Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs loyiha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metanni ajratib olish jarayoni
- Kolonnaga ta’minlovchi suyuqlik ikki oqim bilan beriladi
TYЕXNOLOGIK QISM
18 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Tabiiy gazni komponentlar (metan, etan, propan, butan va uglevodorod kondensati) ga ajratish jarayonining asosida rektifikasiya jarayonida amalga oshiriladi. Dastlab tabiiy gaz tarkibidan S 2 +yuqori komponentlarni ajratish jarayoni past temperaturalarda past temperaturali rektifikasiya (PTR) usuli bilan amalga oshiriladi. Mazkur jarayonning mohiyati kondensatlangan uglevodorodlarni avvvaldan ajratib olish va ikkifazali sovutilgan oqimni rektifikasiya kolonnnasiga berishdan, shu tarzda tabiiy gazning oqimini to’laligicha metansizlashtirishdan iborat. Metanni ajratib olish jarayoni Tabiiy gaz metanni ajratib olish blokiga ikki oqim bilan, K-1 demetanizatorni ta’minlovchi suyuqlik sifatida, beriladi. K-1 demetanizator 38 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida etan 0,17 % mol dan kam bo’lgan apparatning yuqorisidan olinadigan mahsulot va tarkibida metan 0,29 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi. Kolonnaga ta’minlovchi suyuqlik ikki oqim bilan beriladi: Tarkibi asosan metan (SN 4 ), etan (S 2 N 6 ) aralashmalari va azotdan iborat bo’lgan, ikki fazali oqim minus 81 ÷ minus 82,5 °S temperaturada 11 - likopchaga; uglevodorodlar aralashmasi (SN 4 , S 2 N 6 , S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) dan iborat bo’lgan, ikki fazali oqim minus 60 °S dan past bo’lmagan temperaturada 27 – va 28 – likopchalar oralig’idagi hududga. K-1 kalonna quvvatida suyuqlik tarkibidagi metanning (SN 4 ) konsentrasiyasining kolonnaning balandligiga bog’liqlik profili keltirilgan. Og’irroq (yuqori) uglevodorodlar (S 2 N 6 , S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) bilan to’yingan suyuqlik kolonnaning kub qismida yig’iladi. Kolonnaning balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining tarkibi o’zgarishi bilan birga, tutash fazalarning temperaturasi ham o’zgaradi. T-1 kondensator gorizontal, bir yo’lli, qattiq mahkamlangan quvur panjarali g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir. Kondensatorda metan fraksiyasining minus 101 °S izotermali etilen sovutish agenti bilan issiqlik almashishi hisobiga sovushi va kondensatlanishi amalga oshadi. Kondensatordan chiqqan minus 94 ÷ minus 95 °S temperaturadagi ikki fazali oqim, fazalarga ajratish uchun S-2 flegma sig’imi (separator) ga yuboriladi. 19 b/g 24-17 Raxmonov N.N. S-1 separator zanglamaydigan po’latdan yasalgan, maksimal 89 m 3 hajmga ega bo’lgan, vertikal silindrik apparatdir. Separatorning yuqori qismiga, suyuqlik tomchilarini metan fraksiyasi oqimi bilan olib ketilishini oldini olish uchun, koagulyator o’rnatilgan. Separatorda gravitasiya kuchlari ta’siri ostida kondensatlangan metan (suyuqlik) gaz fazasidan ajraladi. Sathning maksimal darajasida sig’imdagi kondensatlangan metanning hajmi 43,6 m 3 ni tashkil etadi. Nam gaz o’tib ketgan yoki uzoq vaqt davomida namlik yig’ilgan vaziyatlarda gidratlarning hosil bo’lishini oldini olish uchun, S-2 separatorning kub mahsuloti oqimiga metanol berish mumkin. Konsentrlangan metanol minus 98 °S temperaturada muzlashini yodda tutish lozim. Separatorda ajralgan Suyuqlik (suyuq metan) N-1 nasosning ko’rish qismiga beriladi. N-1 nasos demetanizatorning yuqori qismiga “ho’llash” suyuqligini beruvchi vertikal cho’ktirma markazdan qochma nasos hisoblanadi. Nasosdan chiqqan suyuq metan: - “ho’llash” suyuqligi sifatida K-1 kolonnaning yuqori qismiga demetanizatorning 1-likopchasiga beriladigan Suyuq fazada, (SN 4 , S 2 N 6 , S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lgan kub mahsuloti kolonnaning kub qismining haydah seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi haydash seksiyasidan, termosifon vositasida, 30÷35 °S temperaturada R-1 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. Etan xom ashyosini ajratib olish jarayoni Suyuq uglevodorodlarning (S 2 N 6 , S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) ikki fazali oqimi K-1 demetanizatorning kubidan (metanni ajratib olish bloki) 40÷44 °S temperaturada, ta’minlash mahsuloti sifatida, K-2 deetanizatorga (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) beriladi. K-2 deetanizator 51 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida propan 0,56 % mol dan ortiq bo’lmagan, apparatning yuqorisidan 20 b/g 24-17 Raxmonov N.N. olinadigan etan (S 2 N 6 ) va tarkibida etan 0,16% mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini (S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi. Apparatning yuqorisidan olinadigan mahsulot etilen ishlab chiqarish qurilmasi piroliz pechlari uchun xom ashyo hisoblanadi. Kub mahsuloti K-3 depropanizator (propanni ajratib olish bloki) uchun xom ashyo hisoblanadi. Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa almashish jarayoni borishi hisobiga etan bilan to’yinadi. K-2 Og’irroq (yuqori) uglevodorodlar (S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) bilan to’yingan suyuqlik kolonnaning kub qismida yig’iladi. Nasosdan chiqqan suyuq etan, K-2 deetanizatorning yuqori qismiga “ho’llash” uchun beriladi. Deetanizatorning 1-likopchasiga beriladigan “ho’llash” uchun beriladi. Suyuq etanning bir qismi, etan xom ashyosini pechlarga yuborish kollektoridagi bosimga bog’liq ravishda, T-3 etan xom ashyosi bug’latgichining quvurlar hududiga yuboriladi. Etanni bug’latish, berilgan temperaturadagi bug’ kondensati bilan issiqlik almashish hisobiga, amalga oshiriladi. Bug’ kondensati temperaturasi 95÷105 °S darajada bug’latgichning korpusiga beriladigan past bosimdagi bug’ oqimini tartibga solish yo’li bilan, ushlab turiladi. Suyuq fazadagi (S 2 N 6 , S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti kolonnnaning kub qismidagi haydash seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi ~ 95 °S temperaturada haydash seksiyasidan, termosifon vositasida R-2 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 113 °S dan yuqori bo’lmagan temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. 101÷105 °S temperaturadagi suyuq faza (S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori) kolonna kubining yig’ish seksiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, propanni ajratib olish blokiga beriladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling