Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet39/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Uve Tellkamp (1968 Drezdenda tug’ilgan) o’zining monumental besttellerga aylangan “Minora” (Der Turm, 2008) GDRning so’nggi yillaridagi partiya hokimligidan o’zgacha fikrlovchi kishilar qismatini ifodalaydi. Bu o’rinda Minora Drezdendagi katta oilaning toqatsiz davlatga qarshi muhofaza qo’rg’oni vazifasini o’taydi, intihoda fuqarolar isyoni bo’lishi muqarrar. Uve Tellkamp qampovli kitobida ko’psonli detallar orqali xalqona klishelar (qolip, andoza)ni o’rinli qo’llaydi. Qayta birlashuvning katta mavzuni yoritgan katta romanda Tomas Manndagi erkin til ifodalari yoki Frans Kafkaga xos metaforik ko’chimlarni kuzatish mumkin.


Herta Myuller (Herta Müller, 1953)

Y angi nemis adabiyotida o’z milliy taqdirini shaklan va mazmunan gavdalantirish, millatdoshlarining turli mintaqalardagi hayotini yoritish to’la-to’kis o’z ifodasini topgan deb bo’lmaydi.


Xususan, nemis kishilari qatag’oni va chet eldagi, Rossiyadagi, Qozog’istondagi va Ruminiyadagi madaniyatning o’rinli adabiy tasviri va u yerda urush tugagach, totalitar hukumat ko’rsatgan zug’umlar badiiy in’ikosini topgan emas. Shu ma’nodagi bo’shliqni to’ldirish Herta Myullerga 2009-yil Nobel mukofotini olishda omad keltirdi.
Tellkampf, Shultse va boshqalardan farqli ravishda (ular real hayotning tarixiy detallaridagi ko’rolmaslik, zulm va qatag’onlarning tasvirlarida ko’zga ko’rinmadilar) Herta Myuller tahdidlarni metaforalar bilan ochib berish va itoatgo’ylik hamda qo’rquv manzarasini chizishga muvaffaq bo’ldi. Inson baxtsizligini badiiy bo’yoqlarda tasvirlash qobiliyati uning avvalgi kitobi “Tulki u paytlar ovchi bo’lgandi” asarida (1992) o’z ifodasini topgan.
Q onni bug’lantiruvchi, sillani qurituvchi, moviy osmonda osilib turgan quyoshni til vositalari bilan tasvirlash, sotsial hayot madaniyatining oyboltasi, alleyadagi tollar barglari havoni pichoq kabi kesib tushishi kabilar Salvador Dalining dahshatni qamragan poetikasini yodga soladi.
O’zining keyingi kitobi “Nafas tebratgich”da Herta Myuller o’zi boshlagan yo’lni davom ettiradi va o’zining rumin-rus tajribalari olamiga sodiq qoladi. Mavzu mahfiy xizmatlar o’talgan shahar tashqarisidan GULAGga ko’chadi.
Herta Myuller 1953-yilda Vanet/Ruminiyadagi nemis tilida so’zlashuvchi qishloqda tavallud topgan. Ta’qiblar va ijodiy ta’qiq ostiga olishlardan qochib u 1987-yilda Berlinga ketadi va u yerda hozirga qadar yashab keladi. Nobel mukofoti bilan taqdirlanguncha ko’p o’quvchilarga ega bo’lmaganiga qaramay, u 1990-yildan buyon muntazam ijod qilib kelmoqda.
Bu sovrinni qo’lga kiritgani somonga o’t qo’yish kabi adabiyotga ta’sir qiladi-mi yoki uning iqtidorli adabiy asarlarini ommalashtirishga turtki bo’ladimi, bunisi noma’lum. Uning yozuvchilik mahoratiga uzil-kesil qat’iy izoh berish mushkul.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling