Neftning kimyoviy tarkibi Reja Neft va neft maxsulotlari zichligi va trukturasi


Download 67.82 Kb.
bet5/10
Sana25.04.2023
Hajmi67.82 Kb.
#1397942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Neftning kimyoviy tarkibi

Riforming katalizatorlari. Riforming jarayonida qo`llaniladigan katalizatorlar ikkita (degidridlash, gidridlash va kislota) funksiyani bajarish qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak.
Katalizatordagi degidridlash (gidridlash) funktsiyasini D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi gruppa metallari (platina, palladiy, nikel) bajaradi. Eng ko`p degidridlash xususiyatiga ega bo`lgani platinali komponentdir. Katalizatordagi platinaning miqdori 0,3-0,6% iborat.
Agarda platinaning miqdori bu qiymatdan kam bo`lsa, katalizatorning zaxarga karshi turg’unligi kamayadi, ko`p bo`lsa, demetillash reaktsiyasini kuchayishiga, shuningdek naften uglevodorodlaridagi halqalarning ochilishi bilan boradigan reaktsiyalarning sodir bo`lishiga sabab bo`ladi. Katalizator tarkibidagi tashuvchi alyuminiy oksid kislota funksiyasiga egadir.
Katalizatorning kislota xossalari orqali krekinglash va izomerlash faolligi aniqlaniladi. Bu xususiyatlar tarkibida parafin uglevodorodlari bo`lgan xom-ashyolarni qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. Katalizator tarkibiga galogenlardan xlor, ftor kiritish orqali uning kislotali funksiyasini kuchaytirish mumkin.
Yuqorida aytib o`tilganidek, ikki funktsiyani bajaruvchi katalizatorlarni (degidridlovchi va kislotali) bifunksional katalizatorlar deyiladi.
Gidrotozalash jarayonlarida ishlatiladigan katalizatorlar. Neft fraktsiyalari va mahsulotlarini tozalash jarayoilarida alyumokobaltmolibden (AKM), alyumonikelmolibden (ANM) va ayrim hollarda alyumonikelmolibdensilikatli (ANMS) katalizatorlari ko`llaniladi. Bu katalizatorlar yuqori mexanik mustaxkamlikka ega bo`lib, zaxarlarga bardoshli va o`z faolligini uzoq vaqtgacha saqlash xususiyatiga egadirlar. Katalizatordagi faol komponentlar miqdorini nisbati katta ahamiyatga ega. Masalan, ANM katalizatorlarida nikel va molibden oksidlarining miqdorining nisbati 1:1, 1:0,5 bo`lib, bu uning gidrogenlash reaktsiyalarida maksimal faoliyatini ta`minlaydi. Bunday katalizatorlar yuqori selektivlikka ega bo`lganliklari sababli, ular ishtirokida C-C bog’larning gidrokreking yoki aromatik halqaning to`yinishi sodir bo`ladi.
AKM katalizatorlari to`yinmagan birikmalarni to`yintirish, bog’larni uzilish reaksiyalarida va og’ir neft chiqindilaridan tashqari, hamma neft fraksiyalarini gidrotozalash jarayonlarida ishlatiladi. ANM katalizatorlari faolligi jihatidan AKM katalizatorlaridan kolishmaydi. ANM kalalizatorlari asosan, azotli birikmalari ko`p bo`lgan xom ashyo va politsiklik aromatik uglevodorodlarni tozalashda ko`llaniladi. ANM katalizatorlari nisbatan arzon bo`lib, yengil fraksiyalarni gidrotozalash jarayonini AKM katalizatorlariga nisbatan 10-20 °C past xaroratda olib borish imkoniyatiga ega.

Download 67.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling