Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
Kryukoblok (ilgakli blok)
Download 1.7 Mb.
|
Xaliqulov tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burg’ilash quvurlarini ochib yopishda ishlatiladigan uskunalar Reja; 1.Elevator 2.Avtomatik burg’ilash kalitlari
Kryukoblok (ilgakli blok)
Kryukoblok tal sistemasini harakatlanuvchi qismi bo‘lib burg‘ilash quvurlarni tushirib ko‘tarishga, mustahkamlovchi quvurlarni tushirishga, ularni osilgan holda ko‘tarib turishga xizmat qiladi. Qryukoblok korpus ichiga o‘rnatilgan g‘altaklardan va unga osilgan ilgakdan iborat. Tal blok va ilgaklar alohida-alohida ham bo‘ladi. Lekin, hozirgi paytda talblokga ilgakni birlashtirib ularni kryukoblok nomi bilan yasab chiqarilmoqda. DG315 turidagi kryukoblok (ilgakli blok)ning ko‘rinishi 3.5-rasmda tasvirlangan. 3.5-rasm. DG315 turidagi kryukoblok (ilgakli blok). Vertlyuglar Vertlyug tal sistemasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini bir-biriga bog‘lovchi aslaha. Vertlyug burg‘ilash quvurlarini aylantirishga, bir vaqtda nasosdan kelayotgan suyuqlikni o‘tkazib, quduq tubiga yuborishga moslangan. Vertlyug og‘ir yuk ko‘tarib, yuqori gidravlik bosimni ham ushlashi kerak. UV-250 rusumidagi vertlyugning ichki ko‘rinishi 3.6-rasmda tasvirlangan. 3.6-rasm. UV-250 rusumidagi vertlyugning ichki ko‘rinishi. Tal arqoni Tal arqoni – chig‘ir bilan ilgakli tal bloki orasida bog‘lovchi vazifasini bajarib, tal sistemasi bajaradigan hamma ishlarda ishtirok etadi. Tal arqonini tayyorlashda mustahkamlik chegarasi 1600-1800 mN/m2 bo‘lgan yuqori uglerodli va yuqori marganetsli simlardan foydalaniladi. Har xil o‘ramli po‘lat arqonning ko‘rinishi 3.7-rasmda tasvirlanagn. 3.7-rasm. Har xil o‘ramli po‘lat arqonning ko‘rinishi. 1-xoch o‘ramli; 2-bir tomonlama o‘ramli; a-o‘ng; b-chap. Burg’ilash quvurlarini ochib yopishda ishlatiladigan uskunalar Reja; 1.Elevator 2.Avtomatik burg’ilash kalitlari 3.Mashina kalitlari Elevator –tushirish va ko‘tarish jarayonida burg‘ilash quvurlari birikmasini tushirishga va ularni og‘irligi bo‘yicha ushlab turishga xizmat qiladi. Burg‘ilash jarayonida o‘lchamlariga, yuk ko‘tarish qobiliyatlariga, tuzilishiga qarab har xil turda (avtomatik, plashkali, quvurli, shlangali, ponali)gi elevatorlar qo‘llaniladi. Elevatorning umumiy ko‘rinishi 3.9-rasmda tasvirlangan. 3.9-rasm. Elevatorning umumiy ko‘rinishi. Bular ichida eng ko‘p tarqalgani EB-turdagi elevator hisoblanadi. Chuqur quduqlarni burg‘ilashda katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan EKB turdagi elevatordan foydlaniladi. Ish jarayonida elevatorning quyidagi ishga yaroqli holatlari tekshirilib turiladi: a) elevatorning yuqorgi va pastki tayanch tekisligi bir-biriga parallel bo‘lishligi; b) elevator korpusining yuqorigi chet yuzasi bilan qopqoning bir tekislikda bo‘lishligi; c) osilib turgan elevatorlarda nuqsonlarning bo‘lmasligi; d) elevator qopqog‘i yopilganda purjina ta’sirida elevator tepkisi (sobachka) ning avtomatik yopilishi. Elevatorlar asosan bolg‘alangan yoki quyulgan oddiy yoki legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Elevator shtrop yordamida ko‘tarish ilgagiga osib qo‘yiladi. b) Mashina kalitlari Mashina kalitlari – burg‘ilash quvurlarini hamda shu o‘lchamga ega bo‘lgan burg‘ilash quvurlar birikmalari elementlarini burab ochishga va mustahkamlashga mo‘ljallangan moslama. Bunda bir vaqtning o‘zida ikki – tutib turuvchi (qo‘zg‘almas) va burovchi (harakatchan) kaltlardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani UMK-1 turidagi uch sharnirli universal mashina kaliti hisoblanadi. Bu kalitlar burg‘ilash quvurlarini yoki diametri 108 dan 178 mm gacha bo‘lgan kuporlarni tutib turishga xizmat qiladi. Odatda kalitlar gorizontal holatda osilib qo‘yiladi. d) Aylanma kalitlar Aylanma kalitlar burg‘ilash quvurlar birikmasini quduqga burab mustahkamlab tushirishga mo‘ljallangan asbob. Bu kalitlar bilan burg‘ilash quvurlar tahminan buriladi, keyin mashina kaltlari bilan ohirigacha mahkamlanadi. Aylanma kaltlarning konstruktsiyasi juda oddiy, uni alohida parvarish qilish talab qilinmaydi. Bunda kotushkaga o‘ralgan diametri 10-12 mm bo‘lgan tsinklangan arqon korpusga payvandlangan ilgakga, tsinklangan arqonning ikkinchi uchi esa kanopli arqonga ulanadi. Aylanma kalit bilan ish jarayonlarini yengillashtirish uchun aylanma kalitga arqonni ulash uchun pirpiraklar (vertushka)dan foydalaniladi. e) Avtomatik burg‘ilash kalitlari Burg‘ilash jarayonida tushirish va ko‘tarish hamda burg‘ilash quvurlarini burab ochish va mahkamlash ishlarini tezlatish va yengillashtirish maqsadida AKB va PBK turdagi avtomatik kalitlar keng qo‘llaniladi. Ularning texnik xarakteristikasilari 3.2-3.3 jadvalda berilgan. Bunday avtomatik kalitlarni qo‘llash ish tezligini 30-40% ga oshiradi. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi 3.10-rasmda tasvirlangan. 3.10-rasm. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi: 1-kalit bloki; 2-pnevmatik silindrning siljish qismi; 3-tirgak,ustun; 4-boshqarish pulti. f) Burg‘ilash shtropi – burg‘ilash ilgagi bilan elevator orasidagi birlashtiruvchi qism. Unga burg‘ilash asbobi yoki mustahkamlovchi quvurlar birikmasi osilib qo‘yiladi. Shtropning yuk ko‘tarish qobiliyati 25, 50, 75, 125, 200, 300 tonnaga teng. Odatda 25, 50 va 75 tonna yuk ko‘taruvchi shtroplar Burg‘ilash quduqlarini ta’mirlash jarayonida keng qo‘llaniladi. 3.2- jadval AKBlarning texnik xarakteristikasi
3.3- jadval PBK turdagi avtomatik kalitning texnik xususiyatlari
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling