Нейроэндокрин синдромлар


Download 135 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1549068
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №23 Ginekologiyada neyroendokrin sindromlar. (Hayzoldi, postkastrasion va klimakterik sindromlar).

Klinik shakllari:

  • Nerv- psixik shakli. Siptomlari: ta’sirlanuvchanlik, yig‘loqilik, uyqusizlik, depressiv xolatlar, holsizlik, tez charchash, xotira pasayishi.

  • Shishli shakli. Simptomlari: yuz, tizza qo‘l panjalarida shish, sut bezlari og‘rishi va bo‘rtishi - mastodiniya, teri qichishi, terlash, chanqash, semirish, oshqozon ichak sistemasi funksiyalarini buzilishi, bosh og‘rishi.

  • Sefalgik shakli. Simptomlari: vegetativ va nevrologik simptomatika- migren tipida bosh og‘rishi va ko‘ngil aynash, qusish, ich ketishi, bosh aylanishi, yurakni tez urishi, tasirchanlik, hidlarga nisbatan sezgirlikni oshishi

  • Krizli shakli. Simptomlari:simpatoadrenal krizlar, Q/B oshishi, taxikardiya, yurakda og‘riqlar. EKG o‘zgarishlar yo‘q. Bu shakl HOSning neyropsixik, shishli va tsefalgik formalarini davolamaslik natijasida paydo bo‘ladi.

Patologik simptomlarning paydo bo‘lishi, ularni intensivligi, davomiyligiga ko‘ra og‘ir va yengil darajadagi HOS farqlanadi.

  • Yengil darajada 3-4simptomlar 2-10 kun davomida kuzatiladi.

  • Og‘ir darajada 5-12 simptomlar 3-14 kun ichida kuzatiladi.

XOSning 3 ta klinik darajasi aniklanadi:
Kompensirlangan -kasallik simptomlari hayz siklining ikkinchi yarmida paydo bulib, xayz boshlanishi bilan to‘xtaydi.
Subkompensirlangan-kasallik simptomlari yildan yilga kuchayadi, hayz siklining ikkinchi yarimida paydo bulib, hayz tugashi bilan ketadi.
Dekompersirlangan-kasallik simptomlari hayz tuxtashidan keyin ham davom etadi.
Tashxislash: Simptomlarga asoslanib qo‘yiladi. Organik patologiyani aniqlash uchun bosh miya suyagi va turk egari rengenografiyasi, umurtqa bo‘yin qismini rentgenografiyasi. EEG, EKG, oshqozon ichak funksiyasini tekshirish ko‘z tubini va ko‘rish maydonini tekshirish, buyraklar funksiyasini tekshirish . Sut bezida og‘riqlar kuzatilsa- xayzning birinchi yarmida mammografiya o‘tkazish.
Davolash: Birinchi bosqich psixoterapiya, kasallikni mohiyatini tushuntirish, autotrening, ish vaqti va dam olishni tartiblash (kechki uyku 8 soatdan kam emas, jismoniy harakat o‘rta darajada ), parhezga amal kilish (suyuqlikni, tuzni kamaytirish, uglevodlarni cheklantirish, kofe, shokolad, spirtli ichimlik va sigaret man etiladi). Kasallik turiga asoslanib davolanadi.
Neyropsixik,tsefalgik va krizli shakllarida markaziy asab sistemaning neyromediator almashuvini normaltirish uchun - peritol 1 tab. 4 mg/kun , difenin 1 tab. 100 mg
2 mahal /kun. Giperprolaktinemiyada parlodel 1,25-2,5 mg 1 kunda hayz siklining ikkinchi yarimida. Markaziy asab sistemaning qon aylanishini yaxshilash uchun – nootropil, grandaksin 1 kapsula 3-4 mahal/kuniga, aminalon 0,25 g/kun, kavinton 15-30mg kuniga 3 mahal. HOS shishli shaklida - veroshpiron 25 mg 2-3 mah /kun 3-4 kun simptomlar paydo bo‘lish oldin, antigistamin preparatlar- tavegil, diazalin 1 tab. 3 mah/kun, teralen 5 mg 3 mah/kun. Hayz siklining ikkinchi yarimida gormon yetishmasligida 16-chi kunidan 25-chi kunigacha dyufaston 10 mg 2 mah/kuniga yoki uterojestan 200-300 mg beriladi. Mastalgiyani, mastodiniyani davollaganda – mahalliy «Projestogel». Antiprostoglandin vositalaridan- naprosin preparatlar, indometatsin kuniga 1 tabletkadan 3 mahal hayz siklining ikkinchi yarmida. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi massaji, refleksoterapiya.
HOS 6-9 oy davomida davolanadi. 2-3oy davolangandan so‘ng 1-2oy dorilarni qabul qilishini to‘xtatib, keyin klinik simptomlariga asoslanib dorilarning qabul miqdori kamaytiriladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling