Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet37/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Martin Valzer (Martin Walzer, 1927)

Xuddi Sharqiy Germaniyada bo’lganidek, G’arbda ham 60-yillarda avlodlar almashinuvi yuz berdi va bu adabiyotga mavzularning yangi yo’nalishlariga ta’sir ko’rsatdi. W.Borxert, H.Byoll va G.Grass kabi mualliflar uchun urushning oqibatlari bosh mavzuligicha qolgan bo’lsa, bir muddat keyinroq GFRning fuqarolik-kapitalistik rivojlanishi zamirida tanqidiy qarashlari ayniqsa H.Byoll ijodida ustuvor bo’ldi (Masxarabozning dunyoqarashiDie Ansichten des Clowns, 1963).


1968-yildan boshlab esa GFRda inqilobiy ruhda shakllangan yozuvchilarning adabiy qarashlari yuzaga chiqib, unda asosan talabalar faollik ko’rsatdilar. Ularning maqsadlari: davlat obro’sini, jumladan Bavariya hukumati rahbari Frans Yozef Strausning ob’rosini ko’tarish bilan bog’liq tadbirlar, bundan tashqari keng ma’noda emantsipatsiya talablari edi. Shuningdek, ayollar emantsipatsiyasi, axloqiy sohada yangi ijtimoiy hayolparastlikdan iborat edi. Mazkur yangi to’lqinlarning bosh namoyandasi Villi Brant bo’lganligi tarixdan ma’lum.
Bu yangi ma’naviy o’zgarishlar madaniy va adabiy sohalarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmas edi. Natsistik o’tmishdan holi bo’lmagan yosh avlod juda sustlik bilan uzoq yo’l bosib, davlat tepasiga kelishga intilar edi. Masalan, keyinchalik GFR tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Yoshka Fisher o’zining yuqori martabalariga yashillar partiyasini tuzish va uni jamiyatga ma’qul qilish orqali erishdi. Martin Urush davri avlodi va 68-yillar voqealari o’rtasida yozuvchi Valserning nomini payqash qiyin emas.
1927-yilda Vasserburgda (Bavariya keyinchalik Badenzee uning vatani bo’lgan) tug’ilgan. Adabiyot, tarix, falsafa sohalari bo’yicha tahsil olgan. Keyinchalik radio va televideniyeda, shuningdek sayohat xizmatida (AQSH) bo’lgani uni adib sifatida shakllanishida muhim omil bo’lgan. U ilk muvaffaqiyatiga “Qochgan ot”(Ein fliehendes Pferd, 1978) qissasi orqali erishdi. Jamiyat illatlarini fosh etuvchi romani “Fink urushi” (Finks Krieg, 1996) va avtobiografik qissasi : “Favvora” (Ein springender Brunnen, 1998) asarlari bir qancha adabiy mukofotlar bilan taqdirlandi.
Ular orasida Georg Buxner, Grats adabiy mukofoti va nemis kitob savdosi tashkilotining tinchlik mukofoti adib muvaffaqiyatining e’tirofidir. M.Valserning “Qochgan ot” asari xuddi Krista Volfning “Bo’lingan samo”siga o’xshab ramziy nom hisoblanadi. G’arb odami (GFR nazarda tutilayapti) qochgan ot muhim shaxs yanglig’ ov qilinadi (ovlanadi).
Helmut Halm va talabalar kengashining hafsalasi pir bo’lgan vakili Klaas Bux. Ular o’ta faollik bilan keyinchalik jurnalist va muallif sifatida ishlaydilar. Har ikki shaxs birgalikda iste’molchi jamiyatdan qochadilar – birovi o’z kitoblari va falsafasi bilan, boshqasi sportga va yosh ma’shuqaga mayli bilan andarmon bo’ladilar. Har birlari kim g’olibligini aniqlamoqchi bo’ladilar. Kimning g’olibligi ma’lum bo’lmay ochiqligicha qoladi. Ammo har ikkisiga shu narsa ravshan-ki, bu loqayd, islohotlarga befarq jamiyatda yashash oson emas, har ikki shaxs intihoda singan qahramonlardir.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling