Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet33/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Ulrix Plentsdorfning (1933-yilda tug’ilgan) tarjimai-holi o’zgacha kechgan. Keyingi navqiron avlod vakili sifatida adabiyotga kirib kelgan bu adib o’zining “Yosh Verterning yangi iztiroblari” (Die neuen Leiden des Jungen Werthers, 1972) asari bilan kitobxonlar e’tiboriga tushdi. Bu kitob keyinchalik sahna asari sifatida muvaffaqiyat qozondi. Ulrix Plentsdorf Edgar Edgar Vibeau obrazi orqali avval pioner, keyin ozod nemis yoshlari tashkilotining faoli qiyofasini mohirona chizadi.
Edgar odamovi bo’lib, o’zini jamiyatdan ayri tutadi, intihoda fojiali hodisa (avariya) tufayli hayotdan ko’z yumadi.
Edgar Vibeau shaxsiy erkinlikni, ozodlikni qidiradi.
GDRdagi o’sha paytdagi mavjud tuzumni tanqid qilish shunchalar yoyildiki, bu o’zlaridan oldingi avlod vakillari bilan konflikt (mojaro)ni keltirib chiqardi. Plentsdorf GDRda ana shu ajratuvchilik mayllarini boshdan o’tkazdi, rasmiy doiralarda uni “davlat dushmani”deyishgacha borildi. 1989 yildan keyin u o’z ijodini filmlarga senariy yozish va telejurnalistika bilan bog’ladi va ARD telekanali bilan hamkorlik qildi.
Rayner Kuntse GDRni tark etgan muhojir va bu mamlakatdagi tartiblarni tanqid qiluvchilar orasida alohida o’rin egallaydi. “Mo’jizali yillar” (Die wunderbahren Jahre, 1976) ko’psonli kichik hikoyalarida GDR davlatining hiyla-nayrang va ezuvchanlik mexanizmini oshkor etadi: bolalarda sinfiy dushmanlarga nisbatan nafrat uyg’otishga bo’lgan maylni shakllantirish, yosh musiqachini davlat dushmani sifatida ta’qib qilish kabilarni ishonchli manzaralar orqali tasvirlaydi.
70-yillar o’rtalarida GDRni tark etgan Kuntse keyinchalik GFR hududida yashadi va muvaffaqiyatli ijod qildi.
Bu mualliflar Germaniyaning Sharqu G’arbida yashab, davlat va uning siyosiy guruhlari faoliyatiga tanqidiy nazar bilan qaraganlar, ularning badiiy asarlari bugungi kunda sevilib o’qilmoqda. O’z-o’zidan ularning mafkuraviy muxoliflari, sheriklari va izquvarlari unutilmoqda.
16. GFR ADABIYOTI

  1. Haynrix Byol

  2. Gyunter Grass

  3. Martin Valser

  4. Uve Timm

  5. Herta Myuller




Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling