Sikloalkanlarning o‘zgarishlari. Sikloalkanlar katalitik krekingning tezligi uglerod atomlarining soni sikloalkanlarnikiga teng bo‘lgan alkanlar krekingining tezligiga yaqin bo‘ladi. Sikloalkanlarning asosiy reaksiyalari: halqalarni ochilib alken va dienlarning hosil qilishi, arenlarning hosil bo‘lishiga olib boradigan degidrogenlash, halqalar va yon zanjirlarning izomerlanishidir. Initsiirlash bosqichi–karbokationning hosil bo‘lishi to‘yingan halqali va siklik tuzilishli uglevodorodlar uchun bir xil kechadi. Hosil bo‘lgan karbokationlar sikloalkanlarning molekulasidan gidrid – ionni ajratib oladi.
Xulosa
Kimyoviy modda ishtirokida kimyoviy reaktsiya tezligini o`zgarish jarayoniga kataliz deyiladi. Reaktsiyada ishtirok etayotgan bu kimyoviy moddani katalizator deyiladi. Katalizator reaktsiya natijasida hosil bo`ladigan mahsulotni tarkibiga kirmaydi. Katalizator ishtirokida sodir bo`ladigan reaktsiyaning tezligi oshishi xam, sekinlashishi xam mumkin. Bunda, birinchi holdagi reaksiyani ijobiy, ikkinchisini salbiy kataliz deyiladi. Kataliz jarayoni tabiatda va texnikada muxim ahamiyatga ega. Katalizator tanlash orqali reaksiya jarayonining tezligini boshqarish mumkin. Har bir katalizator o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, u bir reaksiya yoki ma’lum bir turli reaksiyalar guruxining tezligini o`zgartiradi.
Kimyoviy reaksiya uchun katalizator tanlanganda, asosan texnologik va iqtisodiyot tomonlari e`tiborga olinadi. Katalizator yuqori faollikka, selektivlikka ega bo`lishi, ishlash jarayonida barqaror, xaroratga, zaxarlar ta`siriga sezgirliga past va yuqori mexanik mustaxkamlikka ega bo`lishi kerak. Katalizatorning mustaxkamligi, uning uzoq vaqt davomida ishlashini ta`minlovchi ko`rsatkichdir. Birorta jarayon uchun katalizator tanlanganda, katalizator faolligi muhim axamiyatga egadir. Katalizator faolligi deganda uni ayni reaksiya tezligini oshirish xususiyati tushuniladi. Katalitik kreking, riforming, gidrokreking va gidrotozalash jarayonlarni ijobiy tarzda sodir bo`lishini ta`minlovchi o`z katalizatorlar guruxi mavjud bo`lib, ularning ba`zi bir vakillari bilan tanishtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |