Neftning kimyoviy tarkibi Reja Neft va neft maxsulotlari zichligi va trukturasi
Neftning turli fraksiyalarini 1 soat davomida 425 da krekinglanganda hosil bo‘ladigan benzin miqdori
Download 67.82 Kb.
|
Neftning kimyoviy tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft va tabiiy gaz sintezida ishlatiladigan katalitik jarayonlarning turlari va ularning ahamiyati
Neftning turli fraksiyalarini 1 soat davomida 425 da krekinglanganda hosil bo‘ladigan benzin miqdori:
Neft fraksiyalari Hosil bo‘lgan benzin miqdori% Solvint neft – Kerosin 15 Gazoyl 16 Qoldiq 18 Og‘ir distillyat 22 Neft va tabiiy gaz sintezida ishlatiladigan katalitik jarayonlarning turlari va ularning ahamiyati Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida katalitik jarayonlar muxim o`rinni egallaydi, ular orasida neft uglevodorodlarining gidrokreking, riforming va gidrotozalash jarayonlari tez sur`atlar bilan rivojlanmoqda. Yuqori sifatli benzin, dizel va reaktiv yoqilg’ilari olish uchun katalitik riforming, alkillash, gidrokreking, gidrotozalash usullari qo`llaniladi. Bu jarayonlarni nazariy va texnologik asoslarini chukur o`zlashtirish uchun katalitik fraksiyalarni kinetikasini kuzatish, ularga ta`sir etayotgan omillar ta’sirini o`rganish, katalizatorni tayyorlash, reaksiya olib boradigan asbob-uskuna va jihozlarni yig’ish ishlarini amalga oshirishni bilish kerak. Bunday masalalarni xal qilishda laboratoriya mashg’ulotlarining ahamiyati katta, chunki ular ma`ruza natijasida olingan nazariy bilimlarni chuqur o`rganish, bajariladigan ishlardagi katalitik reaktsiyalar texnologiyasi xaqida keng ma`lumotga ega bo`lishga yaqindan yordam beradilar. Kataliz jarayonlari olib borishda qo`llaniladigan metall, skeletli va oksidli katalizatorlarni sintez qilish, katalizator tashuvchilarni reaksiya uchun tanlash, shuningdek katalitik gidrokreking, gidrotozalash, riforming va gidridlash jarayonlari uchun ishlatiladigan katalizatorlarni tayyorlash bo`yicha qator laboratoriya ishlarini bajarish yo’llari keltirilgan. Kimyo, neft kimyosi va neftni qayta ishlash, sanoat korxonalarida sodir bo`ladigan jarayonlar katalizatorlar qo`llash bilan uzviy bog’liq. Kimyoviy modda ishtirokida kimyoviy reaktsiya tezligini o`zgarish jarayoniga kataliz deyiladi. Reaktsiyada ishtirok etayotgan bu kimyoviy moddani katalizator deyiladi. Katalizator reaktsiya natijasida hosil bo`ladigan mahsulotni tarkibiga kirmaydi. Katalizator ishtirokida sodir bo`ladigan reaktsiyaning tezligi oshishi xam, sekinlashishi xam mumkin. Bunda, birinchi holdagi reaksiyani ijobiy, ikkinchisini salbiy kataliz deyiladi. Kataliz jarayoni tabiatda va texnikada muxim ahamiyatga ega. Katalizator tanlash orqali reaksiya jarayonining tezligini boshqarish mumkin. Har bir katalizator o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, u bir reaksiya yoki ma’lum bir turli reaksiyalar guruxining tezligini o`zgartiradi. Kimyoviy reaksiya uchun katalizator tanlanganda, asosan texnologik va iqtisodiyot tomonlari e`tiborga olinadi. Katalizator yuqori faollikka, selektivlikka ega bo`lishi, ishlash jarayonida barqaror, xaroratga, zaxarlar ta`siriga sezgirliga past va yuqori mexanik mustaxkamlikka ega bo`lishi kerak. Katalizatorning mustaxkamligi, uning uzoq vaqt davomida ishlashini ta`minlovchi ko`rsatkichdir. Birorta jarayon uchun katalizator tanlanganda, katalizator faolligi muhim axamiyatga egadir. Katalizator faolligi deganda uni ayni reaksiya tezligini oshirish xususiyati tushuniladi. Katalitik kreking, riforming, gidrokreking va gidrotozalash jarayonlarni ijobiy tarzda sodir bo`lishini ta`minlovchi o`z katalizatorlar guruxi mavjud bo`lib, ularning ba`zi bir vakillari bilan tanishtiramiz. Download 67.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling