Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet38/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Uve Timm (Uwe Timm, 1940)

68-yillar avlodining yangi adabiyotining maqsadli yo’nalishi yanada ravshanroqdir. 1970-yil boshlaridan bir qator muvaffaqiyat qozongan romanlar muallifi Uve Timmdir. Uve Timm ko’p qirrali iste’dod sohibi, voqealarni o’ta qiziq hikoya qiluvchi ijodkordir.


O’zining “Kolbasaning kashf etilishi” romanida urushning so’nggi kunlari voqealarini jonlantiradi.

Bu asarda voqealar Haynrix Byoldagidan boshqacharoq tasvirlangan. Muallif Uve Tim 1993-yil bilan urush oralig’idagi masofa – ya’ni urush daxshatlarining yuqori pog’onasi oralig’i haqida hikoya qiladi, unda insoniylik, ishonch va kinoyaga ham o’rin beradi.


Uning keyingi chop etgan asari “Akam misolida” (Am Beispiel meines Bruders, 2003) urush mavzusiga yana bir bor murojaat etadi: O’z akasining qotilga aylanganini muallif g’ayritabiiy hol deb qaraydi.
Yoz issig’i” (Heißer Sommer, 1974) va “Qizil” (Rot, 2001) deb nomlangan kitoblari Uve Timni 68-yillarning o’ziga xos muallifi sifatida mashhur qildi. O’z soxta qaxramonliklari bilan maydonga chiqqan avlod davlat va jamiyatni o’zgartirmoqchi bo’ldilar, ammo ular muayyan chegaralanganlik tufayli to’la muvofaqiyat qozonaolmadilar. Yoshlarning inqilobiy ko’tarilishlari o’z ta’sir kuchini yo’qota borgan sari mansab pillapoyalariga ko’tarilishda ular siyosatchi, tadbirkor yoki hech bir kinoyasiz motam merosida nutq irod qiluvchi tarzda namoyon bo’laboshladilar (“Qizil” “Rot”) otdan tushsa ham uzangidan tushmaganlar esa cho’ntaklarida bomba bilan yuraboshladilar. Ular bombani nima qilish, qayerda portlatish savoli ular oldida ko’ndalang bo’lib qolaveradi.

68-yillar avlodlari bilan 1989-yildagi Germaniyaning qayta birlashuvi va uning oqibatlari adabiyotda yangi mavzuning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.


Ingo Shultse 1962-yilda Sharqiy Germaniyada (GDR) tug’ilgan. 1998-yilda Sharqiy german voqeligidan olib yozilgan “Oddiy hikoyalar” (Simple Stories) asari bilan adabiyot maydoniga kirib keldi va unda seysmografik aniqlikda Sharqiy Germaniyadagi qayta birlashgan xalqning yangi hayot haqidagi tuyg’ularini ifodaladi. Keyingi asarlari uchun u 2008-yilda Nemis kitob savdosi tashkilotining tinchlik mukofotiga loyiq ko’rildi.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling