Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- “G’ildiraklar tagida”
Herman Hesse (Hermann Hesse, 1877-1962)
H erman Hesse 1877-yil 2-iyulda Vyurtembergga qarashli Kalv shaxrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Bazel messionlari bilan tuzgan shartnomalariga ko’ra Hindistonda faoliyat olib borganlar. Uning otasi Yohannes Hesse (1847-1916) boltiq bo’yilik shifokorning og’li bo’lib, 1873-yildan Kalv nashriyot uyushmasi xodimi bo’lib, 1893-1905- yillarda nashriyot boshqaruvi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Hermann Hessening beshta opa-singillari bo’lib, ulardan ikkitasi erta vafot etganlar. Hesse bolaligidan hayollarga beriluvchi, kuchli temperament sohibi bo’lgan. Uning zakovat va qobiliyati bolaligidanoq atrofdagilar e’tiborini tortgan. U rang-barang she’rlar to’qir, ajoyib rasmlar chizar, uning ota-onalari uning zehn-idrokidan lol qolar edilar. 1881-yili Hesselar oilasi Bazelga ko’chib boradilar, Hesse bu shaharda internat maktabda o’qiy boshlaydi. 1886-yilda ular yana Kalv shahriga qaytib keladilar. U ona shahridagi imtiyozli lotin maktabida o’z o’qishini davom ettiradi. Bu maktabda o’z muvafaqiyatlari bilan nazarga tushgan H. Hesse 1891-yildan Yakaulbrondagi yevangelik-diniy seminarda tahsil oladi. oxir oqibat ota-ona noroziligiga qaramay H.Hesse 1892-yilda seminarni tark etdi. Shu paytdan farzand va ota-ona oralaridagi kelishmovchiliklar boshlanadi. 15-yoshli o’spirinni ota-onalari Shtutgart yaqinidagi asab kasalliklari shifoxonasiga keltiradilar, u bu yerda bog’ ishlariga qarashishi va ruhiy bemor bolalarga o’qishlarida yordam berishi lozim edi. Shu yerdan boshlab Hessening odamovi fe’l atvori, oiladan uzoqlashish mayli shakllana boradi. Keyinchalik u Nekkar bo’yidagi Eslingenda kitob savdosi bo’yicha ta’lim oladi, 1894-yildan boshlab mexaniklar tayyorlaydigan bilim yurtida o’qiydi. Mazkur sohadagi faoliyat bo’lajak ijodkorga bir xil va zerikarli tuyuladi. Shu sababdan 1895-yilning oktyabridan Tyubingenda kitob savdosi bo’yicha saboqlarini jiddiy tarzda davom ettiradi. Bu davr xotira va sarguzashtlari “G’ildiraklar tagida” (Unterm Rad) romanida atroflicha bayon etilgan. Kitobga oshuftalik, turli bosma yodgorliklar, jahon adabiyoti durdonalari bilan oshno bo’lish, H.Hesseni ham shunday asarlar ijodkoriga aylantirgan bo’sa, ajab emas. “Jahon adabiyotiga jonli bir narsa yanglig’ munosabatda bo’la bilmoq uchun, deb kuchli ta’sir ko’rsatgan asarlari allaqanday qolishar yoxud ta’limiy dasturlar asosida emas, balki o’zligini topish orqali o’rganmog’i muhimdir. U burch yo’lidan yurmog’i lozim. Biron-bir durdona asar mashxur bo’lgani uchun va uni bilmaslik uyat sanalgani uchungina bu asarni o’qib chiqishga o’zini majbur qilmoq xatodir. Aksincha, mutoalaa, tanishuv va muhabbat har bir kimsa uchun tabiiy bo’lmog’i lozim.” Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling