Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet34/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Haynrix Byol (Heinrich Böll, 1917-1985)

M ashhur hikoyanavis, suxandon va dramaturg Haynrix Byol 1917-yil 21-avgustda Kyoln shahrida dunyoga kelgan. U oilada 8-farzand, o’g’illar ichida uchinchisi bo’lib, uning otasi Viktor Byol taniqli haykaltarosh va duradgor bo’lgan H.Byolning bolalik va o’smirlik yillarida uning oilasi Kyolnning turli rayonlarida istiqomat qilganligi tufayli, ularning xonadoni tez-tez ko’chishga majbur bo’lgan. Shuning uchun ham yosh H.Byol Kyolndagi deyarli barcha rayonlar tarixini, an’analarini juda yaxshi bilgan.


Uning yozgan asarlari orqali Kyoln manzaralari ko’z oldimizda aniq-tiniq gavdalanadi.
Haynrix yoshlik yillarida, ya’ni 1930-yilda otasining ishlari yurishmay ularning oilasi moddiy tomondan ancha qiynalib qolishgan kezlarda, juda ko’p mutoala qilishga vaqt va imkon topadi. Ayniqsa, u XIX asr jahon adabiyotidan O.Balzak, Ch.Dikkens va F.Dostoevskiylarning romanlarini, nemis adabiyotidan esa F.Kafka, Klayst Hyoldirlin kabi yozuvchilarning asarlarini berilib o’qiydi. Haynrix 1924-1928-yillarda xalq maktabida, keyin qirol Vilhelm davlat gimnaziyasida tahsil oladi. Bonnda kitob savdosini o’rgandi. 1938-yilda u davlat xizmatiga kiradi. 1939-yilning yoz oyida Kyolnda germanistika va mumtoz filologiya yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul qilinadi, lekin afsuski, u sentyabrda harbiy xizmatga chaqiriladi va urushda 1945-yilgacha qolib ketadi. Frontda u barcha qiyinchiliklarni, shuningdek, 1945-yil apreldan sentyabrgacha boshidan kechiradi va urushga nisbatan unda kuchli nafrat tuyg’usi paydo bo’ladi. H.Byol 1942-yilda, harbiy ta’tillari chog’ida u o’zi anchadan buyon bilgan va yoqtirgan Annemariya Chexga uylanadi. Byollarning birinchi o’gillari 1945-yili dunyoga kelgan va shu yiliyoq vafot etgan. Raymond, Rene va Vipsent Byollar 1947, 1948, 1950-yillarda dunyoga kelganlar. Urush yillari H.Byol asosan yaqinlariga xatlar yozib, urushdan keyingi yillarda ular asosida belletristik asarlar bitdi.
1945-yilning noyabr oyida Haynrix urushdan qaytadi. Urushdan keyin u yana universitetda o’qishni davom ettiradi. Hayinrix Byol universitetda o’qish bilan bir paytda ko’pgina hikoyalarni jurnallar sahifalarida e’lon qiladi. Hikoyalarning markaziy mavzusi urush va urush keltirgan oqibatlarning real manzarasi jonli tarzda bayon etilgan. 1950-yilda e’lon qilingan sara hikoyalar majmuasi „Sayoq Spa….dan kelayotirsanmi?“ deb atalgan bo’lib, bu kitob muallifga katta shuhrat keltirdi.
Haynrix urushga bo’lgan nafratini o’zi yozgan asarlarida ifodalaydi.
U urushdan qolgan vayronalarni, tabiatning va atrof-muxitning nochor holga tushirilganligi odamlarni ruhan va ma’nan e’zilishi, oziq-ovqat tanqisligi kabi holatlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan va bular uning birinchi hikoyalar to’plami „Poezd o’z vaqtida keldi“ (Der Zug war pünktlich)ni yozishiga sabab bo’ladi. 1950-yildan keyingi yillar Haynrix Byol hayotida ijodiy ko’tarilish – parvoz yillari bo’ldi.
Adam sen qayerda eding” (Wo warst du, Adam, 1951 ), “Biror so’z demadi” (Und sagte kein einziGets Wort, 1953), „To’qqiz yarimdagi billiard“ (Billiard um halbzehn, 1959) kabi nemis adabiyotida voqea bo’lgan asarlar fikrimizning dalilidir. Yozuvchining asarlari xuddi Borxertning asarlari kabi qisqa, lekin mazmundor. Haynrix Byol qalami o’tkir yozuvchi bo’lganligi bois ham uni radioga ishga taklif qilishgan. Yozuvchining radio muxlislari juda ko’p edi.
Uning asarlarida urush tanqid qilinib, uning vayronalari realistik tarzda tasvirlar berilgan.Bu asarlarda urush faqatgina vaxshiylik emas balki maqsadsiz bir xarakat ekanligi ifodalangan.
1953-yilda Haynrix Byol „Bir so’z demadi“ nomli romanida Bogner juda ham kambagallikdan to’ygan, lekin yaxshi yashash uchun kurashishga ham ishtiyoqi yo’q odam sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun ham u uyini, oilasini tashlab ketib qoladi. U ketgandan keyin uning xotini barcha qiyinchiliklarni o’z bo’yniga olib, ro’zgor tebratish va bolalar tarbiyasi bilan yolg’iz o’zi shug’ullanishga majbur bo’ladi.
Yozuvchi o’zining „Qo’riqchisiz uy“ (Haus ohne Hütter) romanida ham urush davri voqealarini qalamga olgan. Unda asar qahramoni bo’lgan quyi tabaqaga mansub odamlarning hayotiga bo’lgan loqayd qarashlari ifodalangan. Bundan tashqari yana ikkita otasiz bolaning taqdiri haqida ham hikoya qilingan.
Ularning otalari Rossiyada xalok bo’lishgan. Roman 11 yoshli bola tilidan hikoya qilingan. U otasini umuman ko’rmagan va tanimagan.
Asarda bevalar va ularning iste’dodli, lekin to’gri yo’l ko’rsatuvchisi bo’lmagan bolalar, ishchilar va xizmatchilarning taqdiri hikoya qilinadi.
50-yillarning o’rtalariga kelib Haynrix Byolning asarlari butun dunyo bo’ylab yoyila boshlaydi. 1951-yil 1-mayda bir anjumanda u o’zining 1949-yilda yozilgan “Die schwarzen Scharfen” nomli hikoyasini o’qib beradi va bu uni mashhur bo’lib ketishiga sabab bo’ladi.
U mazkur hikoyasi uchun “47-lar guruhi” mukofotiga sazovor bo’ladi.
Biz Haynrix Byolning satirik asarlarini o’qir ekanmiz yozuvchining qanchalik so’z sehrgari ekanligini e’tirof etamiz.
U so’zlarni o’z o’rnida qo’llab, o’zining asl maqsadi; zulmsiz tinch va ozod yashashni xohlashini aniq bayon etgan.
Haynrix Byol o’zining “Katarina Blumning yo’qolgan obro’si, yoxud zulm qanday kelib chiqqan va u nimaga olib kelishi mumkin” (Die verlorene Ehre der Katharina Blum oder: Wie Gewalt entstehen und wohin sie führen kann) nomli terrorizmning sabablari va uning oqibatlari haqida so’z yuritadi. Bu asar nima haqida ekanligi uning nomidan ham ma’lum. Kutilmagan bir tasodif tufayli Katarina Blum qidiruvdagi bir yosh terroristni sevib qoladi va unga o’z uyidan boshpana beradi. Bu voqealar gazetalarda e’lon qilinadi. Bundan voqif bo’lgan Katarinaning onasi, bularga chidolmay olamdan o’tadi. Yozuvchi bu asari uchun 1972-yilda “Buxner” mukofotiga sazovor bo’lgan.
H.Byol 1970-yilda Germaniya yozuvchilari PEN klubi prezidenti sifatida faoliyat ko’rsatgan.
1972-yilda “Xonim bilan birgalikdagi surat” romani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.
1974-yilda H.Byolning hozirgi kunda ham o’z mashhurligi va dolzarbligini yo’qotmagan Katarina Blum haqidagi asari 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, mazkur asar asosida badiiy film ekranlashtirilgan, shuningdek, 2007-yilgacha faqat Germaniyaning o’zida 6 million kitobxon mazkur kitobni xarid qilgan. Yetmishinchi yillarda H.Byol o’z mamlakatining siyosiy muammolari bilan band bo’ldi. Sho’rolar hukumati uchun o’sha paytlarda nomaqbul shaxslar hisoblangan. A.Soljenisin, L.Kopelovlar H.Byol xonadonida qo’nim topdilar.
Uning so’nggi asari “Ayollar daryo manzaralari oldida” (Frauen vor Flusslandschaft) romani, 1985-yilda chop etilgan. H.Byol 985-yilning 16-iyulida og’ir xastalikdan so’ng vafot etgan.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling