Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


konvektiv issiqlik almashinish


Download 1.24 Mb.
bet3/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1171979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maxsus suyuqliklar va moylar, Amrilloyev.A

konvektiv issiqlik almashinish.Suyuqlik massasi turbulentligi qanchalik yuqori va uning zarrachalari jadal ravishda aralashtirilsa, konveksiya usulida issikdik almashinish shunchalik intensiv buladi. Shunday qilib, konvektiv issiqlik almashinish, issikdikning mexanik uzatilishi va suyuqlik harakati gvdrodinamikasiga qattiq bog‘likdir.
Issiqlik almashinish jarayonida qatnashayotgan suyuqlsk ikki qatlamdan tashkil topgan, ya’ni chegaraviy qatlam va oqim o‘zagi (yadrosi) dan. Oqim o‘zagi issiqlik o‘tish vaqgining o‘zida ham konveksiya, ham issikdik utkazuvchanlik usullarida amalga oshadi. Bunday issiqlik almashinish konvektiv issihlik almashinish deyiladi.
Issikdikning qattiq jism yuzasidan suyukdik (yoki gaz) ga yoki suyukdik (yoki gaz) dan qattiq jism yuzasiga o‘tishi issihlik berish deb nomlanadi
Devor yuzasidan chegaraviy qatlam orkali energiya issikdik utkazuvchanlik usuli bilan o‘tadi. Chegaraviy qatlamdan esa, suyuqlik o‘zagiga energiya asosan konveksiya usulida uzatiladi. Issikdik energiyasining devor yuzasidan suyukdikka uzatilish j|vayoniga oqimning harakat rejimi katga ta’sir qiladi. Konvektiv issiqlik almashinish asosan 2 xil bo‘ladi, ya’ni erkin (yoki tabiiy) va majburiy konveksiya.
Suyukdik hajmining turli nuqtalaridagi zichliklarning farqi tufayli ro‘y beradigan issikdik almashinishiga erkin konveksiya deyiladi. Bu jarayonga suyukdikning fizik xossalari, uning hajmi, sovuq va issiq zarrachalari orasidagi temperaturalar farqi katga ta’sir ko‘rsatadi. Endi misolni sho‘rvaning qaynash jarayoniga ko‘chiramiz. Qozon ostiga olov yoqsangiz, avvaliga sho‘rvaning suvi tinch turaveradi. Bunda, issiqlik suvning issiqlik o‘tkazuvchanligi evaziga, pastki qatlamlardan yuqoriga uzatiladi. Suvning harorati ko‘tarilgani sayin, issiqlik o‘tkazish jarayoni o‘zgara boshlaydi. Chunki, endi konveksiya jarayon ishga tushadi.Idish tubiga yaqin turgan joydagi sho‘rva suvi qizib kengayadi. Qizigan, issiq suvning solishtirma og‘irligi, qozoning yuqoriroq qatlamlarida turgan teng hajmdagi, lekin nisbatan sovuqroq suvning solishtirma og‘irligidan ko‘ra yengilroq bo‘ladi. Bu esa butun sho‘rva sistemasini muvozanatdan chiqaradi va qo‘zg‘alishga olib keladi. Natijada, qizigan va yengillashib qolgan qaynoq suv yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga esa yuqoridan nisbatan sovuqroq suv tushib keladi.Biroq, jarayon shugina bilan chegaralanib qolmaydi. Chunki, joy almashgan qaynoq va sovuqroq suvlar juda tezlik bilan yana o‘rin almashinishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, idish tubiga tushib kelgan suv, u yerdagi yuqori harorat evaziga darhol qiziydi va isib, u ham yuqori ko‘tarila boshlaydi. o‘z navbatida, avvalroq tepaga chiqib olgan boyagi issiq suv ham, u yerda biroz sovib zichlashadi va og‘irlashib, yana tubga sho‘ng‘iydi. Natijada, sho‘rva sistemasi baribir beqaror holatda qolaveradi. Issiq va sovuq suv bir-birini o‘rin almashtirib, idish bo‘ylab pastga va tepaga aylanaveradi. Natijada, butun sho‘rva massasining doimiy sirkulyatsiyasi yuzaga keladi. Buning oqibatida biz qaynayotgan sho‘rvada sirkulyatsion oqimlarni kuzatamiz. Aynan o‘sha, yuqoriga-pastga sirkulyatsiyalanish jarayonini fanda konveksion toklar deyiladi. Siz oshxonada sho‘rva qaynayotganida uning yuzasiga diqqat qilsangiz, konveksiya jarayonini amalda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. yoki, Buning uchun choy uchun qo‘yilgan va choynakda qaynab chiqqan suvni ham kuzatishingiz mumkin (umuman ochiq idishda qaynayotgan har qanday suvni kuzatsangiz bo‘ladi .



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling