Neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik po‘lat rezervuarlarning tuzilishiga doir
Download 83.08 Kb.
|
7-МАВЗУ
NEFT VA NEFTMAHSULOTLARI UChUN VERTIKAL SILINDRIK PO‘LAT REZERVUARLARNING TUZILIShIGA DOIR QOIDALAR Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonunga (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi haqidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tashkiliy-huquqiy shakllari va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, sanoat xavfsizligi bo‘yicha faoliyat yurituvchi va “Sanoatgeokontexnazorat” DI nazorati ostidagi barcha tashkilotlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. I bob. UMUMIY QOIDALAR 1 - §. Qoidalarning taalluqliligi va qo‘llanish jabhasi 1. Mazkur “Neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik po‘lat rezervuarlarning tuzilishiga doir qoidalar” (quyida — Qoidalar) neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik po‘lat rezervuarlarning konstruksiyasi, tuzilishi, yasalishi, montaj qilinishi, sinalishiga oid umumiy texnik hamda sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariyalar, ishlab chiqarishdagi shikastlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan talablarni belgilaydi. 2. Mazkur Qoidalar yangidan loyihalanayotgan, hajmi 100 dan 50000 m3 gacha, doimiy yoki suzuvchi tomli, neft va neft mahsulotlari solinadigan vertikal silindrik po‘lat rezervuarlar uchun taalluqlidir. Hajmi 50000 m3 dan katta bo‘lgan rezervuarlarni loyihalash, tayyorlash va montaj qilishni, alohida (individual) texnik shartlarga ko‘ra, mazkur Qoidalar va GOST 31385 dagi holatlarni inobatga olib, ixtisoslashgan tashkilotlar bajaradi. 3. Ushbu Qoidalar izotermik rezervuarlar (suyultirilgan gazlarni saqlash), issiq suv uchun bak-akkumulyatorlar va tajovuzkor kimyoviy mahsulotlar saqlanadigan rezervuarlarga tegishli emas. 2 - §. Umumiy talablar 4. Rezervuarlarni ishlatish sharoitlari va ularning konstruktiv xususiyatlari buyurtmachi tomonidan berilgan bo‘lishi kerak (III bob, 3-§). Buyurtmachi tomonidan ishlatish sharoitlari va boshqa talablar yo‘qligida, O‘zbekiston Respublikasidagi qurilish me’yorlari va qoidalari, GOST 31385 dagi talablar va holatlarni hisobga olib, loyihachi tomonidan qabul qilinadi va loyihalashga texnik topshiriqda buyurtmachi bilan kelishiladi. 5. Rezervuar parki tarkibidagi rezervuarning geometrik o‘lchamlarini belgilashda, alohida rezervuarlar va ularning guruhlarini o‘zaro joylashtirish bo‘yicha QMQ 2.09.19 talablarini inobatga olish lozim. 6. Mazkur Qoidalar buyurtmachi taklifiga binoan turli geometrik o‘lchamdagi rezervuarlarni loyihalashga imkon beradi. Mazkur Qoidalarga ko‘ra, tayyorlash va montaj qilish uchun qulayroq o‘lchamga ega bo‘lgan, 100 dan 50000 m3 gacha hajmdagi rezervuarlarning asosiy parametrlari 1-ilovada keltirilgan. 7. Loyihalashga shartnoma tuzish paytida rezervuarni ishlatish sharoitlari va konstruktiv ma’lumotlari keltirilgan buyurtma blankini buyurtmachi loyihachiga berishi tavsiya etiladi (2-ilova). 8. Barcha turdagi rezervuarlarni tayyorlashni, ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normalar talablariga mos ravishda tuzatishlar kiritib va loyihachi bilan ularni oldindan kelishib olish sharti bilan oldin amalda bo‘lgan namunaviy loyihalar bo‘yicha bajarish mumkin. 9. Saqlanadigan mahsulot hajmiga ko‘ra rezervuarlar 4 klassga bo‘linadi: a) I - klassga sig‘imi 50000 m3 va undan katta bo‘lgan rezervuarlar kiradi; b) II - klassga sig‘imi 20000 dan 50000 m3 gacha bo‘lgan hamda daryolar, yirik suv havzalari qirg‘og‘ida va shahar qurilishi doirasida joylashgan, sig‘imi 10000 dan 50000 m3 gacha bo‘lgan rezervuarlar kiradi; v) III - klassga sig‘imi 1000 dan 20000 m3 gacha bo‘lgan rezervuarlar kiradi; g) IV - klassga sig‘imi 1000 m3 gacha bo‘lgan rezervuarlar kiradi. Rezervuarlarning xavflilik darajasi, materiallarga bo‘lgan maxsus talablar, metall konstruksiyalar komplektiga doir ishchi hujjatlarni tekshirish hajmi, hamda vazifasining muhimliligiga ko‘ra, ishonchlilik koeffitsiyenti (74 - punkt) hisob-kitobini inobatga olgan holda belgilanadi. 10. Tutib turuvchi konstruksiyalari 100° S dan yuqori haroratda ishlaydigan rezervuarlarni loyihalashda qo‘llaniladigan po‘lat rusumlarining fizik-mexanik tafsilotlarining o‘zgarishini hisobga olish zarur. 11. Po‘lat himoya devorli rezervuarlarning tuzilishiga doir xususiyatlari III bobning 10-§ da bayon etilgan. 12. Rezervuarlarni loyihalash, yasash va qurish jarayonida mazkur Qoidalar bilan birga, belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat muhofazasi va gigiyena, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhit himoyasiga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilish lozim. II bob. MATERIALLAR 1 - §. Materiallarga oid umumiy talablar 13. Rezervuar konstruksiyalarida qo‘llaniladigan po‘latlar O‘zbekiston Respublikasining mavjud standartlari, texnik shartlari hamda mazkur Qoidalar talablariga javob berishi kerak. 14. Konstruksiyalarning barcha elementlari materiallarga doir talablarga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi: a) asosiy konstruksiyalar: 1) A kichik guruh — rezervuarning devori, devorga payvandlanadigan tagliklar yoki halqasimon chetlar, devordagi lyuklar va quvurchalarning gardishlari va ularga ulanadigan flanetslar, devorga payvandlanadigan quvvat beruvchi qatlamlar, (mustahkamlovchi qoplamalar) statsionar tomning tayanch halqalari, konstruktiv elementlarni mahkamlash uchun devoridagi qistirma plastinalar; 2) B1 kichik guruh — tom karkasi, karkassiz tomlar; 3) B2 kichik guruh — rezervuar tagining markaziy qismi, suzuvchi tomlar va pontonlar, ankerli (bolt) mahkamlagichlar, karkasli tomning to‘shamalari, tomdagi lyuk va quvurchalarning gardishining lyuk qopqoqlari; b) yordamchi konstruksiyalar: narvonlar, maydonchalar, o‘tish joylari, to‘siq (g‘ov) lar va boshqalar. 15. Rezervuar konstruksiyalari uchun elektrpech, kislorod-konverter yoki marten usulida eritib quyilgan po‘latlar qo‘llanishi lozim. Prokatning sifati va qalinligiga doir qo‘yiladigan talablar ko‘rsatgichlariga ko‘ra, po‘lat issiq prokat, termik ishlov (normal holatga keltirilgan yoki toblashdan o‘tgan) dan yoki nazorat prokatidan keyin keltirilishi kerak. 16. A kichik guruhga mansub asosiy konstruksiyalar uchun faqat qulay (kisloroddan to‘liq tozalangan) po‘latdan foydalanish lozim. Ushbu kichik guruhning konstruksiyasini yasashga keltirilayotgan uglerodli, past uglerodli va past legirlangan po‘latlarning mustahkamlik sinfi 2.1 jadvalga mos bo‘lishi lozim. B kichik guruhdagi asosiy konstruksiyalar qulay va yarim qulay po‘latlardan yasalishi kerak. Yordamchi konstruksiyalarni tayyorlash uchun yuqorida bayon etilgan po‘latlardan tashqari, ishlatish paytidagi haroratni e’tiborga olib, qaynovchi po‘latlardan foydalanish mumkin. 2 - §. Kimyoviy tarkibi va payvandlana olishi 17. Eritish usulida payvandlanganda, payvandlash materiallarining sifati va payvandlash texnologiyasi payvand chokidagi metallning mustahkamlik va qovushqoqlik darajasi asosiy metalldagi mazkur ko‘rsatgichlardan past bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. 18. Oquvchanlik chegarasi 440 MRa va undan past bo‘lgan po‘latlarning uglerodli ekvivalenti 0,43 dan ziyod bo‘lmasligi kerak. Uglerod ekvivalenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (1) bunda, C, Mn, Si, Cr, Mo, Ni, Cu, V,P — eritib, tahlillash (cho‘michdagi namuna) natijalariga ko‘ra uglerod, marganets, kremniy, xrom, molibden, nikel, mis, vanadiy va fosforning massa ulushi. Po‘latning sertifikatida mis va vanadiyning miqdori haqida ma’lumot bo‘lmasa, uglerod ekvivalentini hisoblab chiqarishda, prokatdagi mis va vanadiyning miqdorlari mos ravishda 0,30 va 0,01 % o‘lchamda qabul qilinadi. 2.1-jadval Mustahkamlik klassi Zarbiy qovushqoqligi kafolatlanadigan minimal harorat, °S 10 0 minus 10 minus 15 minus 20 minus 30 minus 35 minus 40 minus 60 255 255 (Ct Z sp) 20,1—40 mm** S255 (St Z sp) 10,1—20 mm S255 (St Z sp) 4—10 mm 315* S315 40,1—50 mm S315 20,1—40 mm S315 4—20 mm 345 S345 (09G2S) 40,1—50 mm S345 (09G2S) 20,1—40 mm S345 (09G2S) 10,1—20 mm S345 (09G2S) 4 —10 mm (09G2-U) 8—32 mm (08GNB) 8—25 mm 390 (10G2FB) 4 —28 mm (09GBYu) 4—12 mm 440 (10G2SB) 8—25 mm 08G2BT-U, 08G2B-U 8—16 mm 590 S590K (12GN2M FAYu) 10—40 mm (12GN2M FAYu-U) 10—40 mm * Mikrolegirlangan titanli po‘lat prokati issiq katanka yoki issiqlik bilan ishlov berilgan holatda, mikrolegirlangan vanadiyli (0,020-0,060 %) issiqlik bilan ishlov berilgandan keyin yoki nazorat qilinadigan prokat holatida yuboriladi.
Qalinligi, mm Simmetrik tomonli qo‘yimlar uchun VT va AT aniqlikdagi, quyidagi enlikda varaqlar qalinligi bo‘yicha og‘ish chegarasi, mm
Varaqlardagi o‘roqsimonlik (SP) minimal darajada bo‘lib, 1 m asosda 2 mm dan ziyod bo‘lmasligi kerak. Uzunligi bo‘yicha aniqligiga, tekislilik normasiga bo‘lgan talablar standart talablariga mos bo‘lishi lozim. 2.3 - jadval Qalinligi, mm VT va AT aniqlikda 0,3 mm ga teng doimiy pastki og‘ish chegaraga ega bo‘lgan quyidagi enlikda varaqlar qalinligining og‘ish chegarasi, mm
Qalinligi, mm ASh va BSh aniqlikda va varaq kengligidagi enliklarda, enlikning og‘ish chegarasi, mm 2000 dan kam 2000 dan ziyod yuqori ASh normal BSh yuqori ASh normal BSh 16 gacha
10 15 15 20 16 dan 45 gacha 15 25 20 25 21. O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan rezervuarlar uchun buyurtmachining istagiga ko‘ra, varaqning qalinligi va eni og‘ish chegaralaridagi aniqliqda tayyorlanib, amaldagi standart talablari va belgilariga mos ravishda varaq prokatlarni olib keltirish mumkin. 4 - §. Metallning harorat me’yorlari 22. Metallning haroratini belgilashda quyidagi 2 miqdorning eng kami qabul qilinadi: a) taxlab qo‘yilgan mahsulotning minimal harorati; b) muayyan joy (hudud) uchun eng sovuq sutkadagi (sutka bo‘yicha minimal o‘rtacha harorat) haroratga 5 °S qo‘shib hosil qilingani. Metallning haroratini aniqlashda, maxsus isitish effektlari va rezervuarlarning issiqlik izolatsiyasi hisobga olinmaydi. 23. Muayyan hudud uchun eng sovuq sutkadagi haroratni, joyning ta’minlanganligini (butlanganligi) 0,98 deb qabul qilib, QMQ 2.01.01 talablariga muvofiq tashqi havo harorati jadvali bo‘yicha aniqlanadi. 24. Rulonli texnologiya bo‘yicha yig‘ilgan rezervuarlar uchun 23-punkt bo‘yicha qabul qilingan metallning hisoblangan harorati, qalinligi 10 mm dan ziyod bo‘lganda, 5 ° S ga pasaytiriladi, qalinligi 14 mm dan katta bo‘lganda esa, 10 ° S ga pasaytiriladi. 5 - §. Tavsiya qilinadigan po‘latlar 25. Rezervuarlar konstruksiyasining asosiy elementlari uchun po‘lat rusumlarini tanlashda, talab qilinadigan mustahkamlik klassi (kafolatlangan oquvchanlik minimal chegarasi), zarbaga nisbatan qovushqoqligi, prokatning qalinligini hisobga olish zarur. 2.1-jadvalda mustahkamlik klassi, zarbiy qovushqoqligi talablari bo‘yicha farq qiladigan po‘lat varaqlarning rusumlari tavsiya etilib, qo‘llanishi kerak bo‘lgan qalinligi ko‘rsatilgan. Mazkur jadvalda olib kelinayotgan po‘latga doir texnik shartlar ham berilgan. 2.5 - jadvalda po‘latning kimyoviy tarkibiga, 2.6 - jadvalda esa mexanik xossalariga bo‘lgan talablar qayd etilgan. 26. Buyurtmachining talabiga ko‘ra, rezervuarlar konstruksiyasi uchun xalqaro standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlari bo‘yicha po‘latlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ayni paytda, po‘latning tafsilotlari va sifatiga bo‘lgan talablar, mazkur qoidalarda tavsiya etilgan po‘latlarga qo‘yilgan talablardan past bo‘lmasligi kerak. 2.5 - jadval Po‘latning nomi (rusumi) Elementlar ulushi massasi, % Boshqa elementlar Uglerod ekvivalenti S Mn Si S P Cr Ni Cu Ti Al V Nb N 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 St Z sp 5 ≤10,22 ≤0,65 0,15—0,30 0,050 0,040 0,30 0,30 0,30 - 0,020 - - ≤0,008-marten. As≤ 0,08 S315 ≤0,22 ≤0,65 0,15—0,30 0,030 0,035 0,30 0,30 0,30 - - - - 09 G2S—12 (345-3) 09 G2S—15 (345—4) ≤0,15 1,30—1,70 ≤0,80 0,040 0,035 0,30 0,30 0,30 - - - - ≤0,008-marten. ≤0,012 el.pech As ≤ 0,08 09 G2U ≤0,12 1,4—1,8 0,17—0,37 0,010 0,030 0,030 0,030 0,030 - - - - ≤0,012 Sa0,002-0,01 deb qabul qilingan 08 G2B ≤0,09 0,85—1,35 0,15—0,40 0,010 0,030 0,3 0,40—0,65 0,3 - - - 0,02—0,4 Sa0,002-0,01 deb qabul qilingan 10 G2FB 0,09—0,12 1,55—1,75 0,15—0,35 0,006 0,020 0,30 0,30 0,30 ≤0,035 0,05 0,09—0,12 0,02—0,12 ≤0,010 - ≤0,43 09 GBYu 0,08—0,11 1,1—1,4 ≤0,3 0,006 0,025 0,30 0,30 0,30 - 0,02—0,05 - 0,06—0,08 ≤0,010 Sa 0,004 ≤0,38 10 G2SB ≤0,13 1,38—1,8 0,25—0,50 0,020 0,025 0,30 0,30 0,30 0,005—0,02 0,01—0,06 ≤0,10 0,03—0,05 ≤0,12 - ≤0,44 08 G2B—U 08 G2BT—U 0,07—0,11 1,45—1,65 0,2—0,4 0,010-0,006 0,020 0,30 0,30 0,30 0,015—0,04 0,07—0,09 ≤0,05 0,025—0,45 0,01—0,03 ≤0,010 - ≤0,43 S 590 K (12 GN2M FAYu) ≤0,14 0,90—1,4
0,020—0,50 0,035
0,035 0,20—0,50 1,40—1,75 0,30
- 0,05—0,10 0,05—0,1
0,02-0,03 Mo 0,15—0,25 deb qabul qilingan 112 GN 2 M FAYu—U 0,09—0,14 0,09—0,14 0,2—0,5 0,010
0,020 0,20—0,50 1,40—1,75 0,30
- 0,02—0,05 0,05—0,10 - 0,02-0,03 Mo 0,15—0,25 Sa 0,002-0,01 deb qabul qilingan Izoh. Vanadiy qo‘shilganda, 10G2SB rusumdagi po‘latning belgisi 10G2SFB bo‘ladi. 2.6 - jadval Po‘latning nomi (rusumi) Varaqning qalinligi, mm Oquvchanlik chegarasi, N/mm2 Uzilishga vaqtincha qarshiligi, N/mm2 Nisbiy uzayishi, % Tomonlari parallellikkacha egilishi Zarbiy qovushqoqligi KCV, J/cm2 ** +20 +10
0 -10
-15 -20 -30
-40 -50
-60 20 °C da mexanik eskirgandan keyin kamida 1
3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 S 255 (St Z sp 5) 4 dan 10 gacha 245
380 25 d=l,5a*1 35 30
10 dan yuqori 20 gacha 245
370 25 d=l,5a 35 30 30 20 dan yuqori 40 gacha 235 370
25 d=2,0a
30 30
10 gacha 315
440 21 d= 2,0a 35 30 30 10 dan yuqori 20 gacha 296
420 21 d= 2, 0a 35 30 30 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 20 dan yuqori 40 gacha 275 400 21 d=2,0a 35 30 30 40 dan yuqori 50 gacha 255 390 21 d=2,0a 30 S 345-3 (09G2S—12) 4 dan yuqori 10 gacha 345 490 21 d=2a 35 35 S 345-4 (09 G2S—15) 10 dan yuqori 20 gacha 325 470 21 d=2a 35 35 20 dan yuqori 40 gacha 305 460 21 d=2a 35 35 40 dan yuqori 60 gacha 285 450 21 d=2a 35 35 09 G2U 8 dan 20 gacha 305 440—640 21 d=2a 35 35 20 dan yuqori 32 gacha 295 440—640 21 d=2a 35 35 08 GNB 8 dan 25 gacha 350 500 26 d=2a 50 35 10 G2FB 4 dan 9 gacha 450 550 22 d=2a 60 50 35 35 10 dan 28 gacha 430 520 17 d=2a 60 50 35 35 09 GBYu 4 dan 12 gacha 390 550 23 d=2a 60 35 10 G2SB 8 dan yuqori 15 gacha 480—600 590—690 22 d=2a 50 15 dan yuqori 25 gacha 480—600 590—690 22 d=2a 50 08 G2BT—U, 08G2B—U 8 dan 16 gacha 480—580 590—690 22 d=2a 70 50 50 S 590 K 10 dan 40 gacha 590 685 14 d=3a 50 35 35 122 GN 2 M FAYu-U 10 dan 40 gacha 690—785 690—880 14 d=3a 50 35 35 *1 d — gardishning diametri; a — namunaning qalinligi. **2 Po‘lat rusumidagi zarbiy qovushqoqlikning me’yorlangan qiymati o‘zgarganda, uning kam qiymatli qo‘llanish doirasi, katta zarbiy qovushqoqlikda me’yorlanadigan harorat bilan chegaralanadi. 6 - §. Zarbiy qovushqoqlikka oid talablar 27. A va B guruhdagi asosiy konstruksiyalarning elementlari uchun zarbiy qovushqoqligiga doir talablar konstruksiyaning guruhiga, metallning (hisoblangan) harorat me’yori, po‘latning mexanik xossalari, hamda prokatning qalinligiga qarab belgilanadi va GOST 31385 ga muvofiq ravishda aniqlanadi. Zarbiy qovushqoqlikka sinashda mayatnikli to‘qmoq (koper), isitgich qurilmalari va GOST 7268 va GOST 9454 ga mos ravishdagi sinalayotgan materialning namunasidan foydalaniladi. 28. Sinov haroratini tanlash, po‘latning kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasiga bog‘liq bo‘ladi. Kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi 390 MRa va undan past bo‘lgan po‘lat varaqlar uchun sinov harorati grafik (2.1-rasm) bo‘yicha aniqlanadi. Ayni paytda varaqning kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasini, metallning haroratini, qalinligini inobatga olish lozim. Kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi 390 MRa dan yuqori bo‘lgan varaqlar uchun sinov harorati metallning hisob-kitob qilingan haroratidan ziyod bo‘lmasligi kerak. Tanlangan po‘lat uchun kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi va varaqning qalinligini 2.6-jadvaldan olish mumkin. 2.1-rasm. Oquvchanlik chegarasi, metallning hisob-kitob qilingan harorati va varaqning qalinligini inobatga olib, sinov haroratini belgilash grafigi (shtrix chiziq orqali harakat tartibi ifodalangan). 7 - §. Qabul qilib olish shartlari 29. Konstruksiyaning asosiy elementlari uchun varaqli po‘lat metallurgiya tashkilot (zavod) lari tomonidan partiya (uyum) lar holatida jo‘natiladi. Partiya (uyum) dagi po‘lat bir rusumga, birga (bitta cho‘michda) eritilgan, bir xil qalinlikga ega bo‘lib, bir xil texnologiya asosida, jumladan, prokatlash rejimi termik ishlov berilib tayyorlangan bo‘lishi shart. Jo‘natilayotgan uglerodli po‘lat prokatining massasi belgilangan standart me’yorlaridan ziyod bo‘lmasligi kerak. Partiyadagi varaqlarda sifat belgisi haqidagi hujjat bo‘lishi lozim. Sifat hujjatlarida standartga oid talablarida ko‘zda tutilgan tafsilotlardan tashqari, mazkur Qoidalarning qo‘shimcha talablarida bayon etilgan tafsilotlari ham bo‘lishi zarur. 8 - §. Buyurtma varaqlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha talablar 30. Rezervuar konstruksiyasining asosiy elementlari uchun prokat yasashga oid buyurtmada po‘lat rusumi, standart belgisi, varaqning geometrik o‘lchamlari (qalinligi, eni, uzunligi) va ularning massasi (vazni) dan tashqari quyidagi qo‘shimcha talablar ham ko‘rsatilishi kerak: a) qalinligi bo‘yicha qo‘yim joylarining yoki 0,3 mm ga teng bo‘lgan pastga og‘ish bo‘yicha doimiy chegaradagi qo‘yim joylarining simmetrik joylashuvi; b) qalinligi (VT yoki AT), eni (ASh yoki BSh), tekisligi (PO yoki PV), o‘roqsimonligi (SP) bo‘yicha tayyorlash aniqligi; v) partiya (uyum) ning massasi (40 t); r) mustahkamlik klassi 440 va undan past bo‘lgan po‘latlar uchun uglerod ekvivalenti (Sekv= 0,43 %) ning chegaralanishi; d) zarbiy qovushqoqligiga qo‘yiladigan talablar. Varaqlari yuzasining sifati standart talablariga javob berishi lozim. 31. Mazkur qoidalarning 22-punktiga muvofiq ravishda metallprokatga buyurtma berganda, prokatga bo‘lgan o‘lchamlari, qalinligi, eni, qalinligi bo‘yicha prokat aniqligi, tekisligi, qirg‘oqlarining o‘roqsimonlik tavsifi va boshqalar, amaldagi talablar asosida ko‘rsatiladi. 32. Konstruksiyaning asosiy elementlari uchun po‘lat varaqlar, buyurtmachining talabiga ko‘ra, ultratovush yordamida tekshirilgandan keyin yaxlitlik kafolati standartlarga mos bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Yaxlitlik klassi — 0 yoki 1. Varaqning nazorat qilib bo‘lmaydigan zonalari bo‘ylama chetlarida — 5 mm, ko‘ndalang chetlarida esa —10 mm dan oshmasligi kerak. 9 - §. Shakldor prokat 33. Rezervuarlar konstruksiyasining asosiy elementlari tarkibiga kiruvchi shakldor prokatlar (doimiy tom karkasining elementlari, suzuvchi tomli rezervuarlarning tayanch halqalari, tirgaklari, devorlarining mustahkamlovchi halqalari va boshq.) ham II bobning 2 va 6 - § larida bayon etilgan materiallarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. Mazkur masala rezervuar konstruksiyasini tayyorlovchi tashkilot bilan shakldor prokat beradigan korxona o‘rtasida tuzilgan shartnomada bayon etilishi kerak. 10 - §. Yordamchi konstruksiyalarning materiallari 34. Yordamchi konstruksiyalar materiallariga qo‘yiladigan talablar po‘lat qurilish konstruksiyalari uchun ishlatish shart-sharoitlari, ta’sir etuvchi zo‘riqishlar va iqlimga doir masalalar inobatga olinib, qurilish me’yorlari va qoidalariga mos bo‘lishi lozim. 11 - §. Payvandlash materiallari 35. Payvandlash materiallari (elektrodlar, payvandlash simlari, flyuslar, himoya gazlari) konstruksiyalarni yasash va montaj qilishdagi texnologik jarayon va tanlangan po‘lat rusumiga bo‘lgan talablarga mos ravishda tanlanishi kerak. Ayni paytda, qo‘llaniladigan payvandlash materiallari va payvandlash texnologiyasi, payvand choklarining mexanik xususiyatlari mazkur Qoidalarda tavsiya bo‘yicha tanlangan po‘latlar uchun belgilangan xususiyatlardan kam bo‘lmasligi shart. 12 - §. Boltlar va gaykalar uchun materiallar 36. Yordamchi konstruksiyalar elementlari (narvonlar, maydonchalar, to‘siq-g‘ovlar) ni, hamda tom, tayanch halqalari va boshqalarni yig‘ishda vaqtincha foydalaniladigan montajlash boltlari va gaykalari uchun material sifatida GOST 1050 bo‘yicha 20ps yoki 20 rusumdagi po‘lat tavsiya etiladi. 37. Quvuro‘tkazgichlarni patrubkalarga flanets usulida ulovchi bolt va gaykalarning materialini tanlashda metall uchun hisob-kitob qilingan haroratni inobatga olish lozim. Mazkur harorat minus 40° S gacha bo‘lganda, bolt va gaykalar uchun StZsp5 rusumdagi po‘lat, harorat minus 40 dan minus 50° S gacha bo‘lganda, 09G2S rusumdagi po‘latning GOST 19281 bo‘yicha 12-kategoriyasini, minus 50° S dan past harorat uchun 09G2S rusumdagi po‘latning GOST 19281 bo‘yicha 13-kategoriyasini ishlatish tavsiya etiladi. 38. Poydevorlarda ishlatiladigan boltlar uchun po‘lat rusumi tanlashda, GOST 24379 ga muvofiq bajarish tavsiya etiladi. III bob. REZERVUARLAR KONSTRUKSIYASI 1 - §. Payvandli ulanma va choklar 39. Payvandli ulamalarga oid atamalar va ularning bayoni, payvand choklarining turlarini payvandlash ishlariga doir me’yoriy hujjatlarga muvofiq quyidagicha qabul qilish zarur: a) tutash ulanmalar — uchlari (yoq) ining yuzalari bir-biriga tegib turgan elementlarni payvandlab ulash. b) burchakli ulanmalar — elementlari burchak ostida joylashgan va ularning tegib turgan joylari payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash. v) bir-birining ustiga chiqarilgan ulanmalar — parallel joylashgan va bir- birining ustiga qisman chiqarib payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash. g) tavrli ulanmalar — bir elementning uchi ikkinchi elementning yon yuzasiga to‘g‘ri burchak ostida payvandlangan ulanmalar. d) tutash choklar — elementlarning chetlariga turlicha (to‘g‘ri burchakli, X - simon, K - simon, V - simon) payvand choklardan yasalgan ulanmalar. e) burchakli choklar — burchakli, bir-birining ustiga chiqarib yoki tavrli ulanma qilingan payvand choklar. j) uzluksiz chok — uzunligi bo‘yicha oralatmay yasalgan choklar; i) bo‘laklangan chok — uzunligi bo‘ylab kamida 50 mm uzunlikda alohida-alohida yasalgan choklar. 40. Payvandli ulanib va choklangan konstruktiv elementlar, odatda, quyidagi qo‘llanilgan payvandlash turiga doir standartlar talablariga mos bo‘lishi lozim: a) qo‘lda bajariladigan yoyli payvandlash — GOST 5264; b) flyus vositasida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash — GOST 8713; v) himoya gaz muhitida yoyli payvandlash — GOST 1471. 41. Payvandli ulanma choklar zich va mustahkam bo‘lishi, o‘zining oquvchanlik chegarasi, uzilishga vaqtinchalik qarshiligi, nisbiy uzayishi, zarbiy qovushqoqligi, egilish burchagi kabi choklarining standart mexanik xossalarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha asosiy metallga mos bo‘lishi lozim. 42. Korroziyaga qarshi pishiqligini yaxshilash uchun chok metalli va asosiy metall kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lishi shart. 43. Payvandlash texnologiyasida payvandlash davomida sezilarli deformatsiya (shaklining o‘zgarishi) va konstruksiya elementlarining bir-biriga nisbatan siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullarini tanlash lozim. 44. Payvandlashda qo‘llanilgan vaqtinchalik tutqichlar kuch ta’siriga mo‘ljallanmaydi. 45. Qalinliklaridagi farq 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan miqdordan oshmaydigan detallarni ulashdagi choklar bir xil qalinlikdagi detallarni payvandlab ulaganday bajariladi. Detallardagi qirg‘oqlariga beriladigan ishlov va payvand choklarining o‘lchami nisbatan qalinroq detalda o‘tkaziladi. 3.1 - jadval Yupqaroq detalning qalinligi, mm Qalinligi bo‘yicha ruxsat etilgan farq, mm 4 gacha
4 dan katta 20 gacha
20 dan katta 30 gacha 3 30 dan katta 4 Mazkur jadvalda ko‘rsatilgan detallar qalinligidagi o‘lchamlaridan ziyodroq farq bo‘lganda, qalinroq detallar uchini yupqaroq detal qalinligigacha bir yoki ikkala tomonidan 15o burchak ostida yo‘nib, moslashtirish kerak. Ayni paytda konstruksiyaning chetlariga ishlov berish va payvand choklari o‘lchamini yupqaroq metall bo‘yicha tanlash lozim. 46. Payvandlanadigan detalning o‘zaro qirg‘oqlari quyidagi o‘lchamlardan ko‘pga siljishi mumkin emas: a) qalinligi t = 4 — 10 mm gacha detallarda 1,0 mm ga; b) qalinligi t = 10—40 mm gacha detallar (ammo 3 mm dan ko‘p emas) payvandlanadigan detallar qalinligidan 10 % miqdorda. 47. Burchakli payvand choklardagi maksimal katetlar ulanayotgan detallarning yupqarog‘ining qalinligidan 1,2 barobarga ortishi mumkin emas. 48. Qalinligi 4-5 mm bo‘lgan detallardagi payvand choki burchagining kateti 4 mm bo‘lishi kerak. Qalinligi kattaroq bo‘lgan detallar uchun mazkur katet konstruksiyaga ko‘ra hisob-kitob qilib aniqlanadi, ammo eng kamida 5 mm bo‘lishi kerak. 49. Rulonli yarim fabrikatlar zavod sharoitida uchma-uch (zich) qilib ulanadi. 50. Rezervuarning tagi va tomini rulonli materialdan yig‘ayotganda, ulanmalar birining ustiga ikkinchisini chiqarib payvandlash mumkin. Rulonlar bir-birining ustini kamida 30 mm ga yopib turishi lozim. Rezervuarning tagi va tomini taglikka o‘rab, varaqlardan yig‘ilayotganda, uchma-uch qilib va bir-birining ustiga 5 t o‘lchamda (ammo 30 mm dan kam emas) payvandlanadi. 2 - §. Qo‘llaniladigan ulanmalar 51. Rezervuar devorlarining vertikal ulanmalari, varaqning butun qalinligi bo‘yicha eritilib, tutash chok yasab bajariladi (3.1. - rasm). 3.1 -rasm. Devorlarning vertikal tutash ulanmalari: a) chetlariga ishlov bermay; b) ikkala chetini bir tomonlama yo‘nib; v) chetlarining ikkala tomonini yo‘nib; g) qirralarni egri chiziq bo‘ylab yo‘nib. a) chetlariga ishlov bermay; b) ikkala chetini bir tomonlama yo‘nib; v) chetlarining ikkala tomonini yo‘nib; g) qirralarni egri chiziq bo‘ylab yo‘nib. Rezervuar belbog‘lariga taqalib turgan varaqlarni vertikal ulashda, ular bir-biriga nisbatan eng kamida 8 t miqdorda siljitilgan bo‘lishi lozim. Bunda t belbog‘larga tiralib turgan varaqning eng katta qalinligi. II va III klassga mansub rezervuarlarni rulonli tasmalardan tayyorlashda, ularni siljitmasdan zavodda yasalgan va montaj qilingan vertikal chokli ulamalarga ruxsat etiladi. Varaqlarni mustahkamlovchi patrubkalar choklari bilan devor choklari orasidagi masofa vertikal choklarda kamida 250 mm, gorizontal choklarda esa —100 mm gacha bo‘lishi zarur. Devorning birinchi belbog‘idagi vertikal ulanmalar rezervuar tagligining chekka choklaridan kamida 100 mm masofada bo‘lishi kerak. 52. Varaqlarni gorizontal ulash, ularning ikkala tomonidagi metallni to‘liq eritib tutash choklar bilan bajariladi (3.2-rasm). 3.2-rasm. Devorlarni gorizontal tutash ulanmalari: a) qirralariga ishlov bermay; b) ustki varaqning bir qirrasini egri chiziq bo‘ylab yo‘nib; v) ustki varaqning ikkala qirrasini yo‘nib. Yuqoridagi belbog‘ning varaqlari pastki belbog‘ varaqlarining qalinligi chegarasida bo‘lishi kerak. Qo‘shni belbog‘lar varaqlarining o‘zaro joylashuvi loyihada belgilangan bo‘ladi. 53. Rezervuarlar tagi (osti) ni zavod sharoitida rulonli tasmalardan tayyorlanganda tutash ulanmalar qo‘llaniladi. Qolgan tagliklardagi tutash ulanmalar halqasimon qirralarni payvandlashda, hamda taglikning markaziy qismini varaqlarni qo‘llab yig‘ishda foydalaniladi. 54. Rezervuar tagini rulonli tasmalar bilan bir-biriga ulashda, taglikning markaziy qismini varaqlarni ulab yasashda, hamda markaziy qismining halqasimon chetlarini yasashda tasmalarni birining ustiga ikkinchisini chiqarib (naxlestochnoye) ulash qo‘llaniladi (3.3, 3.4, 3.5 - rasmlar). 3.4 - rasm. Tagining markaziy qismidagi varaqlarni ulash 55. Rezervuar tagini devorlari bilan ulashda, tavrli ulama usuli qo‘llaniladi. Devorning pastki poyas (qism) dagi po‘lat varaqlarning qalinligi 20 mm va undan kam bo‘lganda, qirralariga ishlov bermay, tavr usulidagi payvandlash ulamalar tavsiya etiladi (3.6 a) - rasm). Har bir burchakli chokdagi katetning o‘lchami eng ko‘pi bilan 12 mm bo‘lishi va gardishning nominal qalinligidan kam bo‘lmasligi kerak. 3.5 - rasm. Markaziy qismni tagining gardishlariga ulanishi 56. Pastki poyasidagi devorning qalinligi 20 mm dan ziyod bo‘lganda, rezervuarlar uchun qirralariga 3.6 b) - rasmdagidek ishlov berib turib, tavr usulida ulab payvandlash lozim. Payvand choklari kamida 2-marta o‘tib yotqizilishi kerak. 3.6 - rasm. Rezervuar tagining devori bilan ulanishi 57. Tomning po‘lat varaqlarini ulashda chokli va bir-birining ustiga chiqarib ulash qo‘llaniladi. 58. Doimiy turadigan (muqim) tomlarni rezervuarning devori bilan ulanishi ushbu bobning 7 - § da berilgan. 3 - §. Loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar 59. Umumiy holatlar: a) rezervuarlarning joylashuvi — ish beruvchining buyurtmasiga binoan yer yuzasidagi maxsus poydevor ustiga quriladi. b) geometrik parametrlar — qurilish me’yorlari va qoidalari, yong‘inga qarshi me’yorlar talablarini va geologik tadqiqotlarni hisobga olgan holda, qurilish maydonchalari (1-ilovada mazkur hujjat talablariga muvofiq qo‘llanilishi qulay bo‘lgan, hajmi 100 dan 50000 m3 gacha bo‘lgan, rezervuarlarning asosiy parametrlari berilgan). v) tayyorlash (yasash) metodlari — buyurtmachining talabiga ko‘ra, varaqli yoki rulonli qilib yasash. 60. Buyurtmachi beradigan ma’lumotlar: a) rezervuarning geometrik parametrlari va hajmi (sig‘imi); b) rezervuar turi: doimiy tomli (pontonli yoki pontonsiz), suzuvchi tomli va boshqa konstruktiv xususiyatlari; v) quriladigan hudud (rayon, territoriya); g) saqlanadigan mahsulot nomi. Bunda zarur tadbirlarni qo‘llash maqsadida mahsulotdagi zararli aralashmalar mavjudligi (oltingugurt, vodorodsulfid va h.k.lar miqdori) yozilishi kerak. d) mahsulotning solishtirma og‘irligi; e) mahsulotning maksimal va minimal harorati; j) ortiqcha bosim va nisbiy siyraklik; z) issiqlik izolatsiyasidan zo‘riqish; i) uskunalarning joylashishi va texnologik uskunalar ta’siridan hosil bo‘ladigan zo‘riqish; k) lyuklar va zulfinlarni tozalashga bo‘lgan zarurat; l) mahsulotning aylanishi (vaqtga bog‘liq holatda mahsulot quyish darajasi-sathining o‘zgarishi); m) tovarosti suvining darajasi (sathi); n) rezervuarning ishlash muddati; o) rezervuar elementlarining korroziyasiga nisbatan qo‘yim. Mazkur ma’lumotlar yuzasidan buyurtmachi va loyihalovchilar o‘rtasida kelishuv bo‘lishi shart. 61. To‘liq hajmdagi topshiriq belgilanmagan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning I bobidagi 2 - § ning 5-punktiga amal qilish kerak. 4 - §. Rezervuar tagining konstruksiyasi 62. Hajmi 1000 m3 gacha bo‘lgan rezervuarlarning tagi yassi bo‘lishi yoki nishabi markazdan chetga yoki nishabi markaz tomonga qarab konus shaklida (tavsiya etiladigan nishablik darajasi 1: 100) bo‘lishi mumkin. 63. Hajmi 1000 m3 va undan kam bo‘lgan rezervuarlar tagini tashkil etuvchi varaqlarning qalinligi, korroziyaga nisbatan qo‘yimini hisobga olganda, kamida 4 mm bo‘lishi kerak. Hajmi 2000 m3 va undan ziyod bo‘lgan rezervuarlar tubining markaziy qismi va qalinlashgan halqasimon gardishlardan iborat bo‘lishi kerak. Mazkur rezervuarlar tubining markaziy qismini tashkil etuvchi barcha varaq (list)lar, korroziyaga hisoblangan qo‘yimdan tashqari, eng kamida 4 mm nominal qalinlikda bo‘lishi zarur. 64. Gardishini tashkil etuvchi varaqlar halqasi tashqi tarafidan aylanma shaklida bo‘lib, gardishning ichki chegarasi, gardishdagi varaqlar soniga teng miqdordagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lishi mumkin. Gardishning radial kengligi devorning ichki yuzasi bilan taglikning markaziy qismini payvandlovchi chok o‘rtasidagi oraliqni ta’minlab, kamida 300 mm bo‘lishi kerak. Halqasimon gardishning qalinligi 3.2-jadvalda berilgan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi zarur. 3.2 - jadval Rezervuar pastki poyasi devorining qalinligi, mm Halqasimon gardishning minimal qalinligi, mm 7 gacha 6 8 dan 11 gacha 7 12 dan 16 gacha 9 17 dan 20 gacha 12 21 dan 26 gacha 14 26 dan katta 16 65. Halqasimon gardishlar o‘zaro ponasimon tirqishlar shaklida qolib ketadigan taglikka bir tomonlama tutash choklar hosil qilib payvandlanadi (3.5 - rasm). 66. Rezervuarning tagini varaqlar yoki rulonlar qo‘llab bajarish mumkin. Rulonli tasmalar zavodda varaqlarni uchma-uch qilib payvandlab tayyorlanadi. Rezervuar tagini varaqlar qo‘llab montaj qilinganda, ostida qolib ketadigan taglikning ustiga chiqarib, uchma-uch qilib payvandlanadi (3.4 - rasm). Rezervuar tagini bir-birining ustiga chiqarib payvandlashda, faqat yuqori tomonidan burchakli chok yasab bajariladi (3.3 - rasm). Rezervuar tagidagi bir-birining ustiga chiqarib ulangan joylar bilan pastki poyas kesishgan joylarda tekis yuza hosil bo‘lishi kerak (3.5 - rasm). 5 - §. Rezarvuar devorining konstruksiyasi 67. Rezervuar devoridagi po‘lat varaqlarning hisoblangan qalinligi gidrosinovlar paytida mahsulot yoki suv to‘ldirish sathining loyihaviy balandligiga qarab belgilanadi. Rezervuar devorlaridagi varaqlarning nominal qalinligi prokat uchun hisoblangan minusli qo‘yim va korroziyaga nisbatan qo‘yimni o‘z ichiga oladi. 68. Rezervuar devorining nominal qalinligi 3 etapda aniqlanadi: a) poyaslar qalinligining dastlabki tanlovida; b) pishiqligini tekshirishga oid hisob-kitobi paytida qalinlikka tuzatish kiritish (jumladan, seysmik jihatdan xavfli hududlar uchun zilzila ta’sirini inobatga olish); v) barqarorlik (mustahkamlik) ka doir hisob-kitob qilishda qalinlikka tuzatish kiritish. 69. Poyaslarning nominal qalinligini dastlabki tanlash, ishlatishdagi zo‘riqish, gidrosinovlar o‘tkazish paytidagi zo‘riqish va konstruksiyaga oid talablarni hisob-kitob qilib amalga oshiriladi. 70. Ishlatish sharoitidan kelib chiqib, har bir poyas uchun devorning minimal hisoblangan qalinligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (2) bunda; r — mahsulotning zichligi (solishtirma og‘irligi), kg/cm3; N— mahsulotni quyish balandligi, cm; z — rezervuar tagidan poyasning pastki chegarasigacha bo‘lgan masofa, cm; r — rezervuar devori yuzasining o‘rtacha radiusi, cm; Ry — materialning hisoblangan qarshiligi, kgf/cm2; γs — ishlash sharoiti uchun koeffitsiyent: eng pastki poyas uchun 0,7 qolgan boshqa poyaslar uchun 0,8 ga teng. 71. Gidravlik sinovlar sharoiti uchun har bir poyasdagi devorning minimal qalinligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: (3) bunda: Rv — gidrosinovlarda ishlatiladigan suvning zichligi (solishtirma og‘irlik, kgf/cm2); Hg — gidrosinovlarda suvni quyish balandligi, cm; γs = 0,9 - gidrosinov sharoitidagi barcha poyaslar uchun ishlash koeffitsiyenti bir xil (71-punktdagi belgilanishga qo‘shimcha). 72. Devordagi har bir poyasning nominal qalinligi (t) ni sortament qatordan tanlashda quyidagi shartga amal qilish lozim. Qalinligi, prokat uchun minusli qo‘yimning ∆ va t farqini hisobga olganda, uchta qiymatning maksimal miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak: (4) bunda: s — korroziya uchun hisoblangan qo‘yim, mm; tk — konstruksiya uchun zarur bo‘lgan minimal qalinlik bo‘lib, 3.3 - jadval bo‘yicha aniqlanadi: 3.3 - jadval Rezervuar diametri D, m Devor varaqlari minimal konstruktiv qalinligi, mm 16 gacha 5 16 dan 25 gacha 6 25 dan 40 gacha 8 40 dan 65 gacha 10 65 dan yuqori 12 73. Mustahkamlikka tekshiruv va turg‘unlikka tekshiruv hisob-kitobi, nominal qalinlik bilan (t) prokatga mo‘ljallangan minusli qo‘yim va korroziya uchun qo‘yim (S) larning farqi sifatida aniqlanadigan poyaslarning hisoblangan qalinligini (tp) belgilash uchun o‘tkaziladi: (5) bunda: Rezervuar devorining har bir poyasi uchun devorning mahkamligini tekshirish quyidagi formula bilan hisoblanadi: (6) yoki boshqa formula: ( 7 ) bilan aniqlanadi. Bunda: σ1— meridional kuchlanish, kgf/cm2; σ2 — halqa bo‘ylab kuchlanish, kgf/cm2; γs — ish sharoiti uchun koeffitsiyent (71 - punkt bo‘yicha olinadi); γn — rezervuarlarning vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsiyenti: I — klass uchun γn = 1,2 ga, II — klass uchun γn = 1,1 ga, III — klass uchun γn = 1,05 ga, IV — klass uchun γn = 1,0 ga teng. Yuqoridagi formulalar doimiy tomli rezervuarlar uchun keltirilgan. Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun hisob-kitob qilganda 75-punktdagi formulalarda berilgan, doimiy tomli rezervuar uchun xos bo‘lgan nagruzka (zo‘riqish) inobatga olinmaydi. 74. Halqa bo‘ylab kuchlanish (σ2) har bir poyasning pastki nuqtasi uchun hisoblab chiqiladi: (8) bunda: Formulada rezervuardagi ortiqcha bosimdan zo‘riqishga doir ishonchlilik koeffitsiyenti e’tiborga olingan. Rp — rezervuardagi ortiqcha bosim kgf/cm2 (71-punktdagi belgilanishga qo‘shimcha). 75. Yuklama (zo‘riqish) bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti va asosiy birikma uchun koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda meridianal kuchlanish poyasning pastki nuqtasi uchun quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: (9) bunda: Gm — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi metallkonstruksiyalarning massasi, t; Go — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi statsionar uskunalarning massasi, kg; Gy— hisoblangan nuqtadan yuqoridagi isitgichning massasi, t; s— qordan zo‘riqishning to‘liq me’yoriy miqdori, kgf/cm2. 76. Seysmik (zilzila) ta’siriga oid hisob-kitoblarni ixtisoslashgan tashkilot bajaradi. 77. 73-punktdagi shartlar bajarilmaganda, tegishli poyasning qalinligini oshirish lozim. 78. Alternativ variant sifatida, buyurtmachi bilan kelishib turib, ish sharoiti uchun har bir poyas devorining minimal qalinligi (tc) va gidravlik sinovlar uchun minimal qalinligi (tg) ni o‘zgaruvchan qalinlikdagi silindrik qatlamning tarkibi hisoblanadigan, devor har bir poyasi uchun membranali halqa bo‘ylab kuchlanishning eng katta o‘lchami asosida tavsiya etish mumkin. Rezervuar devorini tagi bilan tutashgan chegaraviy sharoit, nolli radial siljishlar va varaq gardishida plastik momentga teng bo‘lgan egiluvchi moment tarzida beriladi. Qalinlikni tanlash 71-punktdagi shartlar bajarilishi tufayli 73-punktdagi formula bilan aniqlangan dastlabki qalinlikni kamaytirib, iteratsiya usulida bajariladi. Katta hajmdagi rezervuarlarda bayon etilgan usul bilan minimal qalinlikni belgilanishi poyaslarning hisoblangan qalinligini kamaytirishi mumkin. 79. Rezervuar devorlarining mustahkamlikka hisob-kitobini quyidagi nisbatni tekshirish yo‘li bilan bajariladi: (10) bunda: σσ—dastlabki kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2; σσ —so‘nggi kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2. 80. Dastlabki kritik kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi: (11) bunda: tp min — devorning eng yupqa poyasining (odatda yuqori poyas) hisoblangan qalinligi. Koeffitsiyent S ushbu formula bilan chiqariladi: (12) (13) 81. So‘nggi (ikkinchi) kritik kuchlanish ushbu formula yordamida aniqlanadi: (14) bunda: Hr — rezervuarning redutsiyalangan balandligi, m, statsionar tomli rezervuarlar devorining qalinligi doimiy bo‘lganda, Hr rezervuar devorining to‘liq balandligi (N0) ra teng bo‘ladi. 82. Rezervuarning redutsiyalangan balandligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: (15) bunda: tri — i poyasdagi varaqning hisoblangan qalinligi, mm; hi— i poyasning balandligi, cm. Suzuvchi tomli rezervuarlarning yuqori poyasi uchun hi sifatida poyasning pastki chetidan shamollatish halqasigacha bo‘lgan masofa o‘lchamida olinadi. 83. Doimiy qalinlikdagi devorning pastki qirg‘og‘i uchastkasi uchun meridianal kuchlanish ushbu formula bilan hisoblab chiqiladi: (16) bunda: Rvak — rezervuardagi nisbiy siyraklanish (vakuum) miqdori, kgf/cm2. Siqilish bo‘yicha kuchlanish belgisi σi —shartli ravishda musbat belgisiga almashtirilgan. 84. Statsionar tomli rezervuarlar halqasidagi kuchlanish (σ2) ni turg‘unlikka hisoblangan Rvak va tashqi shamolning ekvivalent bosimiga (Rsh) ga bog‘liq bo‘ladi: (17) bunda: Rsh — rezervuarning eng yuqorisiga No shamol bosimi qiymati (qurilish me’yorlari va qoidalariga ko‘ra). Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun Rvak o‘rniga shamoldan siyraklanish darajasi hisobga olinadi. (18) bunda: Ci — aerodinamik koeffitsiyent bo‘lib, rezervuar balandligi (No) uning diametri nisbatiga bog‘liq ravishda (qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq) aniqlanadi. Siqilish bo‘yicha kuchlanish (σ2) shartli ravishda musbat qiymatga almashtirilgan. 85.79-punktdagi shartlarni bajarish imkoniyati bo‘lmasa, rezervuar devorlarining mustahkamligini ta’minlash uchun yuqoridagi poyaslardagi devor qalinligini orttirish yoki o‘rtalariga mahkamlovchi halqalar o‘rnatish lozim. Sharoitga ko‘ra har ikkalasini ham qo‘llash mumkin. 86. Oraliqlardagi mustahkamlik halqalari holatini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni faqat σ1 / σsg<1 sharti bajarilgandagina amalga oshirish mumkin. Mazkur holatda 79-punktdagi σ1,σcr,σ2 larning qiymati ma’lum bo‘lganda, ikkinchi (so‘nggi) kritik kuchlanish σ σ2 ning hisobini chiqarib, 82-punktdagi nisbatdan redutsiyalashgan balandlik (Hr max) aniqlangandan keyin 79-punktdagi barcha shartlar bajarilgan hisoblanadi. 87. O‘rtalikka o‘rnatiladigan mustahkamlovchi halqaning o‘rni quyidagi algoritm bo‘yicha aniqlanadi. Poyaslarning aniqlangan balandliklari 82-punktdagi formula bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab yig‘iladi. Suzuvchi tomli rezervuar uchun eng yuqori poyasning balandligi shamollatish halqasi sathiga teng qilib olinadi. Yig‘indi hosil qilinayotganda, keltirilgan (aniq) balandlik Hr max dan ziyod qiymati, hamda mazkur poyasning quyi qirg‘og‘iga mos keluvchi balandlik Hji qiymatini ifodalovchi (j) poyasning tartib raqami bo‘ladi. j — poyasning quyi qirg‘og‘i tepasiga halqani o‘rnatish balandligi (hji) — quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (19) Agar hisob-kitob bo‘yicha halqa o‘rnatish joyi gorizontal payvand chokka 150 mm dan yaqinga to‘g‘ri kelib qolsa, halqa yuqoriroqqa joylashtiriladi. Mustahkamlik halqasining parametrlari rezervuarning diametriga ko‘ra 95-punktda berilgan metodika bo‘yicha aniqlanadi. 88. Birinchi mustahkamlovchi halqaning o‘rni belgilangandan keyin, 87-punktda berilgan algoritm bo‘yicha ikkinchi (uchinchi va sh.k.) mustahkamlovchi halqalarning o‘rnatiladigan joylari belgilanadi. Ayni paytda statsionar tom (ochiq rezervuarning shamollatish halqasi) o‘rnini oldingi halqa egallaydi deb faraz qilish lozim. 89. Agar eng quyi halqa bilan rezervuar tagi orasidagi keltirilgan balandlik ruxsat etilgan Hg max dan kam bo‘lsa, devordagi barcha halqalarning orasidagi masofalarni iloji boricha bir xil qilib taqsimlab chiqish zarur. 90. Mustahkamlikka doir hisob-kitoblar va mustahkamlovchi oraliq halqalarning joylashishini aniqlashning alternativ varianti sifatida buyurtmachi bilan kelishib turib, poyaslar qatlamlaridagi turli qalinlikka e’tibor berib, oxirgi element metodi bo‘yicha bajarish mumkin. Mazkur usul yordamida halqalar soni va ularning joylashuvini, hamda poyaslardagi tasmalar qalinligini aniqlash mumkin. Hisoblashdagi chegara shartlari 78-punktda berilgan. 6 - §. Rezervuar devorlaridagi mustahkamlovchi halqalarning konstruksiyasi 91. Suzuvchi tomli rezervuarlarning eng yuqori poyasi devorlariga o‘rnatilgan mustahkamlovchi halqaga ega bo‘lishi kerak. Mustahkamlikka doir hisob-kitoblarga ko‘ra, rezervuar devorlariga oraliq mustahkamlovchi halqalar o‘rnatilishi mumkin. Mazkur qo‘shimcha halqalarning soni va devordagi holati 88 — 90 - punktlarda qayd etilgan. 92. Statsionar tomsiz rezervuarlarning xizmat ko‘rsatish maydonchasi sifatida foydalaniladigan eng yuqoridagi mustahkamlovchi halqaning eni kamida 800 mm bo‘lishi va tashqi tarafidan g‘ov (to‘siq) lar o‘rnatilishi lozim. Mustahkamlik halqasi rezervuar devoriga mahkamlangan tirgaklar bilan jihozlanishi zarur. 93. Eng yuqoridagi mustahkamlovchi halqaning kesimi undagi eng maksimal egilish momenti (M) ga muvofiq ravishda tanlanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: (20) Formulada shamoldan yuklama (zo‘riqish)ga kafolat koeffitsiyenti 1,4 deb qabul qilingan. 94. Agar eng yuqoridagi halqa po‘lat varaqlar rezervuar devoriga yoppasiga burchakli chok qilib payvandlangan bo‘lsa, halqaning inersiya momentiga payvand joyidan pastga va yuqoriga poyasning 15 karra qalinligi miqdorida devor qatlamining qismini qo‘shib hisoblash lozim. 95. 85-punktda bayon etilgan uslub bo‘yicha payvandlanadigan joyi aniqlangan oraliq mustahkamlovchi halqani o‘rnatish zarurati tug‘ilganda, kerak bo‘lgan kesimning egilish momentini inobatga olib aniqlanadi: (21) bunda: Hr max — devorning redutsirlangan balandligi o‘lchami (m) hisoblanib, 81-punktdagi usulda aniqlanadi. 96. Mustahkamlovchi oraliq halqaning inersiya momentiga eni 2(rtpi)0,5 dan yuqori va halqa payvandlangan joydan pastroq darajani yoki devorning tashqi yuzasiga nisbatan hisob-kitob qilib aniqlash mumkin. 97. Yuqoridagi mustahkamlik halqa tirgagining kesimini va ular orasidagi tirqishni hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. 98. Mustahkamlik halqalarini devordagi gorizontal payvand choklaridan kamida 150 mm masofaga joylashtiriladi. 99. Mustahkamlik halqalarining elementlarini rezervuar devoriga mahkamlovchi konstruksiyalar loyihada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Halqaning seksiyalari o‘zaro uchma-uch choklar qilib to‘liq eritib yoki boshqa usulda ulanadi. 100. Rezervuarda yong‘inga suv sepish tizimi mavjud bo‘lsa, mustahkamlik halqasining konstruksiyasini halqadan pastga ham suv sepaoladigan qilib o‘rnatish lozim. 7 - §. Statsionar (doimiy) tomlar 101. Mazkur bo‘limda statsionar (turg‘un) tomlar konstruksiyalariga bo‘lgan talablar bayon etiladi. Konstruksiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: a) konussimon qobiq to‘shama hisobiga konussimon o‘zini o‘zi ushlab turadigan tom; b) karkas va to‘shama elementlaridan iborat karkasli konussimon tom; v) yuzasi sferik shaklga o‘xshash va karkasning egilgan elementlari va to‘shamaning yirik elementlaridan tuzilgan gumbazli tom. Mazkur Qoidalarning umumiy talablarini bajarish sharti bilan boshqa konstruksiyadagi tomlarni ham qo‘llash mumkin. 102. Barcha tomlar, perimetri bo‘ylab, mustahkamlovchi halqa elementlaridan foydalanib, rezervuar devoriga tayanib turadi. Halqa hosil qiladigan burchakning minimal miqdori 63 x 5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 103. Elementlarning minimal nominal qalinligi 4 mm deb qabul qilinadi. Ishlatish sharoitlari ishlash muddati va korroziya tezligini hisobga olib korroziya uchun qo‘shimcha qalinlik olish mumkin. 104. Tomning barcha elementlari va uzellarini loyihalashda, ularda ro‘y beradigan maksimal kuchlanish darajasi hisob-kitobdagi miqdordan ziyod bo‘lmasligi kerak (korroziyaga nisbatan qo‘yimni hisobga olmay). 105. O‘zini-o‘zi ushlab turadigan konussimon tomlar uchun tavsiya etiladigan geometrik parametrlar: tomni tashkil etuvchi elementlarning gorizontal tekislikka nisbatan qiyaligi maksimal 30°, minimali esa 15o bo‘lishi lozim. 106. Konussimon tom tasma (polotna)sining hisob-kitob qilingan minimal qalinligi (tk), mustahkamligi shartiga ko‘ra, korroziyaga nisbatan qo‘yimsiz quyidagi formula bilan aniqlanadi: (22) bunda: R — hisoblangan zo‘riqish (nagruzka), kgf/cm2; R= 1,05 gm + 0,95x 1,2 gu + 0,9x 1,6s + 0,95x 1,2 Rvak, (23) bu yerda, gm — 1 m2 tom varag‘i (listi) ning massasi, kg; gu — 1 m2 issiqlik saqlovchi o‘ramaning massasi, kg; s — qordan zo‘riqishning to‘liq normativ miqdori, kg; R vak — rezervuar tomi ostidagi hosil bo‘lgan nisbiy siyraklanish miqdori (vakuum), kgf/sm2; E — po‘latning egiluvchanlik moduli, kg/sm2; θ —tom bilan gorizontal tekislik o‘rtasidagi burchak, gradus. Mazkur formulani θ<30° va r/(tksinθ) > 274 sharti bajarilgandagina qo‘llash mumkin va uni tk uchun birinchi yaqinligi aniqlangandan (hisob-kitob qilingandan) keyin tekshirib ko‘rish lozim. R — o‘z navbatida tk ning oldindan noma’lum bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun hisob-kitob paytida bir nechta ketma-ket yaqinlashuv talab qilinib, boshlang‘ich yaqinlashuv uchun minimal nominal qalinlik (104-punkt) ni qabul qilish mumkin. 107. Tomning qoplamasini rulonli tasmalar (bitta yoki bir necha qismdan iborat) yoki varaqli tunukalardan montaj qilish usuli bilan yasalishi mumkin. 108. Tomni devorning tepasiga mahkamlash (ulash) uzelini 3.7 - rasmda ko‘rsatilgan variantlardan biriga o‘xshatib biriktirish mumkin. Mazkur uzel halqali cho‘zilish kuchlanishi (Nk) gorizontga nisbatan quyidagi formulada hisoblangan burchak θ ostida bo‘lishi kerak. (24) bunda: R — 106-punktdagi formula orqali hisoblangan yuklama (zo‘riqish). 109. Ortiqcha ichki bosimda ishlayotgan rezervuarlar tomini devor tepasiga mahkamlash uzeli halqani siquvchi kuchlanishga hisoblanadi: (25) bunda: R — maksimal ortiqcha bosim, kgf/sm2 ; gmin — tom vaznidan tushadigan minimal vertikal yuklanish, gmin= 0,9 (gm +gu). Uzel pogon (uzunlik) kuchlanishi (Nk) ning mustahkamligiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 110. 3.7-rasmda uzelning ko‘ndalang kesimi shtrixlab belgilab qo‘yilgan. Undan Nk - kuchlanishning qabul qilish uchun foydalanish mumkin. Hisob-kitob qilingan maydon quyidagi formula bilan aniqlanadigan Ik _ kenglikdagi tomning uchastkasidan iborat: (26) rezervuar devori uchastkasining kengligi - ls (27) va elementlarning mustahkamlovchi uzellarini hisobga olish zarur. 111. Gorizontal yuzaga nisbatan tomning qiyalik burchagi ≈ 6° (nishablik 1:10) dan ≈ 9,5° (nishablik 1:6) gacha deb qabul qilinadi. 112. Karkasli konussimon tomlarning quyidagi ikkita turini qo‘llash tavsiya etiladi: a) karkas elementlari bilan qoplama o‘zaro ulanishidan iborat yig‘ma shchitlar; b) asosiy elementlarga payvandlanmagan taglikli tomlar. Shchitlar va tom stropillari rezervuar devorlari va markaziy halqaga mahkamlanadi. 113. Tomning shchitlari yoki taglik tasmalar o‘zaro bir-birining ustiga chiqarib, yuqoridan uzluksiz burchakli chok yasab payvandlanadi. Tajovuzkor mahsulotlar saqlanadigan rezervuarlardagi tom qoplamasi varaq (tasma) larini karkasga ham ustidan, ham tagidan uzluksiz burchakli chok bilan payvandlanadi. 114. Tomning tagligi devorning yuqorisiga eng minimal o‘lcham (63 x 5 mm) li halqali burchak orqali mahkamlanadi. 115. O‘zini-o‘zi ushlab turadigan gumbazli (sharsimon) tomlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) sferik yuzaning minimal radiusi 0,8 D bo‘lishi; b) maksimal radiusi — 1,5 D bo‘lishi (D — rezervuar diametri); v) qoplamasining minimal qalinligi - 5 mm. 116. Gumbaz karkasli tomlar shchitlar tarzida yoki karkas elementlari va qoplash varaqlaridan yasalishi mumkin. 117. Konussimon va gumbazli tomlar uchun rezervuar tomlariga karkas va uzellarni mahkamlash, 106-punktda aniqlangan R hisoblab chiqilgan yuklama (nagruzka) ta’siriga dosh beraoladigan mustahkamlikka va 109-punktda aniqlangan Ri — gmin yuklamadan turg‘unligiga (ortiqcha bosimda ishlayotgan rezervuarlar uchun) hisoblab chiqiladi. 8 - §. Suzuvchi tomlar 118. Suzuvchi tomlar, statsionar (turg‘un) tomsiz, gorizontal yer yuzasining har 1 m2 ga 1,5 kRa massadagi qor qoplamasi hosil bo‘ladigan rayonlarda joylashgan rezervuarlarda qo‘llaniladi. 119. Suzuvchi tomlar quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin: a) perimetri bo‘ylab joylashgan germetik korobalari bor, yakkadeka konstruksiyali suzuvchi tomlar; b) butun yuzasi germetik korobalar bilan qoplangan qo‘shdeka konstruksiyali suzuvchi tomlar; v) qalqib turadigan suzuvchi tom. 120. Suzuvchi tomlarni loyihalashda rezervuarlarni to‘ldirganda yoki bo‘shatganda, tomning cho‘kib ketishi yoki uning konstruktiv elementlari, hamda rezervuarning tubidagi va devorlaridagi texnologik elementlar va moslamalar buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini rejalashtirish zarur. 121. Rezervuarda saqlanadigan mahsulotning zichligi (solishtirma og‘irligi) qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, suzuvchi tomlar solishtirma og‘irligi 0,7 t/m3 zichlikdagi mahsulot solinganda suza oladigan qilib hisob-kitob qilinadi. 122. Yakkadekali suzuvchi tomlarning markaziy qismidagi va ikkita bir-biriga yaqin suzgich (koroba) laridagi germetiklik yo‘qolganda ham suzib (qalqib) turishi ta’minlanishi kerak. Qo‘shdekali tomlarning ikkita qo‘shni suzgich (koroba) laridagi germetiklik yo‘qolganda ham suzuvchanligi ta’minlanishi lozim. Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, suzuvchi tomlarda to‘plangan yog‘in suvlarini bevosita saqlanayotgan mahsulot ustiga tushiruvchi avariyali suv tashlagich o‘rnatilishi mumkin. Suzuvchi tomning konstruksiyasi rezervuar bo‘shatilgan paytda tayanchlarda turganda, taqsimlangan 1,5 kRa yuklama (zo‘riqish) ga dosh beraoladigan, yetarli darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim. 123. Suzuvchi tom va rezervuardagi mahsulot orasida bug‘-havo aralashmasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tom mahsulotga tegib turishi kerak. 124. Suzuvchi tomning markaziy qismi va har bir suzgichi (korobasi) germetik bo‘lib, tegishli usullar bilan (vakuum kamera yoki sizib kiruvchi suyuqlik) sinalishi lozim. Suzgichning yuqori qismiga kuzatish lyuki (tirqishi) o‘rnatilib, o‘sha yerdan germetiklikka tekshirib turiladi. Lyukning konstruksiyasi va gardishi suzgich (koroba) ichiga yog‘in tushmasligini ta’minlashi kerak. 3.8 - rasm. Sharsimon tomni rezervuar devoriga ulash usullari 125. Suzuvchi tomlarning konstruksiyasi yog‘in suvlarini suvyig‘ish punktiga to‘plab, keyinchalik rezervuarlar (park) tashqarisiga chiqarib yuborishga imkon berishini ta’minlashi kerak. Yakkadekali suzuvchi tomning suvyig‘ish qurilmasi, suvtashlagich quvuro‘tkazgichlaridagi germetiklik yo‘qolganda, suzuvchi tomga saqlanayotgan mahsulot tushmasligini kafolatlovchi teskari klapan o‘rnatilishi lozim. Asosiy suvtashlagichning nominal diametri quyidagicha bo‘lishi kerak: a) diametri 30 m gacha bo‘lgan rezervuarlar uchun — 75 mm; b) diametri 30 m dan 60 m gacha bo‘lgan rezervuarlar uchun — 100 mm; v) diametri 60 m dan ziyod bo‘lgan rezervuarlar uchun — 150 mm. Suzuvchi tomga, uning balandligiga qarab avtomatik tarzda kerakli holatga moslanuvchi narvon orqali chiqiladi. Ishlatiladigan narvonlardan biri sifatida sirpanuvchi narvonni tavsiya etish mumkin. Ushbu narvonning yuqori qismi rezervuar devoriga sharnir yordamida mahkamlanib, pastki qismidagi rolik (g‘ildirakcha) lar suzuvchi tomga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi yo‘l (relschalar) bo‘ylab harakatlanadi. Sirpanuvchi narvonning ikkala tomonida to‘siqlar, pog‘onalari o‘z-o‘zidan tekis holga keladigan bo‘lib, har qanday holatida ham o‘rta nuqtasiga tushadigan vertikal yuklama (yuk) 5 kN ga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 126. Tomning tashqi cheti bilan rezervuar devorlari orasidagi hamda tomdagi naycha (quvur) lar bilan yo‘naltirgich o‘rtasidagi tirqishlar maxsus qurilma (berkitgich) lar yordamida hosil qilinadi. 127. Berkitgich uchun ishlatilgan material saqlanadigan mahsulotga o‘zining gaz zichligi (solishtirma og‘irligi), eski-yangiligi, eyilishga dosh beraolishi, harorat va boshqa omillar bo‘yicha mos kelishi kerak. 128. Rezervuar devori bilan ponton oralig‘idagi tirqishning o‘lchami ishlatiladigan berkitgichning konstruksiyasiga mos bo‘lishi zarur. 129. Suzuvchi tomlar, rezervuar tagida odam yuraoladigan balandlik (1800 mm) dagi tayanch ustunlar ustida turadigan holatda bo‘lishi kerak. Buyurtmachining talabiga binoan suzuvchi tomlar pastda 2 xil (ishchi va ta’mirlash) holatda to‘xtatib turadigan tayanch ustunli bo‘lishi mumkin. Quvurlar yoki boshqa yopiq profillardan yasalgan tayanch ustunlarida suyuqlikni chiqaruvchi tashlama teshiklar qoldirilgan bo‘lishi lozim. Suzuvchi tomning rezervuar tagiga, tushadigan nagruzkasini bir maromda taqsimlanishi uchun suzuvchi tomlar turadigan tayanch ustunlari tagiga, rezervuar tubiga yoppa chok hosil qilib payvandlangan po‘lat qistirmalar qo‘yiladi. 130. Suzuvchi tomlarda nominal diametri kamida 600 mm li, rezervuarni shamollatish yoki unda mahsulot yo‘q paytida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiraoladigan eng kamida bitta lyuk (yorug‘lik tuynugi) va diametri 800 mm li bitta montaj qilish lyuki bo‘lishi kerak. 131. Suzuvchi tomlar aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun pastki qismi perforatsiyalangan (teshiklari bor) quvurdan yo‘naltiruvchidan (mahkam ushlab turuvchi) sifatida foydalaniladi. Mazkur quvur bir vaqtning o‘zida texnologik vazifalar (ichida namuna olish uchun yoki mahsulot sathini o‘lchash uchun qurilmali) ni bajarishi mumkin. 132. Suzuvchi tomning barcha qismlari, xususan sirpanuvchi narvon ham elektr tokiga nisbatan bir-biri va devor bilan o‘zaro ulangan bo‘lishi lozim. 9 - §. Pontonlar 133. Pontonlar turg‘un tomli rezervuarlarda qo‘llanilib, undagi mahsulotning bug‘lanib isrof bo‘lishini kamaytirishga mo‘ljallanadi. Pontonli rezervuarlar ichki bosim va vakuumsiz ishlatilishi kerak. 134. Pontonlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: a) perimetri bo‘ylab joylashtirilgan ochiq yoki yopiq suzgich (koroba) li membranali pontonlar; b) butun maydoni bo‘ylab qo‘shdekali konstruksiyadagi germetik suzgich (koroba) lari joylashtirilgan pontonlar; v) germetik qoplamali qalqib turuvchi pontonlar; g) yuzasi penopoliuretan bilan qoplangan ko‘pqatlamli pontonlar. 135. Pontonning konstruksiyasi uni rezervuarning butun balandligi bo‘yicha qiyshaymay va aylanmay ishlashini ta’minlashi kerak. 136. Pontonning chetki devori (borti) cho‘kib turishini hisobga olganda, mahsulot sathidan kamida 150 mm baland bo‘lishi lozim. Pontonning quvurchalari ham xuddi shunday balandlikda bo‘lishi zarur. 137. Pontonning konstruksiyasi, rezervuarda saqlanayotgan mahsulotning solishtirma og‘irligini hisobga olgan holda, o‘zining suza olish zaxirasini ta’minlashi kerak. Ichi bo‘sh suzgich (koroba) lari bor pontonning suzuvchanligini hisoblash har qanday ikkita suzgich va pontonning markaziy qismida germetiklik yo‘qolgan holat uchun o‘tkaziladi. 138. Pontonning po‘lat yoki alyuminli qotishmalardan yasalgan elementlarining qalinligini belgilashda, ularning mustahkamlik va deformatsiya (shaklini o‘zgartirish) ga doir hisob-kitoblar, hamda muayyan ishlatish sharoitidagi korroziyaga dosh beraolish xossalarini asos qilib olish lozim. 139. Pontonning mahsulot yoki uning bug‘lari bevosita ta’sir qiladigan barcha ulanmalari zichlangan va germetiklikka tekshirilgan bo‘lishi kerak. Zichlovchi materiallar saqlanayotgan mahsulot bilan xossalari jihatidan o‘zaro mos bo‘lishi zarur. 140. Pontonning holati turg‘un (mahkamlangan) yoki sozlanuvchan (o‘zgaruvchan) tayanch (ustun) lar yordamida ushlab turiladi. Uning eng quyi (pastki) ishchi holati ponton konstruksiyasi rezervuar ichidagi devorlaridan yoki tagidagi pontonning pastga tushishiga to‘sqinlik qiladigan turli uskuna va qurilmalardan yuqorida bo‘lishi kerak. Berk profillardan yasalgan tayanch (ustun) larning pastki va yuqori qismida tashlama va tozalash uchun teshikchalari bo‘lishi lozim. Buzilishlar va zichlik yo‘qolishining oldini olish uchun tayanch (ustun) larning ponton elementlariga mahkamlanadigan joylariga alohida e’tibor berish zarur. 141. 134-punktda tarif berilgan a) va b) turidagi pontonlardan rezervuar tubiga tushadigan dinamik zo‘riqishni bir maromda taqsimlash uchun ponton tayanchlarining tagiga po‘lat qistirmalar qo‘yib, ularni rezervuar tubiga yoppa chok usulida payvandlab tashlanadi. 142. Pontonni yasashga doir hisob-kitob qilganda, quyidagilarga e’tibor berish kerak. Ponton suzib turganda yoki tayanch ustunlarda turganda, ponton ustida turli yo‘nalishda harakatlanayotgan eng kamida 2 kishini (2 kN) bemalol ko‘tarib turaolishi, buzilib ketmasligi, hamda rezervuar ichidagi mahsulot ponton ustiga chiqib ketmasligi kerak. 143. Ponton aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun trosli yoki boshqa konstruksiyalardan foydalanish mumkin. 144. Pontonlarning qoplamasiga yuklanish tushishining oldini olish uchun, ventilatsiya qurilmalarini pontonning quvuriga o‘rnatish mumkin. Mazkur qurilma, rezervuarni to‘ldirish yoki bo‘shatish paytida, eng quyi ish holatida, tayanchlarda turgan pontonning tagidagi havo va gazni yetarli darajada harakatlantiradigan bo‘lishi kerak. Har holda (ventilatsiya qurilmasi bor yoki yo‘qligida) ponton tayanchlarda turganda, rezervuarni to‘ldirish yoki bo‘shatish tezligi, muayyan rezervuar uchun iloji boricha eng minimal bo‘lishi zarur. 145. Turg‘un tomda yoki pontonli rezervuarning devorida eng kamida 2 ta ventilatsiya (shamollatish) quvurcha (teshik) lari bo‘lib, ular perimetr bo‘yicha har 10 m ga joylashtiriladi. Bundan tashqari tom markaziga bitta quvurcha o‘rnatiladi. Mazkur quvurchalarning umumiy ochiq maydoni rezervuar diametrining har bir metriga 0,06 m2 ga teng yoki undan ziyod bo‘lishi kerak. Rezervuarni ishlatish paytida ventilatsiya quvurchalarining teshigining kataklari 10x10 mm li zanglamaydigan po‘latdan yasalgan to‘r va yog‘in-sochindan saqlovchi tunuka g‘iloflar bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. 146. Pontonning ustiga chiqish uchun rezervuarning devorida eng kamida bitta tuynuk (lyuk) bo‘lishi va u orqali tayanch ustunlarda turgan pontonga chiqish imkoniyati bo‘lishi zarur. 147. Pontonli rezervuarning turg‘un tomiga, pontonning perimetri bo‘ylab zichlashuvini nazorat qilish uchun, eng kamida 2 ta kuzatish lyuklari o‘rnatilishi kerak. Lyuklar orasidagi masofa 20 m dan katta bo‘lmasligi lozim. 148. Pontondagi barcha tok o‘tkazuvchi qismlari o‘zaro va rezervuarning tashqi konstruksiyasiga ulangan bo‘lishi zarur. Mazkur ishni rezervuarning turg‘un tomidan pontonga keladigan (teng taqsimlangan kamida ikkita) egiluvchan kabellar yordamida bajarish mumkin. Kabelni ularning pishiqligiga, korroziyaga bardoshligiga, elektr qarshiligiga ulanishning ishonchliligiga, egiluvchanligiga va ishlash muddatiga qarab tanlanadi. 149. Pontonning tepa qismida turib, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan berk suzgich (koroba) lardagi germetiklikni tekshirish uchun ular qopqoqli lyuklar bilan jihozlanishi kerak. 10 - §. Devorlari himoyalangan rezervuarlar 150. Devorlari himoyalangan rezervuarlarni loyihalab tayyorlash va montaj qilishda mazkur Qoidalarning talablari va ushbu paragrafdagi qo‘shimcha ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. 151. Devorlari himoyalangan rezervuarlar mahsulotni saqlash uchun belgilangan, ichki rezervuardan va avariya holatlarida yoki asosiy rezervuarning germetikligi buzilganda, mahsulotni ushlab turish uchun belgilangan himoyali tashqi rezervuardan iborat bo‘ladi. Asosiy rezervuar turg‘un tomli yoki suzuvchi tomli qilib yasalgan bo‘lishi mumkin. 152. Rezervuardagi himoyalovchi devorning balandligi asosiy rezervuar devori balandligining kamida 80 % ini tashkil qilishi kerak. Himoyalovchi rezervuarning diametrini tanlashda, quyidagilarga e’tibor berish lozim ichki rezervuar buzilgan (yorilgan) taqdirda va mahsulotning bir qismi himoyalovchi rezervuarga oqib o‘tganda, himoyalovchi rezervuardagi mahsulotning sathi rezervuar devorining eng yuqori nuqtasidan 1 m ga past bo‘lishi, hamda devorlar orasidagi bo‘shliqning kengligi kamida 1,5 m bo‘lishi lozim. 153. Asosiy rezervuarning tubi himoyalovchi rezervuarning tubiga bevosita tayanib turishi yoki sizib (oqib) chiqish holatlarini to‘liq nazorat qilib borish uchun rezervuarlar tubini bir-biridan ajratib turuvchi panjara, armaturali to‘r yoki boshqa qistirmalarga tayanib turishi lozim. Himoyalovchi devorli rezervuarning tubidagi nishablik faqat tashqariga qarab yasalgan bo‘ladi. 154. Devorlari himoyalangan rezervuarni, rezervuar parkiga joylashtirganda, belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalari va yong‘inga qarshi talablarga rioya qilish lozim. Ayni paytda himoyalovchi devorli rezervuar diametri uchun asosiy rezervuarning diametrini qabul qilish kerak. Devori himoyalangan rezervuarlar atrofini marzalash shart emas. 155. Himoyalovchi devorli rezervuarlar 2 etapda sinovdan o‘tkaziladi: a) birinchi etapda — asosiy rezervuar sinaladi; b) ikkinchi etapda — himoyalovchi rezervuar sinaladi. Devori himoyalangan rezervuarni gidravlik sinashni, asosiy rezervuarni himoyalovchi devor balandligigacha suv bilan to‘latilgan holatda, devorlar orasidagi bo‘shliqqa loyihada belgilangan me’yorgacha suv quyib o‘tkaziladi. Sinov natijalari asosida asosiy va himoyalovchi devorli rezervuarlarni sinashga oid alohida-alohida dalolatnoma tuziladi. 156. Devori himoyalangan rezervuar uchun buyurtma berayotganda, buyurtmachi 1-ilovadagi blanka shaklida, himoya rezervuarining asosiy parametrlari haqida erkin yozuvda berishi kerak. 11 - §. Devordagi patrubkalar va kirish tuynuk (lyuk) lari 157. Patrubkalar va kirish tuynuk (lyuk)lar konstruksiyasi rezervuar devoriga ekvivalent bo‘laoladigan pishiqlikka ega va germetik ulamali bo‘lishi kerak. 158. Rezervuarning pastki poyaslarida joylashgan patrubkalar va lyuklarning ulanish joylari, odatda, gidrostatik vazndan, quvuro‘tkazgichlardan yuklamalar, rezervuar cho‘kishidan zo‘riqish va egilish momentlari ta’siriga uchraydi. Shuning uchun, ulanadigan quvuro‘tkazgichlarning tashqi yuklanishini kompensatsiyalovchi qurilmalar hisobiga ozaytirish maqsadga muvofiqdir. 159. Patrubka va lyuklar o‘rnatish uchun rezervuar devorlarida ochilgan teshiklarning qirg‘oqlari tozalanib, g‘adir-budirlari 1 mm kattalikkacha tekislanishi kerak. Hisob-kitob qilingan harorat (iqlim) minus 40° S dan past bo‘lgan joylar uchun mazkur o‘lcham 0,5 mm dan katta bo‘lmasligi lozim. 160. Patrubka va lyuklar uchun ochilgan devordagi barcha teshiklar atrofiga butun perimetri bo‘ylab qoplama (yoqa) o‘rnatilib, mustahkamlash kerak. Diametri 50 mm gacha bo‘lgan patrubka o‘rnatiladigan teshiklarga mustahkamlovchi qoplama qo‘yish shart emas. Qoplamaning ko‘ndalang kesimidagi minimal maydon (kattaligi) teshik diametrini rezervuar devori qalinligiga (teshik diametriga mos keluvchi vertikal yo‘nalishda) ko‘paytmasidan kam bo‘lmasligi kerak. Qoplamaning qalinligini devor qalinligiga teng qilib tanlash tavsiya etiladi. Devorning muayyan joyiga qalinroq qoplama qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur nuqtadagi teshikka mustahkamlovchi qoplama qo‘yish shart emas. Mazkur masala tegishli hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. 161. Qoplama uchun ishlatiladigan metallning pishiqligi devor materialiga o‘xshash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mustahkamlash samaradorligini saqlash sharti bilan pishiqligi bo‘yicha devordagi asosiy metall pishiqligining 80 % ni tashkil etadigan materialni qo‘llash mumkin. Pishiqligi bo‘yicha asosiy material pishiqligidan yuqori bo‘lgan qoplamani ishlatganda pishiqlik zaxirasi hisobga olinmaydi. 162. Patrubkalarni rezervuar devoriga yoppa chok hosil qilib, devor materialini to‘liq eritish yo‘li bilan payvandlanadi. Qoplamani rezervuar devoriga va patrubka gardishiga yoppa burchakli chok hosil qilib ulashdagi katet (K) ning parametrlari va o‘lchamlari standart talablariga mos bo‘lishi kerak. 163. Mustahkamlovchi qoplamalarda patrubka yoki lyukning gorizontal o‘qi bo‘ylab joylashgan nazorat teshikchalari (M10) bo‘lishi kerak. Gorizontal chok yasab payvandlangan mustahkamlovchi qoplama ikkita qismdan iborat bo‘lsa, nazorat teshikchalarni (qoplamaning har bir qismida bittadan) o‘rta qismida yarimqoplama balandligi bo‘yicha joylashtiriladi. 164. Patrubkalarning tavsiya etilayotgan shartli kesimi (diametrlari) quyidagilar: 80, 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500, 600, 700 mm. Patrubkalarning konstruksiyalari 3.4 - jadvalda berilgan va 3.9-rasmga mos qilib yasaladi. 3.4 - jadval Quvurning shartli diametri, mm Quvur gardishining minimal qalinligi, To, mm Devordan flanetsning fasad yuzasigacha bo‘lgan minimal masofa, L, mm Mustaxkam lovchi qoplamaning diametri, Dn, mm Tagidan patrubka o‘qigacha bo‘lgan minimal masofa, N, mm Mustaxkam-lovchi halqali qoplamali Mustaxkamlovchi “P” – simon qoplamali 80 5 200 180 200 150 100 5 200 220 250 150 150 6 200 320 300 200 200 6 250 440 340 240 250 8 250 550 390 290 300 8 250 650 450 340 350 10 300 760 500 390 400 10 300 860 550 430 500 12 350 1060 650 530 600 12 350 - - 600 700 12 350 - - 600 3.9-rasm. Rezervuar devoridagi quvurning umumiy ko‘rinishi 165. Patrubkalar va flanetslarning shartli bosimi uchun hisob-kitoblar loyihalashning texnik topshiriq qismda belgilangan bo‘ladi. Agar buyurtmada boshqa shartlar aytilmagan bo‘lsa, patrubkalarning flanetslari mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim. 166. Montaj qilish, ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mir ishlarini o‘tkazish jarayonida rezervuar ichiga kirish uchun har bir rezervuarning eng pastki poyasida kamida bitta lyuk, bundan tashqari pontonli (suzuvchi tomli) rezervuarlarning yuqori qismida ponton (suzuvchi tom) ustiga chiqish uchun kamida bitta lyuk bo‘lishi kerak. 167. Tuynukli lyuklarning shartli diametri kamida 600 mm bo‘lishi lozim. Lyuk-tuynuklarning asosiy parametrlari va konstruksiyasi 3.5-jadvalda va 3.10; 3.11; 3.12 va 3.13-rasmlarda berilgan. 3.5-jadval Lyuk-tuynuklarning asosiy parametrlari Nomi Belgilari Lyukning o‘lchami Du 600 Du 800
1 2 3 4
D 755 975
Boltlar soni, sht n 20 24 Bolt rezbasining nominal diametri, mm Mb 24 27 Bolt o‘rnatiladigan teshik diametri, mm do 26 30 Qopqoqning minimal qalinligi, mm Tk 16 21 Qopqoqning qalin qismi diametri, mm DuT 670 880 Qopqoqning do‘ng qismi diametri, mm DB 590 780 Gardishning tashqi diametri, mm Do 630 820 Gardishning minimal qalinligi, mm To Rezervuar devorining quyidagi qalinligida: 6 mm gacha 6 6 dan 10 mm gacha 8 10 dan 15 mm gacha 10 15 dan 22 mm gacha 12 22 dan 26 mm gacha 14 26 dan 32 mm gacha 16 32 dan 38 mm gacha 20 Mustahkamlovchi qoplamaning tashqi diametri, mm DH 1260 1640 Mustahkamlovchi qoplamani payvandlashdagi chok kateti, mm Ko Rezervuar devorining quyidagi qalinligida: 10 mm gacha 6 10 dan 15 mm gacha 8 15 dan 22 mm gacha 10 22 dan 26 mm gacha 12 26 dan 32 mm gacha 14 32 dan 38 mm gacha 16 3.10-rasm. Devorning I - poyasidagi doirasimon lyuk-tuynuk 3.11-rasm. Devorning I - poyasidagi ovalsimon lyuk-tuynuk (600 x 900 mm)
3.13-rasm. Devorning III - poyasidagi doirasimon lyuk-tuynuk (pontonli rezervuar) 3.5 - jadvalda berilgan lyuklar flanetsining parametrlari, shartli bosim Ru = 0,25 MRa ga mos keladigan standart asosida olinadi. Ovalsimon 600 x 900 mm o‘lchamli lyuk-tuynuk konstruksiyasi 3.11; 3.12 -rasmlarga va 3.6-jadvalga mos bo‘lishi kerak.(shartli diametri Dsh = 600 va Dsh = 800 tt bo‘lgan lyuklar uchun To— gardishning qalinligi, chok kateti Ko qabul qilinadi. Mustahkamlovchi qoplamasi rezervuar tubigacha borgan ovalsimon lyuk-tuynuklarning qoplamani rezervuar tubiga payvandlashdagi chok burchagining kateti (Kf) 3.6 - jadval bo‘yicha aniqlanadi. I - poyasdagi lyuk-tuynukning mustahkamlovchi qoplamasi 2 xil variantda bo‘lishi mumkin: a) tubigacha (3.11 -rasmga qarang); b) III-poyasdagi ovalsimon lyuk-tuynukka o‘xshash (3.12-rasm). 168. Lyuklarning qopqog‘ida uning oson ochilishini ta’minlaydigan burash qurilmasi bo‘lishi kerak. 3.6-jadval Mustahkamlovchi qoplamaning qalinligi, T = t, mm 5—10 11—15
16—20 21—26
26—38 Chok kateti, Kf mm 4 6 8 9 12 12 - §. Tomdagi quvurchalar va lyuklar 169. Rezervuar tomiga o‘rnatiladigan turli qurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan quvurchalarning soni va nomenklaturasi, rezervuarning hajmi va vazifalariga ko‘ra loyihalash uchun berilgan hujjatlarda belgilangan bo‘ladi. 170. Quvurchalarning tavsiya qilinadigan diametrlari 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400 va 500 tt bo‘lishi mumkin. Ularning konstruksiyasi 3.14-rasm va 3.7-jadvalga mos bo‘lishi kerak. 171. Quvurchalarga o‘rnatiladigan flanetslar, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat standartlariga mos bo‘lib, Ru = 0,25—1,6 MRa shartli bosimga dosh beraolishi lozim. 172. Ortiqcha bosimda ishlatiladigan rezervuarning tomidagi barcha quvurchalarga rezervuarni sinash paytida germetiklikni ta’minlovchi, vaqtinchalik tiqinlar o‘rnatilishi zarur. 3.14-rasm. Tom ustidagi quvurchalar 3.7-jadval Quvurchaning shartli diametri tt Quvurcha uchun gardishning qalinligi Tg, mm Mustahkamlovchi varaq (list) ning diametri Dn,mm 100 5 220 150 5 320 200 5 440 250 6 550 300 6 650 350 6 760 400 6 860 500 6 1060 173. Rezervuar ichidagi ishlarni bajarishda, uning ichini ko‘zdan kechirish, hamda shamollatish uchun har bir rezervuar tomida eng kamida 2 ta lyuk (yorug‘lik lyuklari) bo‘lishi kerak. Ularni o‘rnatish konstruksiyasi 3.15-rasmdagiga mos bo‘lishi zarur. 3.15 - rasm. Yorug‘lik lyuki Du 500 13 - §. Narvon (zinapoya) lar, maydonchalar va o‘tish joylari 174. Rezervuar ustiga chiqish uchun qo‘llaniladigan narvonlar o‘zining poydevoriga o‘rnatilgan, alohida turadigan yoki rezervuar devorlariga tayanib turadigan halqasimon turlarda bo‘lishi mumkin. Alohida turgan narvonni rezervuarning eng yuqori poyasi sathi (balandligi)ga yoki eng yuqoridagi mustahkamlik elementi va o‘tadigan poyaslarga ulab o‘rnatilib, poydevorning cho‘kishi tufayli konstruksiyalar siljishini hisobga olish zarur. Shaxtali narvonlar poydevorga ankerli boltlar yordamida mahkamlanadi. Qo‘shni (yonma-yon) turgan rezervuarlar o‘zaro o‘tish joylari (ko‘prikchalar) bilan ulanishi kerak. Har bir rezervuar guruhida kamida 2 ta (qarama-qarshi tomonlarda bittadan) narvon bo‘lishi lozim. 175. Narvonlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi zarur: a) pillapoyalari teshik-teshik yoki g‘adir-budir metalldan yasalib, hamda har ikkala tomonida balandligi 150 gat keladigan bortchalar yopishtirilgan, odam oyog‘i sirpanib ketmaydigan bo‘lishi kerak; b) narvonning minimal kengligi (eni)—650 tt; v) gorizontal tekislikka nisbatan eng kamida 50o qiyalatib o‘rnatilishi; g) pillapoyalarning minimal kengligi — 200 mm; d) pillapoyalar narvonning uzunligi bo‘ylab bir xil masofa (eng ko‘pi bilan 250 tt) da, hamda ichkari tomonga 2—5° nishab qilib o‘rnatilishi; e) narvonning chetlaridagi tutqichlari o‘tish joylari va maydonchalar tutqichlari bilan uzviy bog‘lanishi va eng yuqori nuqtasida 0,9 kN o‘lchamdagi yuklama (og‘irlik) ga dosh beraolishi zarur; z) narvon konstruksiyasining bir nuqtasiga tushadigan yuklama (og‘irlik) 4,5 kN bo‘lishi; i) tutqichlar tayanchlarining orasi 2,5 m dan ziyod bo‘lmasligi; k) agar rezervuar devori bilan narvon oralig‘idagi masofa 200 mm dan ziyod bo‘lsa, halqasimon narvonning har ikkala tomoniga tutqichlar o‘rnatilishi va oraliq maydonchaning tagligi bilan rezervuar devori oralig‘i 150 mm dan katta bo‘lmasligi kerak; l) halqasimon narvonlar rezervuar devoriga yoppasiga mahkamlanishi va eng pastdagi pog‘onasi yerdan 100 — 200 tt yuqorida bo‘lishi zarur; m) balandligi 9 m dan ziyod bo‘lgan narvonlar konstruksiyasida har 6 m quriladigan oraliq maydonchalar ko‘zda tutilishi kerak. Vertikal qo‘shoyoqli narvon (stremyanka)larni odatda tavsiya etilmaydi. Agar zaruratga ko‘ra ishlatiladigan bo‘lsa, 3 m balandlikka ega bo‘lgan stremyankada xavfsizlik qafascha (to‘siq) bo‘lishi lozim. 176. Maydoncha, o‘tish joylari va to‘siq (g‘ov) lar quyidagi talablarni inobatga olgan holda yasalishi zarur: a) o‘tish joylarining ochiq tomoni tutqichlar bilan jihozlanishi; b) statsionar tomli rezervuarlarning zarur joylariga (doimiy tekshirish yoki foydalanishni talab qiladigan qurilmalar o‘rnatilgan) borish (xizmat ko‘rsatish) uchun maydonchalar joylashtirilishi; v) tomning butun atrofi, hamda maydonchalarning tashqi (markazdan) tomoni g‘ov (to‘siq) bilan o‘ralishi kerak; g) rezervuarning biror qismini qo‘shni rezervuarning biror qismi yoki alohida turgan konstruksiya bilan bog‘lovchi o‘tish joylarida oson almashinadigan konstruksiyalardan iborat tayanch qurilmalari bo‘lishi kerak; d) maydonchalar va o‘tish joylarining poli (tagligi) sirpanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan ilma-teshik metalldan yasalishi kerak; e) maydoncha va o‘tish joylarining eng tagidagi kengligi 700 tt bo‘lishi lozim; j) eng yuqori tutqichning balandligi kamida 1,25 t bo‘lishi zarur; z) bo‘ylama taxtalar orasidagi masofa 400 mm dan ziyod bo‘lmasligi kerak; i) bort bo‘ylab o‘rnatilgan eng past to‘siqning balandligi 150 mm qilib yasaladi; k) yuqorida joylashgan maydonchadagi bortning balandligi eng kamida 150 mm bo‘lib, suv oqib chiqib ketishi uchun 10 mm tirqish qoldirib o‘rnatiladi; l) bort bo‘ylab o‘rnatilgan taxta bilan taglik orasida 20 mm tirqish qoldiriladi; m) taglik yuzasidan to‘siqning o‘rta qismigacha bo‘lgan oraliq 0,5 m atrofida bo‘lishi lozim; n) to‘siqning tayanchlari orasidagi minimal masofa 2,5 m bo‘ladi; o) maydoncha va o‘tish joylarining konstruksiyasi 4,5 kN yuklama (yuk) ga dosh berishi lozim; p) tutqichning biror nuqtasiga tushgan 0,9 kN o‘lchamdagi yukni to‘siq ko‘taraolishi. 14 - §. Rezervuar devoriga ulanadigan konstruktiv elementlar 177. Rezervuar devorlariga ulanadigan konstruktiv elementlar vaqtinchalik (texnologik moslamalar) va doimiy turlariga bo‘linadi. 178. Vaqtinchalik konstruktiv elementlar rezervuarni gidravlik sinovdan o‘tkazishgacha olib tashlanishi natijasida ro‘y bergan nosozliklar yoki yuzasidagi notekisliklar bartaraf etilib tekislanadi. Tozalash va tekislashni prokat qalinligining ruxsat etilgan chegaradan yupqalashib ketmaydigan darajagacha o‘tkazish mumkin. 179. Doimiy konstruktiv elementlar, rezervuarni ishlatish paytida devorlarining (ayniqsa, pastki poyaslardagi) siljishi (holatini o‘zgartirishi) ga xalaqit bermasligi kerak. 180. Konstruktiv elementlarni devorlarga mahkamlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) konstruktiv elementlarni mahkamlovchi payvand choklaridagi burchak katetining o‘lchami devor va payvandlanadigan elementlarning qalinligiga qarab belgilanadi ammo 12 mm dan katta bo‘lmasligi kerak; b) doimiy konstruktiv elementlar rezervuar devoridagi va tubidagi gorizontal payvand choklaridan eng kamida devor qalinligining 5 barobarida, vertikal choklardan, hamda devorning biror konstruktiv element chetidan eng kamida devor qalinligining 10 barobaridagi masofaga o‘rnatilishi kerak; v) doimiy konstruktiv elementlar, chetlari yumaloqlangan kontur bo‘yicha yoppa chok yasab yopishtiriladigan qoplama varaqlarga payvandlanadi; g) vaqtinchalik konstruktiv elementlar devordagi payvand choklaridan 50 tt dan ko‘proq masofaga o‘rnatiladi. 15 - §. Devorni ankerli usulda mahkamlash 181. Rezervuar devorlari quyidagi vaziyatlarda ankerli usulda mahkamlanadi: a) rezervuardagi ortiqcha maksimal bosim rezervuar devori va tomi vaznlarining umumiy yig‘indisidan ziyod bo‘lganda; b) hisobga olingan shamol ta’siridan hosil bo‘luvchi yuklama (zo‘riqish) ichki ortiqcha bosim bilan birga rezervuar devori tashqi konturini enkayishiga olib keluvchi momenti devorlar va tomlar vaznining qayta tiklovchi momentidan katta bo‘lganda; v) seysmik ta’sir ostida bo‘lganda. 182. Ankerli usulda mustahkamlashning konstruksiyalari 3.16-rasmda ko‘rsatilgan. 3.16 - rasm. Devorni ankerli usulda mahkamlash 183. Rezervuarni gidravlik sinovdan o‘tkazishda uni suv bilan to‘latib, ma’lum vaqt ichida ushlab turgandan keyin ankerli boltlarni bir maromda burab mahkamlash kerak. Ayni paytda gaykalar o‘z-o‘zidan bo‘shab ketmasligi uchun kontrgaykalar o‘rnatish zarur. Ankerli boltlarning minimal diametri 24 mm bo‘lishi kerak. 184. Ankerli boltlardagi kuchlanish (zo‘riqish) oqishi (yumshab ketishi) chegarasining 1/2 qismidan ortmasligi zarur. Mazkur o‘lchamlar ankerli boltlar yasalgan metallga doir me’yoriy hujjatlardan olinadi. 185. Ankerli boltlar soni va ular orasidagi masofa tegishli hisob-kitoblar asosida belgilanadi. IV bob. REZERVUAR KONSTRUKSIYALARINI TAYYORLASh 1 - §. Umumiy talablar 186. Rezervuar konstruksiyalarini, mazkur Qoidalarga muvofiq ravishda, zavodda yasash quyidagilar asosida bajariladi: a) metallik konstruksiyalar (keyingi o‘rinlarda — MK) loyihasi bo‘yicha ishlab chiqilgan rezervuar konstruksiyalarining detallashgan metallik konstruksiyalarning (keyingi o‘rinlarda — DMK) ishchi chizmalari asosida; b) belgilangan tartibda tasdiqlangan, mazkur Qoidalar talablarining bajarilishini ta’minlovchi texnologik jarayon asosida. Ushbu Qoidalarda quyidagi texnologik usullarni qo‘llab, zavod sharoitida yasab, so‘ngra rezervuarning varaq (list) li konstruksiyalarini montaj qilish nazarda tutilgan: a) rulonlab montaj qilish usuli; b) list (varaq) larni yig‘ish usuli; v) kombinatsiyalashgan (har ikkalasini qo‘llab) usul. 187. Rulonlab montaj qilish usulini rezervuar devori va tubidagi list (varaq) li konstruksiyalarni, suzuvchi tomning ostki qismini, pontonning ostki qismini, doimiy (statsionar) tomning qoplamasini yasashda qo‘llash mumkin. Mazkur konstruksiyalar transportirovka (tashish) uchun qulay hisoblangan, o‘rab dumaloqlangan rulonli tasmalar shaklida tayyorlanadi. Ushbu punktda ko‘rsatilmagan (rulonlanmagan konstruksiyalar) rezervuarlar konstruksiyasi gabaritli jo‘natiladigan markali-yig‘ma va detallar tarzida tayyorlanadi. 188. Varaq (list)lab yig‘ish usuli bilan 187-punktda ko‘rsatilgan varaq (list) li konstruksiyalar tayyorlanadi; agar rulonlab montaj qilish usulini qo‘llash uchun 210-punkt bo‘yicha chegaraviy qiymatdan oshadigan qalinlikka ega bo‘lsa, iste’molchining maxsus talabi asosida tayyorlanadi. Kombinatsiyalashgan usul 187, 188-punktlarda bayon etilgan varaq (list) lab konstruksiyalar tayyorlash usullarini umumlashtiradi.1> Download 83.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling