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallan-ganligini bildiradi. Misol, 124E (kodi) – burg‘i sharoshkalarining tishlari frezer bilan kesib tayyorlangan, o‘rtacha qattiqlikka ega tog‘ jinslarini (2) burg‘ilash uchun mo‘ljallangan, podshipniklari sharli va g‘altakli bo‘lib, berkitilmagan (4), quduqni yuvush uchun yuborilgan suyuqlik gidromonitor sumaklaridan (E) o‘tadi. 437X – burg‘i sharoshkalarining tishlari qattiq metallar qorshimasidan ponasimon (X) qilib tayyorlangan, sharoshkalar suqib qo‘yilgan (4), qattiq tog‘-jinslarini yanchib burg‘ilashga mo‘ljallangan (3), sharoshkani orqa konusiga quduq devorini tekislash uchun qattiq metall tishlar o‘rnatilgan (7). Burg‘ilash ishlarini arzonlashtirish va optimallashtirishning asosiy omillaridan biri sharoitga mos burg‘i tanlash. 4.4 jadvalda keltirilgan klassifikator burg‘i tanlashni osonlashtiradi. Uch sharoshkali burg‘ilar xalqaro klassifikatorlari IADC kodiga asoslangan. Burg‘ilarni diametri jadvalda ko‘rsatilgandan unchalik ko‘p bo‘lmasada farq qilishi mumkin: 95,3349,2 mm burg‘ilar 0,8 mmga 355,6444,5 mm burg‘ilar 1,6 mmga 479,4 mm dan yuqori bo‘lsa 2,4 mmga Burg‘i tanlanganda quduqga tushirilgan mustahkamlovchi quvurning ichki diametri va burg‘i diametrini farqi 3,6 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling