Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Tal sistemasi elementlari
Download 1.7 Mb.
|
Xaliqulov tex
Tal sistemasi elementlari
1. Tal sistemasi. 2. Talblok. 3. Tal kanatlari. Burg‘ilash qurilmasining tal tizimi chig‘ir barabanining aylanma harakatini ilgakning ilgarilma harakatiga o‘zgartirishga hamda arqon tarmoqlarining yukini kamaytirishga mo‘ljallangan.
3.2-rasm. 5x6 tal osnastkasining ko‘rinishi. Burg‘ilash qurilmalarining tal sistemasi asboblarini tushirish va ko‘tarish, burg‘ilash jarayonida burg‘ini quduq tubiga uzatish, mustahkamlovchi quvurlarni quduqqa tushirish va quduqda sodir bo‘ladigan har xil asoratlarni bartaraf qilish ishlarini bajaradi. Yuk ko‘tarishga va arqon o‘rami soniga qarab tal sistemasi har xil tur o‘lchamlariga ega bo‘ladi: masalan, yuk ko‘tarish 50-75 tonnalik qurilmalarda shkiv soni 2x3 va 3x4, yuk ko‘tarishi 100-300 tonnalik qurilmalarida esa shkiv soni 3x4, 4x5, 5x6 va 6x7 bo‘lgan tal sistemasidan foydalaniladi. Tal sistemasi tarkibiga kronblok, tal blok, ilgak va ilgak bloklar kiradi. 3.2-rasmda 5x6 tal osnastkasining 2 xil ko‘rinishi tasvirlangan. Tal bloki Ayrim ilgaklarga yoki ilgakning blok qismiga birlashtirilgan kronblok, tal arqoniga ilib qo‘yiladigan tal sistemasining harakatchan qismi. U payvandlangan korpusdan iborat bo‘lib, unga shkivlar va podshipnikning uzellari joylashtirilgan. Talli blokning yuk ko‘tarish qobilyati 10, 12, 20, 25, va 35 tonnaga teng. Tal blokining sxemasi 3.3-rasmda tasvirlangan. 3.3-rasm. Tal bloki: 1-traversa; 2-shkivlar; 3-o‘q; 4 – himoya qoplamasi; 5—yon tomonlar; 6—ilgak. Kronbloklar Kronblok metall ramaga o‘rnatilgan bir nechta g‘altaklardan iborat. Kronblok burg‘ilash minorasining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, quvurlarni ko‘tarib-tushirishga xizmat qiladi. Kronblokning sxemasi 3.4 -rasmda tasvirlangan. 3.4-rasm. Kronblok: 1- shkivlar; 2-o‘q; 3-rama; 4- himoya qoplamai; 5-yordamchi shkivlar Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling