Neft va gaz texnologiyasi fakulteti Neftni qayta ishlash kafedrasi m 23-21 ngqikt guruh magistranti


Neft va gazni qayta ishlash zavodlari uchun mahalliy xomashyolar asosida aminli absorbentlar olishning texnologik usullarini ishlab chiqish


Download 1.8 Mb.
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1357905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boltayev Shoxrux

Neft va gazni qayta ishlash zavodlari uchun mahalliy xomashyolar asosida aminli absorbentlar olishning texnologik usullarini ishlab chiqish
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda olingan ma’lumotlar bo’yicha
2.2. Gaz tarkibidagi oltingugurt (IV) oksidini aniqlash tajriba qurilmasi
Tahlil qilinayotgan gaz aralashmasi titrlangan yod eritmasi solingan yutuvchi qurilma orqali o‘tkazsak sulfat kislota hosil bo‘ladi. SО2 + I2 + 2Н2О = Н2SО4+2HI
Uchuvchan yodning yo‘qolishini oldini olish uchun yutuvchi qurilmaga kraxmal eritmasi quyiladi. O‘tkazilgan gaz hajmini va sarflangan yod eritmasi miqdorini bilgan holda SO2miqdorini hisoblab topish mumkin.
Kerakli reaktivlar:
1.Yod, 0,1 n li titrlangan eritma; 2. Kraxmal, 0,5 % li eritma.
Qurilmaning yozuvi va uni ishga tayyorlash: Tajriba quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qurilmada amalga oshiriladi. Qurilma 250 ml sig‘imli yutuvchi Dreksil sklyankasi 1 va jo‘mrak 7 dan tashqil topgan. Yutuvchi sklyanka bir tomondan gaz manbasiga ikkinchi tomondan yon tubusga ega bo‘lgan sklyanka 2 ning yuqori tiqiniga manometr 3 va termometr 4 o‘rnatilgan. Yonaki tubus tiqiniga esa jo‘mrak 6 bilan jihozlangan quyilish nayi o‘rnatilgan bo‘lib ish mobaynida uning tagiga o‘lchagich silindr 5 qo‘yiladi.
Aniqlash usuli: Yutuvchi sklyanka 1 ga 5 ml kraxmal eritmasi va ochiq havo rang hosil bo‘lgunicha bir necha tomchi yod quyiladi. Shundan keyin yutgichga (sklyanka) 10 ml 0,1 n yod eritmasi quyiladi.
SO2 ni aniqlash qurilmasi sxemasi.
Bu paytda eritma rangi ko‘k binafsha rangga kiradi. Qurilmaga gaz manbasi ulanadi va jo‘mraklar 6,7 bir sekundda 2-4 pufakcha hosil qilish tezligi bilan o‘tayotgan gazni rostlab turadi. Gaz eritma rangi ko‘k binafshadan past havo rangga o‘tgunga qadar yuboriladi. Bu vaqtda jo‘mrak 7 berkitiladi va jo‘mrak 6 orqali o‘tayotgan suvning silidr 5 ga oqib tugashi kutiladi hamda bu jo‘mrak ham berkitiladi.
Silindrga oqib tushgan suv hajmi o‘lchanadi, temperatura belgilanadi, gaz bosimi va barometrik bosim ham aniqlanadi. O‘tkazilgan gaz hajmi tarkibidan SO2 miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
X = 0,0032 • 10 = 0,032 g

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling