Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi
b/g 24-17 Raxmonov N.N. Propanni ajratib olish jarayoni
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs loyiha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butanlarni ajratib olish jarayoni
21 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Propanni ajratib olish jarayoni Suyuq uglevodorodlar (S 3 N 8 , S 4 N 10 , S 5 +yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi K-3 deetanizatorning kubidan (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) 113 °S dan yuqori bo’lmagan temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-3 depropanizatorga (propanni ajratib olish bloki) beriladi. K-3 depropanizator 52 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida butan 0,33 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan propan (S 3 N 8 ) va tarkibida propan 0,32 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini (S 4 N 10 , S 5 +yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi. Kolonnaning nazorat likopchasidagi ishchi temperatura 88÷90 °S darajasida ushlab turiladi. Inert, kondensatlanmagan gazlarning yig’ilib qolishi va kub reboylerining bug’ tizimi ishining buzilishini oldini olish maqsadida, uning yuqori qismidan, 23 kg/h miqdorida yuqoridan olinadigan mahsulotni doimiy tashlash amalga oshiriladi. Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 120÷122°S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi. 120÷122 °S temperaturadagi suyuq faza (S 4 N 10 , S 5 +yuqori) kolonna kubining yig’ish seksiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, butanni ajratib olish blokiga beriladi. Butanlarni ajratib olish jarayoni Suyuq uglevodorodlar (S 4 N 10 , S 5 +yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi K-3 depropanizatorning kubidan (propanni ajratib olish bloki) 120÷122 °S temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-4 debutanizatorga (butanni ajratib olish bloki) beriladi. K-4 debutanizator 36 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo tarkibida (S 5 +yuqori) 1,31 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan butan (S 4 N 10 ) va tarkibida butan 0,98 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini (S 5 +yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi. 22 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa almashish jarayoni borishi hisobiga butanlar bilan to’yinadi. Butan saqlovchi klapanlardan “ho’l” mash’ala tashlamalarini yig’ish kollektoriga tashlanadi. 29–36 0 S temperaturadagi suyuq butan “ho’llash” suyuqligi sig’imidan N-4 nasoslarning so’rish qismiga beriladi. Aralashtirilgan propan-butan fraksiyasi (PBF) oqimi saqlash va iste’molchilarga jo’natish uchun tovar parkiga yuboriladi. S 5 +yuqori uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti kolonnnaning kub qismidagi haydash seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi 105÷107 °S temperaturada haydash seksiyasidan, termosifon vositasida R-4 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. R-4 kub reboyleri vertikal g’ilofquvurli issiqlik almashgichdir. Suyuq faza reboylerda, past bosimdagi to’yingan bug’ bilan issiqlik almashish hisobiga isiydi. Bug’ kub reboylerining quvurlararo hududiga 170°S temperaturada va 500 kPa bosim ostida beriladi. Suyuq fazaning reboylerda isishi natijasida oson uchuvchi uglevodorodlar bug’lanadi, buning natijasida issiqlik almashgichnig butun balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining zichligi kamayadi. Issiqlik almashgichnig haydash seksiyasidagi va kub reboyleridagi mahsulotlarning zichliklari orasidagi farq termosifon jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 110÷113 °S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi. 110÷113 °S temperaturadagi suyuq faza – barqaror kondesat (S 5 +yuqori uglevodorodlar) kolonna kubining yig’ish seksiyasidan, 410÷420 kPa bosim ostida, sovutish uchun R-5 sovutgichning quvurlararo hududiga beriladi. R-5 sovutkich gorizontal ikki yo’lli g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir. 23 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Sovutkichda barqaror uglevodorod kondensati, aylanma suv bilan issiqlik almashish hisobiga, sovuydi. Beriladigan aylanma suvning temperaturasi 24÷28 °S, uning qaytuvchi oqimining temperaturasi 29÷33 °S ni tashkil etadi. 29÷36 °S temperaturadagi sovutkichdan chiqqan uglevodorod kondensati, tovar mahsulot sifatida. tovar parkiga jo’natiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling